Jamiyat

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
27 oktabr 2023, 10:47

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tarilib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +26…+29 darajagacha isishi kutilmoqda.

“Tolariq” metro bekatidan “Quruvchilar” dahasigacha bo‘lgan bekatlar 3 kunga yopiladi
27 oktabr 2023, 10:23

“Tolariq” metro bekatidan “Quruvchilar” dahasigacha bo‘lgan bekatlar 3 kunga yopiladi

Metropolitenning Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan 2 ta bekatida qurilish ishlari tugatiladi. Yangi bekatlarni eskisiga bog‘lash ishlari sabab 3−5-noyabr kunlari “Tolariq”, “Xonobod” va “Quruvchilar” bekatlari yopiladi. Uning o‘rniga bepul avtobuslar harakatlanadi.

26-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
26 oktabr 2023, 22:00

26-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Qidiruvga berilgan “biznes-trener” Islom Ibrohimov, jarimaga tortilgan 16 ta bank, Samarqandda ochilgan UNWTO tematik ofisi va Xalqaro turizm akademiyasi, O‘zbekistonga keladigan Fransiya prezidenti, 6 ta mashina ishtirokidagi ayanchli YTH va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
26 oktabr 2023, 15:33

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Senat qo‘mitasida kiberjinoyatlar, xususan, dipfeykka qarshi javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi muhokama qilindi. Noqonuniy mayning faoliyati uchun ham jazo kuchaytiriladi.

Samarqandda UNWTO tematik ofisi va Xalqaro turizm akademiyasi ochildi
26 oktabr 2023, 15:15

Samarqandda UNWTO tematik ofisi va Xalqaro turizm akademiyasi ochildi

Samarqand shahrida turizm tashkilotlari va ekspertlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi UNWTO tematik ofisi hamda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi. Muassasa Shveysariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

Sarguzashtlar sari: Dubay sayyohlarni yana nimalar bilan hayratda qoldira oladi
26 oktabr 2023, 15:00

Sarguzashtlar sari: Dubay sayyohlarni yana nimalar bilan hayratda qoldira oladi

Doim o‘zgarib turuvchi go‘zal Dubay tilga olgandan ko‘ra ko‘proq faol ko‘ngilochar hordiqlarni taklif etadi. Visit Dubai ushbu ajoyib kurortda nimalar bilan shug‘ullanish mumkinligini ko‘rsatuvchi ro‘yxatni tuzdi. U sayyohlarga shaharga takror borganinlarida ham asqotishi mumkin.

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi
26 oktabr 2023, 14:06

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi. Xususan, ikkita holatda Tojikistondan gashish va opiy olib kelingani aniqlandi.

Oyiga $10 000 topishni o‘rgatishni va’da qilgan Islom Ibrohimov qidiruvga berildi
26 oktabr 2023, 12:08

Oyiga $10 000 topishni o‘rgatishni va’da qilgan Islom Ibrohimov qidiruvga berildi

IIV tarmoqlarda “biznes-trener”ligi bilan tanilgan Islom Ibrohimovni qidiruvga bergani ma’lum bo‘ldi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda gumonlanmoqda. Avvalroq “Subyektiv” uni o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali mijoz yig‘ishda ayblagandi.

Toshkentda yuqori tezlikdagi Weltmeister 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
26 oktabr 2023, 10:31

Toshkentda yuqori tezlikdagi Weltmeister 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Mirobod tumanida orqaga harakatlanayotgan Hyundai avtomobiliga yuqori tezlikdagi Weltmeister elektromobili urilib, so‘ng yana 4 ta mashina bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida 3 kishi jarohat oldi.

Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
26 oktabr 2023, 09:53

Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Poytaxtning Yashnobod, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida 26-oktabr soat 10:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Prezident ichki ishlar xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi
26 oktabr 2023, 09:45

Prezident ichki ishlar xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan sohaning bir qancha xodimlari “Mardlik”, “Do‘stlik” ordenlari va “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.

Toshkentdagi yangi uylardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi. Tafsilotlar
25 oktabr 2023, 18:37

Toshkentdagi yangi uylardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi. Tafsilotlar

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi va 4-qavatga yetgandagina tormoz tizimi ishga tushdi. Hokimlik uy davlat qabulidan o‘tmasa ham uch yil oldin topshirilganini ma’lum qildi. Quruvchi esa qabuldan o‘tganini aytib, boshqaruv kompaniyasini aybladi.

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri
25 oktabr 2023, 16:46 1

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri

Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida tunnel quriladi
25 oktabr 2023, 15:30

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida tunnel quriladi

Prezident Qarshida o‘tkazayotgan yig‘ilishida Taxtaqoracha dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirishni topshirdi. Kelgusi yilda mazkur dovonda uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel qurilishi boshlanadi. Qolaversa, Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 km yo‘l xitoylik investorlar bilan birga ta’mirlanadi.

UZTELECOM ICTWeek 2023 haftaligida yangi tarif va innovatsiyalarni taqdim etdi
25 oktabr 2023, 15:00

UZTELECOM ICTWeek 2023 haftaligida yangi tarif va innovatsiyalarni taqdim etdi

ICTWeek 2023 haftaligi doirasida UZTELECOM innovatsion yechimlar, internet, mobil aloqa, televizor va uy telefonini o‘z ichiga olgan yangi noyob tarifni taqdim etdi.

Toshkent metrosida Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin
25 oktabr 2023, 14:46

Toshkent metrosida Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin

Toshkent metropoliteni bekatlarida yo‘lkirani qo‘lni skanerlash orqali to‘lasa bo‘ladigan tizim — Handpay ishga tushirilishi mumkin. U Face ID tizimi barcha bekatlarni qamrab olganidan so‘ng yo‘lga qo‘yilishi aytilmoqda.

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
25 oktabr 2023, 12:56

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Poytaxtdagi 56, 60, 95, 16, 103 va 148-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgarishlar kiritiladi.

Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
25 oktabr 2023, 11:37

Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning 3 nafar a’zosi vafot etdi.

Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
25 oktabr 2023, 10:25

Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

25-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim mahallalarida gaz o‘chiriladi.

Prezident Qarshi tumanidagi maktabga bordi — bu ham rejalashtirilmagan
25 oktabr 2023, 10:07

Prezident Qarshi tumanidagi maktabga bordi — bu ham rejalashtirilmagan

Qarshi tumaniga tashrif buyurgan prezident nafaqat shifoxona, balki maktabga ham rejadan tashqari borib ko‘rdi. U o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting