Jamiyat

Hunarmandchilikni o‘rganish Qashqadaryodagi qishloq ayollari hayotini qanchalik o‘zgartirdi?
2 dekabr 2024, 19:46

Hunarmandchilikni o‘rganish Qashqadaryodagi qishloq ayollari hayotini qanchalik o‘zgartirdi?

“Ma’rifat maskani” va USAID loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida 300 dan ortiq xotin-qiz gilam to‘qish, kigiz bosish, bosma" usulida kashta tikish va onlayn tijorat asoslarini o‘rgandi. “Gazeta.uz” yangi ko‘nikmalar qishloq ayollarining hayotini qanday o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.

Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi
2 dekabr 2024, 16:44

Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi

Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartibi va ikki bosqichli davlat xaridlari tushunchalari kiritilmoqda. Endi bir nechta davlat buyurtmachilari bir xil turdagi tovarlarni markazlashtirilgan organ orqali xarid qilishi mumkin.

Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
2 dekabr 2024, 11:16

Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha ilishi, kechasi -3 darajagacha sovishi mumkin.

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi
2 dekabr 2024, 10:58

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi

Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan
2 dekabr 2024, 10:54

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura O‘zbekistonda o‘tgan 10 oy ichida ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganini aniqladi. Bundan tashqari, kredit mablag‘larining 2,5 trln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi
2 dekabr 2024, 10:41

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati keltirilgan.

O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
2 dekabr 2024, 06:59

O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonga yaqinlashib kelayotgan antitsiklon sabab ish kunlari havo sovuq va quruq bo‘ladi. Bu mamlakat energetikasiga yuklama ortishiga, shuningdek, Toshkent havosining sezilarli ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shanba kuni tog‘larda, yakshanbada esa asosiy aholi yashovchi hududlarda qor yog‘ishi kutilyapti.

Rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov akkreditatsiyasiz ish olib borgani uchun Nukusda bir muddat ushlab turildi
1 dekabr 2024, 21:50

Rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov akkreditatsiyasiz ish olib borgani uchun Nukusda bir muddat ushlab turildi

Nukusda rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov suratga olish guruhi bilan qo‘lga olindi. Bunga uning akkreditatsiyadan o‘tmasdan ish olib borgani sabab bo‘ldi. Pivovarovning o‘zi keyinroq ularni qo‘yib yuborishganini yozdi: “Hammasi yaxshi!”

Wizz Air vakili — Abu-Dabi aeroportidagi vaziyat haqida
1 dekabr 2024, 20:25

Wizz Air vakili — Abu-Dabi aeroportidagi vaziyat haqida

Wizz Air kompaniyasining Toshkentdagi vakili “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonovga Abu-Dabi aeroportida o‘zbekistonlik o‘nlab erkaklar mamlakatga kira olmagan vaziyat haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, kompaniya bunday yo‘lovchilarni qaytish chiptasi bilan ta’minlaydi.

Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga qaytdi
1 dekabr 2024, 20:04

Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga qaytdi

Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan 10 dan ortiq o‘zbekistonlik ortga qaytib keldi. Hamma o‘z hisobidan chipta sotib olishga majbur bo‘ldi. “Ushlab turishlar aynan Abu-Dabida sodir bo‘lmoqda. Dubayga uchib kelgan tanishlarimiz hech qanday muammoga duch kelmadi”, — dedi yo‘lovchilardan biri.

OIV musbat inson uzoq yashashi, ishlashi, oila qurishi va sog‘lom farzandni dunyoga keltirishi mumkin. Azima Yodgorova hikoyasi
1 dekabr 2024, 18:07

OIV musbat inson uzoq yashashi, ishlashi, oila qurishi va sog‘lom farzandni dunyoga keltirishi mumkin. Azima Yodgorova hikoyasi

OIV tashxisi qo‘yilgan kishilar o‘z vaqtida davolansa, hamma qatori yashashi, orzulariga erishishi mumkin. “Iroda” loyihasining Butunjahon OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan maqolasi qahramoni, o‘zining OIV statusini omma oldida ochiqlagan ilk o‘zbekistonlik qiz — Azima Yodgorovaning hayoti bunga yorqin misol.

1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?
1 dekabr 2024, 11:48

1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

Ichimlik va oqova suv uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi, kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi, avtoraqamlar uchun to‘lov qilish osonlashtiriladi, “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi — 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

Birgalikda 10 yil: Mobiuz mobil operatori faoliyatining o‘n yilligini nishonlamoqda
1 dekabr 2024, 11:00

Birgalikda 10 yil: Mobiuz mobil operatori faoliyatining o‘n yilligini nishonlamoqda

Mobiuz 1-dekabr - tug‘ilgan kuni munosabati bilan amaldagi va yangi abonentlariga yoqimli yangiliklarni taqdim etmoqda.

O‘nlab o‘zbekistonliklar Abu-Dabiga kiritilmadi, ular huquqlari buzilganini da’vo qilmoqda
1 dekabr 2024, 09:13 1

O‘nlab o‘zbekistonliklar Abu-Dabiga kiritilmadi, ular huquqlari buzilganini da’vo qilmoqda

Wizz Air aviakompaniyasi bilan Abu-Dabiga uchgan o‘nlab O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari olib qo‘yilib, so‘roq qilindi. Ular “Gazeta.uz”ga buning sababi aytilmagani, bosim o‘tkazilgani, uzoq vaqt ovqatsiz qolganini bildirdi. Ularning ko‘pi qaytish chiptalarini o‘zlari sotib olgan.

“Terim — biz uchun prezident archasidek gap”. Paxta dalasidan reportaj
30 noyabr 2024, 21:52

“Terim — biz uchun prezident archasidek gap”. Paxta dalasidan reportaj

Bekobod yaqinidagi Avangard — qahramonlar qishlog‘i. Unda yarim tunda terimga chiquvchi otaxonlar, o‘g‘lidan yashirincha paxta teruvchi onaxonlar, terimga ham, uy ishlariga ham birdek ulguruvchi superkelinchaklar va hammasiga bosh-qosh “Temir xotin” bor. “Gazeta.uz” ularning turmushi va orzu-umidlari bilan tanishdi.

Changga qarshi kurashish va biznesga ko‘maklashish. Dizayn-kod nima va nega shaharlar uchun zarur?
30 noyabr 2024, 18:59

Changga qarshi kurashish va biznesga ko‘maklashish. Dizayn-kod nima va nega shaharlar uchun zarur?

Toshkentning me’moriy qiyofasi, peshlavhalari, ko‘cha mebellaridagi tartibsizlik unga dizayn-kod zarurligidan darak. ATLAS hududiy rivojlantirish byurosi eksperti, poytaxt dizayn-kodi hammuallifi bu hujjat qanday kutilmagan vazifalarni bajarishi va Toshkent dizayn-kodi qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

Click SuperApp’ga aylandi: foydalanuvchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar
30 noyabr 2024, 17:00

Click SuperApp’ga aylandi: foydalanuvchilar va biznes uchun yangi imkoniyatlar

29-noyabr kuni Click SuperApp’ga aylanishini e’lon qildi va foydalanuvchilar va biznes uchun yorqin o‘zgarishlar haqida gapirdi.

16 yoshli yigit “Chorsu” mehmonxonasining 21-qavatidan tushib ketib vafot etdi
30 noyabr 2024, 16:10

16 yoshli yigit “Chorsu” mehmonxonasining 21-qavatidan tushib ketib vafot etdi

Toshkent shahridagi “Chorsu” mehmonxonasi xarobasining yuqori qavatiga chiqqan yigit u yerdan tushib ketib vafot etdi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Avtobus yo‘lagida harakatlanish qoidasini buzgan haydovchilarga 1 mln 125 ming so‘m jarima belgilanishi kutilmoqda
30 noyabr 2024, 12:13

Avtobus yo‘lagida harakatlanish qoidasini buzgan haydovchilarga 1 mln 125 ming so‘m jarima belgilanishi kutilmoqda

Jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun jarima 1 mln 125 ming so‘m, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa 1 mln 875 ming so‘m etib belgilanishi mumkin. Tegishli qaror loyihasi siyosiy partiyalar muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

“Oy materiali”: Boysun haqidagi materiallar qanday tayyorlandi?
30 noyabr 2024, 09:39

“Oy materiali”: Boysun haqidagi materiallar qanday tayyorlandi?

Boysundagi gaz konida avariya yuz bergach, “Gazeta.uz” shu hodisaga aloqador bir necha katta materiallar tayyorladi. “Oy materiali” podkastining navbatdagi sonida ushbu materiallarni tayyorlagan Otabek Turdiyev va Ziyoda Ramazonova jarayon qanday bo‘lgani va umuman o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting