1999-yilning 16-fevral kuni yuz bergan ketma-ket besh portlash Toshkentni larzaga keltirgan edi. Teraktlar yuz bergan joylar o‘tgan 24 yil ichida qanchalik o‘zgargan? “Gazeta.uz” portlashlar yuz bergan kunda olingan foto va videomateriallarni 2023-yil fevralidagi manzaralar bilan taqqosladi.
Viloyatlarda majburan o‘rnatilayotgan quyosh panellari, Qozog‘iston bilan mahbuslarni alishishga kelishgan O‘zbekiston, Afg‘onistonda vayron bo‘lgan Navoiy yodgorligining tiklanishi, avtomobilga navbatlar yo‘q bo‘lishi uchun biroz sabr qilishni so‘ragan «O‘zavtosanoat» raisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Bolalarda saratonning oldini olish imkoni bormi? Ota-onalar uni boshqa kasalliklardan qanday farqlashi mumkin? O‘zbekistonda saratonga chalingan bemor bolalar qanday davolanmoqda? «Gazeta.uz» shu kabi savollar bilan Bolalar milliy tibbiyot markazidagi onkogematolog Kamol Iskandarovga murojaat qildi.
Toshkentdagi Talabalar shaharchasida 5 ta avtomobil to‘qnashdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Baliqchi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo chap qirg‘og‘ining 30 metr qismi yemirilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi va FVB mas’ullari ishtirokida ishchi guruh tuzildi. Hozirda qator texnikalar yordamida tosh bosish va tuproq, shag‘al to‘kish ishlari olib borilmoqda.
Yanvar oyida faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xodjayev vazirlikning qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori lavozimida ishini davom ettirmoqda.
Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytarib, ularning bir qismini almashtirdi. Suratlar internetdagi tanqid va tuman hokimligi bilan o‘tkazilgan «tushuntirish suhbati»dan so‘ng olib tashlangandi. Hokimlik esa do‘konni suratlarni olib tashlashga majburlamaganini bildirdi.
O‘zbekistonda IT bo‘yicha President Tech Award tanlovi may oyidan boshlab o‘tkaziladi. Unda 30 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar beshta asosiy, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar esa maxsus yo‘nalish bo‘yicha jamoaviy ishtirok etishi mumkin.
Amudaryo tumanida Damas va Lacetti o‘rtasida bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida Lacetti boshqaruvidagi 28 yoshli yigit vafot yetdi. Damas haydovchisi va yo‘lovchisi esa og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
O‘zbekistonlik sayyohlar soni yil davomida ikki baravarga ko‘payib, 5,16 mln kishiga yetdi. Sayohatlar uchun eng mashhur yo‘nalishlar Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari bo‘ldi.
Namangan tumanidagi cho‘yan quyish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Yana bir ishchi tan jarohati oldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijon va Navoiy viloyatlarida aholi quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hokimliklar jarayon «faqat tavsiya sifatida» va «hech bir majburlovlarsiz» kechayotganini bildirdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, «ratsional harakat ongli va ongsiz ravishda obro‘sizlantirilmoqda».
Prezident imzolangan qonun bilan endi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Energetika vazirligi mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda hafta oxirigacha vodiy viloyatlaridagi AGTKSHlar faoliyatini bosqichma-bosqich tiklash choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
«Toshkent-O‘sh» yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida qor ko‘chkilari sodir bo‘ldi. Hozirda yo‘llar tozalanmoqda, yo‘lovchilar uchun isitish punktlari tashkil etildi. Farg‘ona vodiysiga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Qurilish vazirligi Toshkentdagi yangi ko‘p qavatli turar joy binolaridan birining tomida uy ko‘rinishidagi noqonuniy qurilish aniqladi. Uning egasiga jarima solinib, 15 kun ichida uni buzish topshirildi.
«Svet», gazni noqonuniy ishlatish o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanishi, 4 yigit zo‘rlangani aytilgan ayol, Onix mashinasi taqdimoti, vaqtincha yopilgan «Sirdaryo» va «S.Najimov» chegara bojxona postlari, yangi tayinlovlar, xotinini o‘ldirib, 19 yilga qamalgan erkak va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Toshkentda ko‘p qavatli uylar hovlisida orqaga harakatlanayotgan Captiva ikki yoshli bolani bosib ketdi. Bola olgan tan jarohatlari tufayli olamdan o‘tdi.
Internetda Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni tashqi vitrinasiga joylashtirilgan modellar suratini tanqid qilingan video tarqaldi. Keyinchalik suratlar olib tashlandi. Do‘kon rahbari bu tuman hokimligining iltimosiga binoan amalga oshirilganini aytdi.
Kompaniya O‘zbekistonga atmosfera benzinlik dvigatellar bilan jihozlangan Rexton premium ramali yo‘ltanlamas, Musso pikapi, Korando, Torres, XLV va Tivoli avtomobillarini yetkazib beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting