Qozog‘iston politsiyasi Chimkentdagi g‘isht zavodlarida noqonuniy ravishda ushlab turilgan 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini mehnat qulligidan ozod qildi. Zavodlar egalari qo‘lga olindi.
Ekologik huquqbuzarlarni jarimaga tortish vakolatiga ega bo‘lgan Milliy gvardiya va IIO, xususan, chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlashning oldini olish maqsadida reydlar o‘tkazishni boshladi. Bunday huquqbuzarliklar haqida 1354 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Tozalik loyihasi boti orqali ham xabar berish mumkin.
Niderlandiyalik sayyoh Tom Grond pora evaziga chipta sinfini “ko‘tarib bergan” poyezd boshlig‘i ishdan bo‘shatilganidan afsusdaligini aytdi. “Kompaniya oynadagi aksiga qarashi kerak”, deb yozgan sayyoh chipta toifasini oshirish uchun barcha rasmiy urinishlari zoye ketgani uchun pora berishga majbur bo‘lganini bildirdi.
Maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi. Ular qaysi yo‘nalishni tanlasa, o‘sha fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Keyingi o‘quv yilidan tanlov fanlari ko‘payadi.
Surxondaryo viloyatida yo‘lovchi poyezdi Spark bilan to‘qnashdi. YTHga yengil avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgani sabab bo‘ldi. Avtomobil haydovchisi vafot etgan. Poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan.
Qibrayda 2019-yilda 13 yoshli qiz 27 yoshli qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Sud jinoyatchiga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Samarqandda o‘tkazilayotgan UNWTO tadbirlari doirasida O‘zbekiston viloyatlari xorijiy kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishdi. Xivada Khiva city turizm markazi, Qashqadaryoda 3 metrlik dor yo‘li, Namanganda sun’iy ko‘l va Samarqandda 3ta akvanarium va boshqalar qurilishi rejalashtirilmoqda.
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining 600 nafarga yaqin talabasi kursdan qoldirilgani haqidagi xabarlardan so‘ng OTM rektori izoh berdi. Uning yozishicha, 532 nafar talaba akademik nizom talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Rektor ularning masalasi tahlil etilishini qayd etdi.
Baliqchi tumanida paxta qabul qilish maskanidagi xirmonda yong‘in sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda. Lekin voqea aks etgan videoda bir xirmon to‘liq yonib, yong‘in ikkinchi xirmonga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.
UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar bo‘lgan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
Toshkent shahridagi “Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash” hududida 1 dona cho‘l burgutini tutqunlikda saqlagan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan 4 950 000 so‘m jarima qo‘llanildi.
2024-yilda O‘zbekistonga 10 mln sayyoh kelishi kutilmoqda, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Samarqand Global investitsiya forumida. Tadbir doirasidagi ko‘rgazmada O‘zbekistonning 14 ta hududi va Markaziy Osiyo davlatlarining turistik-investitsion stendlari namoyish etildi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Yaponiya elchixonasi tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar va oshxona mebellari hamda darslar uchun audiovizual jihozlar sovg‘a qilindi.
Toshkent shahrida 17-oktabr kuni Milliy gvardiya xodimi o‘zini o‘zi otib qo‘ydi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Samarqandda 17 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida YTH sodir etdi, oqibatda o‘zi va ikki do‘sti halok bo‘ldi. Mashina beton to‘siqqa urilgach, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va yong‘in yuz bergan.
Uzbekistan Airways turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga ichki aviaqatnovlar uchun 25 foizli chegirma e’lon qildi. Chegirma 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar amal qiladi.
Toshkent viloyatida Soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘istonda esa Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimlarini pora olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda.
HAMASning Isroildagi hujumlari natijasida 1990-yillarda u yerga ko‘chib ketgan besh nafar asli o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ularda amaldagi O‘zbekiston pasportlari bo‘lmagan. O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil TIVning halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi xabariga shunday izoh berdi.
Farg‘ona tumanida bir guruh mahalliy aholi kontrabanda olib ketayotgani aytilayotgan avtomobilni to‘xtatgan chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga jarohat yetkazdi. Kuchlar teng bo‘lmagani sababli harbiylar qurol ishlatgan. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi.
Poyezd chiptalari arzonligi sabab chayqovchilar biletni sotib olib, ustiga yana qo‘yib sotmoqda, dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov. Chiptalar arzonligi uchun qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketmoqda. “Arzon tarif qilamiz deb, korrupsion tizimni o‘zimiz yaratdik”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting