Jamiyat

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etildi
15 sentabr 2022, 14:16

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali tashkil etildi.

«Rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv». Alisher Qodirov tilla nishon bo‘yicha izoh berdi
15 sentabr 2022, 11:41

«Rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv». Alisher Qodirov tilla nishon bo‘yicha izoh berdi

Tarmoqlarda «Milliy tiklanish» partiyasi 585 probali sof oltindan yasalgan ko‘krak nishoni yasatgani haqida xabarlar tarqaldi. Partiya raisi Alisher Qodirovning izoh berishicha, tilla nishon mahalliy deputatlarni rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv. Nishon 2 mln so‘mga homiylik mablag‘i hisobidan yasatilgan.

7 dona itolg‘i qushlari yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi
15 sentabr 2022, 11:07

7 dona itolg‘i qushlari yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Zoologiya instituti xodimlari va Tugan Falconry Club jamiyati vakillari avvalroq noqonuniy sotilishidan saqlab qolingan 7 dona itolg‘i (Falco cherrug) qushlarini yovvoyi tabiatga qo‘yib yubordi.

“Millionlab eman ekishim mumkin”. Odamlar nima uchun eman yong‘oqchalarini yig‘ishadi?
15 sentabr 2022, 10:21

“Millionlab eman ekishim mumkin”. Odamlar nima uchun eman yong‘oqchalarini yig‘ishadi?

Har yil avgust oyi o‘rtalarida eman o‘sgan yashil hudud va ko‘chalarda ushbu daraxt yong‘oqchalarini terayotgan odamlarga ko‘zimiz tushadi. Bir kunda bir kishi yong‘oqchalardan bir necha qop terishi mumkin. “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam odamlar nima uchun bu yong‘oqchalarni yig‘ishi va uni nima qilishlari bilan qiziqdi.

JIB Buxoro shahar sudi sudyasi qasamyodini buzgani uchun ishdan bo‘shatildi
15 sentabr 2022, 09:28

JIB Buxoro shahar sudi sudyasi qasamyodini buzgani uchun ishdan bo‘shatildi

Sudyalar oliy kengashining qarori bilan 5 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Shu jumladan, JIB Buxoro shahar sudi sudyasi S. Badriddinov sudyalik qasamyodi va Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.

Noqonuniy taksichilar provokatsiya uyushtirishmoqda — Uzbekistan Airports
15 sentabr 2022, 08:45

Noqonuniy taksichilar provokatsiya uyushtirishmoqda — Uzbekistan Airports

Toshkent xalqaro aeroportida rasmiy taksi ishga tushirilgach, noqonuniy taksichilar bir necha provokatsiya uyushtirishdi. Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva noqonuniy taksilar yo‘lovchilar uchun tahdid ekanini ta’kidladi. Uning tan olishicha, “bombil”lar bir kunlik masala emas va u yolg‘iz hal qilinmaydi.

14 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 sentabr 2022, 22:00

14 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Samarqandda bir qator davlat rahbarlari bilan muzokara o‘tkazgan prezident, pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi, GTL zavodida ilk bor ishlab chiqarilgan sintetik aviakerosin, Farg‘onada ta’qiqlangan fonogramma, elektron firibgarlik uchun 8 yilgacha qamoq va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Har bir hududda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy moslashuv rejasi ishlab chiqiladi
14 sentabr 2022, 19:26

Har bir hududda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy moslashuv rejasi ishlab chiqiladi

Orol qurishi Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Buxoroga jiddiy ta’sir o‘tkazayapti, dedi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori. Mamlakatning kam daromadli aholi qatlami esa ayni shu hududlarda yashaydi, Shu bois, O‘zgidromet hududlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy moslashuv rejasini ishlab chiqmoqda.

Qashqadaryoda Lacetti urib yuborgan voyaga yetmagan bola vafot etdi
14 sentabr 2022, 17:18

Qashqadaryoda Lacetti urib yuborgan voyaga yetmagan bola vafot etdi

Qashqadaryoda Lacetti belgilangan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib ketdi. Buning oqibatida bolakay vafot etdi. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Xitoy hamkorligida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiradi
14 sentabr 2022, 16:37

O‘zbekiston Xitoy hamkorligida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiradi

O‘zbekiston Xitoy bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 506,8 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvga erishdi.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruv o‘tkazish ro‘yxatga olinadi
14 sentabr 2022, 13:52

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruv o‘tkazish ro‘yxatga olinadi

Prezident qarori bilan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Tizimda bo‘lmagan tekshiruvlarni o‘tkazish esa noqonuniy hisoblanadi. Qarorga ko‘ra, ayrim hollarda tadbirkor nazoratchilarni tekshiruv uchun hududiga qo‘ymaslikka haqli.

Avgustda poytaxtda 14 statsionar radar o‘rnatildi
14 sentabr 2022, 12:02

Avgustda poytaxtda 14 statsionar radar o‘rnatildi

Avgust oyida Toshkent shahrida 14 ta onlayn rejimda ishlovchi statsionar radar paydo bo‘ldi, ularning barchasi Olmazor tumanida o‘rnatilgan. YHXX radarlar o‘rnatilgan joylar ro‘yhatini e’lon qildi.

Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi
14 sentabr 2022, 11:37

Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi

Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi. Endi ijrochilar sahnada cholg‘uchilar bilan birga jonli ijroda kuylaydi. Shuningdek, viloyatda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda sahnaga chiqadigan qo‘shiqchilar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yonib ketdi
14 sentabr 2022, 10:15

Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida ketayotgan avtobusda ertalab yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib keldi va 3 daqiqada vaziyatni bartaraf etdi. Avtobusning, asosan, motor qismi yonib zararlangan.

Maqom qo‘riqchisi
14 sentabr 2022, 10:05

Maqom qo‘riqchisi

«Gazeta.uz» ofisi yonidagi xonadan vaqti-vaqti bilan qorovul Obidjon Rasulov ijrosidagi jonli maqomni eshitib qolishingiz mumkin. U boshlang‘ich maktabda musiqa o‘qituvchiligidan Islom Karimov qarorgohida qorovullikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Noyob hayot torlariga ega oddiy inson hikoyasini so‘zlab beramiz.

Elektron firibgarlik yoki o‘g‘rilik uchun 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda
14 sentabr 2022, 09:59

Elektron firibgarlik yoki o‘g‘rilik uchun 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda

Senatda elektron firibgarlik va o‘g‘rilik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashga oid qonun ma’qullandi. Ular qayd etishicha, bu kabi jinoyatlar ortib bormoqda. Masalan, firibgarlik bilan bank kartalaridan pulni talon-toroj qilish bo‘yicha 7 oyda 1812 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda o‘tkaziladigan kinofestival sabab uchta ko‘cha yopiladi
14 sentabr 2022, 09:24

Toshkentda o‘tkaziladigan kinofestival sabab uchta ko‘cha yopiladi

14 sentabr kuni «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Chilonzor, Alisher Navoiy ko‘chalari qisman, Paxtakor ko‘chasi esa to‘liq yopiladi.

Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafaning o‘lim sababi ma’lum qilindi
13 sentabr 2022, 23:56

Toshkent hayvonot bog‘idagi jirafaning o‘lim sababi ma’lum qilindi

Toshkent hayvonot bog‘i Alatau laqabli jirafaning o‘lim sababini ma’lum qildi. O‘limga o‘n ikki barmoqli ichakning tug‘ma nuqsoni tufayli hosil bo‘lgan timpaniya natijasida yuzaga kelgan miya ishemiyasi sabab bo‘lgan.

13 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 sentabr 2022, 22:00

13 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Gulnora Karimovaning Shveysariya banklarida qolgan mulklari, PZR-test topshiradigan SHHT sammiti delegatlari, avtomobilni boshqarish uchun elektron ruxsatnoma, Senat raisiga o‘rinbosar bo‘lgan Amanbay Orinbayev, SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh bergan Tanzila Norboyeva va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Toshkent viloyatida Innovatsion vaksinalar markazi ochiladi
13 sentabr 2022, 19:40

Toshkent viloyatida Innovatsion vaksinalar markazi ochiladi

Toshkent viloyatida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Innovatsion vaksinalar markazi ochiladi. Loyiha qiymati 100 mln dollarni tashkil qiladi. Markazda yiliga 2 mlrd dollarlik gepatit A-B, papilloma, qizamiq, qoqshol va boshqa kasalliklarga qarshi 10 xil vaksina ishlab chiqariladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting