Termiz shahridagi kanalizatsiya tarmog‘ida sodir bo‘lgan yirik avariya tufayli ichimlik suvi ta’minoti uch kunga soat 8:00 dan 20:00 gacha to‘xtatildi. Qolgan vaqtlarda suv berilishi kerak.
Maxsus Nis.uz tizimida 2023-yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, “Asakabank” baholash indekslari bo‘yicha o‘rtacha 91,84% natija bilan tijorat banklari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
O‘quv yili boshida YUNISEF O‘zbekiston hukumati va ta’limga bog‘liq tomonlarni xalqaro majburiyatlarni bajarishga, barcha bolalar, jumladan, nogironli bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarda sifatli ta’limdan foydalanish uchun teng imkoniyat, huquq va erkinliklar bo‘lishini kafolatlashga chaqirdi.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida erkak qizning ortidan kelib, pod’ezdda unga teginish maqsadida hujum qildi, deya xabar berdi Nemolchi.uz loyihasi. Toshkent IIBB bu ma’lumotni tasdiqladi va noma’lum shaxs hali qo‘lga olinmaganini bildirdi.
O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, bu borada shaxsiy namuna bo‘lgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Nishon bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
O‘zbekistonda 2023-yil boshidan buyon chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlash bilan bog‘liq 11 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi. Shuning 600 dan ortig‘i onlayn kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.
Ellikqal’a tumanida 13 yoshli qizni qo‘shni erkak zo‘rlagani aytilmoqda. Gumonlanuvchi ushlandi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistonliklar yetishtirishi mumkin bo‘lganidan ko‘proq go‘sht iste’mol qiladi. Chorva mollari yaylov resurslariga nisbatan ko‘p. Ularni ortiqcha o‘tlatish ekotizimlar tanazzuli va bioxilma-xillik qisqarishiga olib keladi. Zoolog Sergey Zagrebin yaylovlarni qanday qilib to‘g‘ri boshqarish mumkinligini tushuntirdi.
G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilishi sababli 4 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 50 mln so‘mlik zarar etgan. Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklandi.
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘p xotinlikni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik, shuningdek, jamoat joylarida shaxsini tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi.
Qonunchilik palatasi majlisida diniy rasm-rusumlarga ko‘ra tuzilgan nikohlar soni va buning ortidan ko‘p xotinlik ortayotgani bildirildi. Shuningdek, qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan. 2020-yilda 16 564 ta shunday holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda raqamlar 18 955 taga yetgan.
SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida temir beton plitasi qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangani bo‘yicha Jinoyat kodeksining 258-moddasi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistondagi davlat OTMlarida 2023/2024 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi. Tabaqalashtirilgan kontrakt miqdori ham o‘tgan yil uchun belgilangan miqdorda o‘zgarishsiz qoladi.
O‘zbekiston hududida 2023-yilning 7 oyida 4772 ta YTH qayd etilgan. Ularda 1115 kishi vafot etgan, 4564 nafari tan jarohatlari olgan.
“Yuksalish” harakati qoshidagi “Shaharsozlik to‘lqini” tashabbusi asosida O‘zbekiston yosh arxitektorlar uyushmasi tashkil etildi.
O‘zbekistonda yilning dastlabki 7 oyida qariyb 21 871 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizga himoya orderi berildi. Qayd etilgan holatlarning 84,7 foizi oilalarda sodir etilgan.
Yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirgan OTMlarning ayrim 1-kurs talabalari uning javobini hanuz kutishmoqda. Oliy ta’lim vazirligi vakili ijtimoiy himoyaga muhtoj kontengent to‘liq qamrab olinishi uchun jarayon yana 1−2 kun davom etishini, so‘ngra boshqalarning arizalari ko‘rib chiqilishini bildirdi.
Rossiyaning Kemerovo viloyati Mariinsk shahrida Usmon Nosir haykali ochildi. Haykal muallifi Konstantin Zenich sanaladi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, shoirning qabrini ziyorat qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting