Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida rejadan tashqari Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurdi. Hozir muassasa aholini butunlay qamrab ololmaydi. “Ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz”, — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan soha vakillarini tabriklab, tizimni “chinakam xalqchil tuzilma”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Prezident tizimdagi davlat xizmatlarining 80 foizi elektron shaklga o‘tkazilib, byurokratiya va sarsongarchilik bartaraf etilishini bildirdi.
Toshkent aeroportida Moskvadan uchib kelayotgan samolyotda mast holda yo‘lovchilarga va bort kuzatuvchilariga xalal bergan shaxs qo‘lga olindi. U 990 ming so‘m miqdorida jarima tortildi.
Prezident yo‘llarda odamlar o‘lib ketayotganiga deputatlar befarq qolayotganini tanqid qilganidan so‘ng, xalq vakillari “yonishni” boshladi. Ular YTHlarni kamaytirish uchun “GAI” aralashuvidan voz kechish, magistrallarda tezlikni 80−90 km/soatga pasaytirish va fotoradarlarni ko‘paytirish kabilarni taklif qilmoqda.
Yashnobod tumanida Nexia haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 37 haftalik homilador ayolni urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi, o‘limidan avval tuqqan o‘g‘li ham halok bo‘ldi. Sud haydovchiga nisbatan uch yil sinov muddati bilan shartli qamoq jazosini tayinladi.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda bog‘lar va uzumzorlarning qatorlari orasiga ekin ekish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Ilmiy-tadqiqot institutlari iqlimga mos ekin turlari, agrotexnika bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berib boradi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud majlisida Soliq qo‘mitasi vakili siropni bemorlarga tavsiya qilgan va uning ko‘proq sotilishiga hissa qo‘shgan shifokorlar, hamshiralar, shuningdek, dorixona sotuvchilari va rahbarlarini mukofotlash uchun milliardlab pul to‘lab kelinganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida tarbiyachi bolalarni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi uning ishdan bo‘shatilganini bildirdi.
Prezident viloyat hokimlariga ichimlik suvi tannarxini pasaytirishni buyurdi. Endilikda suv ta’minoti bo‘yicha yangi loyihalar sharoitlar o‘rganilib, aholi rozili olinganidan so‘ng mahalliy kengashlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Mablag‘, pudratchi va ishga tushirish sanalari ma’lumotlari e’lon qilib boriladi.
Toshkentning bir qancha asosiy ko‘chalarida ketayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari “boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklamalar hosil qildi”, — deyiladi Transport vazirligi xabarida. Bu, o‘z navbatida, “barcha ko‘chalarda transport vositalari, jumladan, avtobuslar tezligining pasayishiga olib keldi”.
AQSh O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dasturni amalga oshiradi, deya ma’lum qildi USAID rahbari Samanta Pauer Toshkentdagi maktablardan biriga tashrifi chog‘ida. Dasturning birinchi yili uchun 4,5 mln dollar ajratildi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkent viloyatida dendroparkda 2017-yildan buyon qator obyektlar noqonuniy qurilgani va qimmatbaho daraxtlar kesilgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. O‘rmon xo‘jaligi agentligi, “Darxon” stansiyasi, Toshkent tumani hokimligi xodimlari va boshqalarga qarshi ish qo‘zg‘atilgan.
Toshkentda 22 yoshli haydovchi qizil chiroqda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi. Salonda turib olingan xavfli mashina haydash holati Instagram`ga joylandi. YHXBB xodimlari bayonnoma tuzib, “profilaktik suhbat” o‘tkazdi. Haydovchi 3,3 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin.
Advokatlar palatasi Kasb etikasi qoidalariga advokatlarning davlat organlari va mansabdorlarni muhokama qilish, “odamlarda islohotlarga ishonchsizlik tuyg‘usini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan” materiallarni joylashtirishni taqiqlovchi qo‘shimchalar ishlab chiqdi. Advokatlarga ko‘ra, bu “advokatlarning og‘zini yopish”dir.
Toshkentga tashrif buyurgan USAID administratori Samanta Pauer O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun 14 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. Xususan, mablag‘lar sil kasalligi, epidemiya va pandemiya tahdidiga qarshi kurash, shuningdek, xususiy sektorni mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
Chery avtomobil brendi keyingi besh yil ichida texnologik tadqiqotlar va ishlanmalarga 100 mlrd yuan sarmoya kiritishni hamda dunyo bo‘ylab 300 ta Chery texnologiya laboratoriyalarini qurishni rejalashtirmoqda.
“Dok-1 Maks” siropi 2021-yilda qayta ro‘yxatdan o‘tayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa-da, 2 oy mobaynida sotuvi davom etgan. Bu davrda zaharli moddasi bo‘lgan 40 mingga yaqin flakon mamlakatga kirgan. Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari buni dorilar sertifikat bor paytda ishlab chiqarilgani bilan izohladi.
Navoiy viloyati Tomdi tumanida Nexia-2 ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi.
Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.
Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uy esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting