Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Transport vositasi deyarli butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Toshkentning Yunusobod tumanida qo‘p qavatli uylar orasiga “dom” qurmoqchi bo‘lgan kompaniya vakillari va aholi o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Poytaxt hokimligi aholi roziligisiz hududda qurilish amalga oshirilmasligini, IIBB esa fuqarolar bilan janjallashgan shaxslar 10 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.
Rossiyalik bloger Ilya Varlamov O‘zbekistonda “lyuks” vagondagi sayohati davomida skotch yopishtirilgan derazalar, kir stol va hojatxona hamda buzilgan dushga e’tibor qaratdi. “Poyezd boshlig‘i yoki vagon nazoratchisi o‘zbeklarni „podstava“ qilyapti”, — dedi u. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” holat yuzasidan izoh berdi.
Umrini to‘lig‘icha ilmga bag‘ishlagan italiyalik olima Rita Levi-Montalchini odam bolasi yuzga kirsa ham fanga hissa qo‘sha olishini isbotlaganlardan. 104 yoshigacha tetik, aqlini yo‘qotmagan professor xonim nafaqat neyrobiologiyada, yana siyosatda ham o‘rnini topgan shaxs hamdir.
2023-yil sentabrigacha O‘zbekistonda energetikani rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur taqdim etiladi. Unda gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish hamda ijtimoiy iste’mol normalarini joriy etish nazarda tutiladi, deya ma’lum qildi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev.
Qozog‘istonda “KamAZ” va Toyota Ipsum avtomobili ishtirokidagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana ikki yo‘lovchi shifoxonaga yetkazildi. Mart oyi boshidan beri Qozog‘istonda uchta YTHda kamida 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Xitoy tomoni Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga 10 kun muddatga vizasiz kirish siyosatini yuqori baholab, o‘zbekistonliklarning XXRga kirishini ham soddalashtirish choralarini ko‘rishga tayyor ekanini bildirdi.
Yakkabog‘da ikki kishi Kunjutlitepa arxeologiya yodgorligida tepalik tuprog‘ini surib tashlashi oqibatida obyekt qayta tiklanmaydigan darajaga kelib qolgan. Bu harakatlari uchun fuqarolar 47,5 mlrd so‘m jarimaga tortildi, shuningdek, ulardan birining 3,5 yilga ozodligi cheklandi.
Bahor rostmanasiga qachon kirib keladi? Bodom gullaganidami? Boychechak ochilganidami? Yo mart boshlanmay So‘qoqda “mador-somsa” brendi uyg‘onganidami? Yo‘q, bahor qulupnay pishganida kirib keladi! “Gazeta.uz” ayni qulupnay-murabbo mavsumida qulupnayzorlarni aylandi.
Muzrabot tumanida mastligi aytilgan erkakni urib, unga kuch ishlatgan IIB xodimi “mansab vakolatidan chetga chiqqan” deb topildi va harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovning borishini prokuratura nazoratga olgan.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
2022-yilda Olmazor tumani IIO inspektorini o‘ldirgan shaxs 14 yil 6 oyga qamaldi. Sudlanuvchiga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘i inspektorning mashinasiga chiqqanidan so‘ng rashk sababli qotillikka qo‘l urgan.
Toshkent viloyatida YPX xodimlarining mashinalariga 360 darajada qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma o‘rnatildi. U tezlikni oshirgan, svetoforga amal qilmagan, to‘xtash, to‘xtab turish va boshqa qoidalarni buzgan mashinalarni aniqlaydi.
Miroboddagi 147-maktabda plastik idishlar, polietilen paketlar, konfet o‘ramlari va boshqa materiallardan tayyorlangan liboslar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan maqsad bolalar va kattalar e’tiborini ekologik muammolarga qaratish, deydi maktab direktori.
Qizlarni aldov yo‘li bilan olib borib, ularni fohishalikka majburlashda ayblanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga olib kelindi.
O‘rik qo‘shib tayyorlangan tvorogli pirog, mevali desert, o‘rikli galeta, keks va boshqalar — Zira.uz shirin va foydali mevalardan biri bo‘lgan o‘rikli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Litvinenkolar 63 yildan beri asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Ular har yili 300 ta asalari uyasi bilan Toshkent viloyati tog‘laridan Sirdaryo dashtlari tomon “yurish” qiladi. Asalarichilar sulolasi “Gazeta.uz”ga asalarichilik, hosilni yig‘ish va tabiiy asalni to‘g‘ri tanlash sirlari haqida so‘zlab berdi.
Yaxshi kino — yaxshi kitobdek. Ayni damda, biri ikkinchisiga xalal bermaydi. “Gazeta.uz” vaqtni mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoq niyatida “Nima ko‘ramiz?” loyihasini boshladi. Ko‘rilishi maqsadga muvofiq hisoblangan filmlar haqida kinoijodkorlar, jurnalistlar, jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Prezident saylovini o‘tkazish uchun 174,1 mlrd so‘m ajratilishi, kambag‘allikni qisqartirishda 4 ta asosiy yo‘nalish, Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiya sudi tafsilotlari, O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniyaning KfW bankidan 500 mln yevro kredit va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Turkiyaning Trendyol kompaniyasi va Guzar kompaniyalar guruhi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting