Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ-2106” avtomashinasining gaz balloni portladi. Oqibatda yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimi va bir haydovchi halok bo‘ldi.
24−25-oktabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, +22…+25 darajagacha isiydi. Ammo payshanba kuni Volgabo‘yidan nam havoning yangi qismi kirib kelib, ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi.
Toshkentdagi 160-maktab o‘qituvchilari asossiz tekshiruvlar ortidan maktab direktori ishdan bo‘shatilganini aytib, prezidentga murojaat qildi. Maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim-tarbiya jarayoni sifati keskin pasaygani va tekshiruvlar prokuratura tomonidan o‘tkazilganini qayd etdi.
Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi.
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, hech kim jiddiy jarohat olmagan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida qariyb 30 yil ekskavator mashinisti sifatida ishlagan O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi.
25-noyabrgacha MDIS Tashkent`da 2023−2024 o‘quv yillari uchun qishki qabul davom etadi. Shuningdek, 4,5 — 5,0 ballik IELTS sertifikatiga ega abituriyentlar intensiv tayyorlov kurslariga yozilishlari mumkin.
20-oktabrdan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tunu kun ishlash rejimini to‘xtatdi. Ma’muriyatning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, qaror kuz-qish mavsumida elektrni tejash, tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtatlar ajratilmagani, shuningdek, foydalanuvchilarni nazorat qilish imkoni cheklangani uchun qabul qilingan.
Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish uchun endi Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas. Yo‘llanmani shakllantirishda ota-onaga bog‘cha rahbariga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan SMS kod yuboriladi. Bu vaqtni va hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 6 tonna qog‘ozni tejaydi.
Nonni faqat tandirda emas, qozonda ham yopish mumkin. Qovurilgan piyoz solib yoki xamirturushsiz tayyorlasa ham bo‘ladi. Zira.uz turkcha, irlandcha, yaponcha sutli nonlarni tayyorlash usullarini taqdim etadi. Retsept.
O‘zbekistonda qator saytlardan foydalanuvchi ma’lumotlari sizib chiqqani ma’lum bo‘ldi. ONESEC direktori Dmitriy Paleyevning “Gazeta.uz”ga aytishicha, gap buzib kirish haqida emas, balki stilerlar — brauzerlardan autentifikatsiya ma’lumotlarini o‘g‘irlaydigan viruslarning eski bazasi haqida bormoqda.
Oltita kinopremyera, Eco-niyat yarmarkasi, Offroad-tadbiri, Rhythm of the Dance shousi, Mot konserti, Tashkent Modernism. Index ko‘rgazmasi, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash taklif etilmoqda.
InnoWeek.Uz-2023 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “MUNIS loyihasining amalga oshirilishi: joriy va kelgusi rejalar” mavzusidagi panel sessiyasi tashkil qilindi.
1-noyabrdan Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqt (yengil avtomobillar 5 daqiqa, turistik avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqa)dan ko‘p turgan mashinalarga jarima yoziladi. Jarima sariq chiziqda to‘xtagan haydovchilarga ham belgilanadi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda o‘zbekistonlik amaldorlar hindistonlik yana bir ishlab chiqaruvchining 11 ta dori vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yil davomida 39 mlrd kub metr suv iste’mol qilingan. Shundan 36 foizi yoki 14 mlrd kub metri tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgan, dedi prezident. Yana 5−6 mlrd kub metr suv sug‘orishning eskirgan usullari tufayli yo‘qotilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev “mintaqaviy xavfsizlikka qarshi tahdidlar kuchayib, yangi xatarlar vujudga kelayotgan” davrda Toshkentda o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 2-yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.
Ilk bor Toshkentda AQShda o‘qishga qiziquvchi yoshlar uchun EducationUSA mintaqaviy forumi va Amerikaning 50 dan ortiq universitetlari ishtirokida yarmarka bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1200 ga yaqin yoshlar qatnashdi.
Samarqand viloyatida Isroilda ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashgandan so‘ng 3 nafar voyaga yetmagan farzandini o‘ldirgan 36 yoshli erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting