Jamiyat

Maktabning qalbi. Maktab kutubxonalari qanday bo‘lishi kerak?
1 sentabr 2022, 16:02

Maktabning qalbi. Maktab kutubxonalari qanday bo‘lishi kerak?

Maktab kutubxonalarining zamonaviy vazifasi bolalar hayotni o‘rganishlari uchun sharoit yaratishdan iborat. Biroq O‘zbekistondagi maktab kutubxonalarining asosiy funksiyasi go‘yoki o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashdan iboratdek. “Gazeta.uz” maktab kutubxonachilarining shu haqdagi fikrlari bilan qiziqdi.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi
1 sentabr 2022, 13:44

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi

31 avgust kuni davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bunda korrupsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi. Natijalar «E-anticor.uz» elektron platformasiga har yili 1 fevralga qadar kiritiladi.

Ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlangan?
1 sentabr 2022, 13:00

Ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlangan?

O‘zbekistonda ilk Mustaqillik bayrami qayerda va qanday o‘tkazilgan? Unga kim rejissyorlik qilgan? Islom Karimov va rejissyor munozarasiga nima sabab bo‘lgan? “Gazeta.uz” bilan suhbatda 1992−2001-yillardagi bayramlar tashkilotchilaridan biri Usmon Qoraboyev shu va boshqa savollarga javob berdi.

Nima tayyorlaymiz: Bayramona taomlar
1 sentabr 2022, 09:33

Nima tayyorlaymiz: Bayramona taomlar

Qovurma va qaynatma sho‘rva, shivit oshi, moxora, qozon kabob, bayramona osh, «lola» somsa, qozonda pishirilgan lo‘li-kabob — Zira.uz bayramona taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?
1 sentabr 2022, 01:24

1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

Mahalliy turistlarga keshbek beriladi, taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiritiladi, avtotransportlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati o‘zgaradi, avtomobil ishonchnomasi onlayn tuziladi, ko‘p kvartirali uylarning zilzilaga chidamliligi tekshiriladi — 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

«Xavotirga o‘rin yo‘q». Xalq ta’limi vaziri — attestatsiyada qatnashmagan oliy toifali o‘qituvchilar haqida
31 avgust 2022, 22:01

«Xavotirga o‘rin yo‘q». Xalq ta’limi vaziri — attestatsiyada qatnashmagan oliy toifali o‘qituvchilar haqida

Xalq ta’limi vaziri oliy toifali o‘qituvchilar attestatsiyasi masalasida murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, attestatsiyadan o‘tmagan 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega oliy toifali o‘qituvchilarning toifalari bekor qilinmaydi.

31 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 avgust 2022, 22:00

31 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qatag‘on qurbonlarini yod etgan prezident, DXAda «prava»ni almashtirish vaqtincha to‘xtatilgani, qo‘lga olingan Zangiota tuman hokimligi xodimi, aeroportdan noqonuniy o‘tkazilgan timsoh va buqalamun, «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni, sentabrning issiq kuni va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

«Agrobank»dan qulay shartlarda ta’lim kreditni olish mumkin
31 avgust 2022, 21:00

«Agrobank»dan qulay shartlarda ta’lim kreditni olish mumkin

«Agrobank» talabalarga qulay shartlarda ta’lim kreditlarini taklif etadi.

Misrdan kelgan fuqarolar Toshkent xalqaro aeroportidan 54 ta timsoh va 10 ta buqalamunni olib o‘tmoqchi bo‘ldi
31 avgust 2022, 20:19

Misrdan kelgan fuqarolar Toshkent xalqaro aeroportidan 54 ta timsoh va 10 ta buqalamunni olib o‘tmoqchi bo‘ldi

30 avgust kuni Misr davlatidan uchib kelgan fuqaro 56 ta timsoh bolasini, 31 avgust kuni esa Misrdan kelgan boshqa fuqarolar plastmassa idishlarda 10 ta buqalamunni xalqaro aeroportdagi bojxonadan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Tashish va saqlash qoidalariga rioya qilinmagani sababli ularning ayrimlari og‘ir ahvolda.

“O‘zagrosug‘urta” AJda transformatsiya ishlari jadal davom etmoqda
31 avgust 2022, 19:00

“O‘zagrosug‘urta” AJda transformatsiya ishlari jadal davom etmoqda

“O‘zagrosug‘urta” transformatsiyasi davomida moliyaviy sog‘lomlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish va uning xalqaro imijini mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratilgan.

«Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
31 avgust 2022, 17:51

«Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. U bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.

Davlat xizmatlari markazlarida «prava»ni almashtirish vaqtinchalik to‘xtatiladi
31 avgust 2022, 17:26

Davlat xizmatlari markazlarida «prava»ni almashtirish vaqtinchalik to‘xtatiladi

IIV yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tizimida «Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi»ni joriy etdi. Tizimdagi profilaktik ishlar sabab YIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish vaqtincha cheklanadi.

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi
31 avgust 2022, 17:01

Toshkentda avtomobil urib yuborishi natijasida piyoda halok bo‘ldi

30 avgustda piyoda yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-3 avtomobili urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etdi. YTHni sodir etgan shaxs Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasining katta yordamchisi ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX Zangiota tuman hokimligi xodimini hibsga oldi
31 avgust 2022, 13:47

DXX Zangiota tuman hokimligi xodimini hibsga oldi

Zangiota tuman hokimligi xodimi ikki fuqaroni Qirg‘izistonda o‘qiyotgani haqidagi soxta hujjat tayyorlab, keyin o‘qishini poytaxtdagi OTMga ko‘chirib berishiga ishontirgani aytilmoqda. DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi 18 ming dollarni olganida ushlandi. Shunga o‘xshash yana ikki holat aniqlandi.

2022-yilda ishbilarmon xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 1 trln so‘m ajratiladi
31 avgust 2022, 13:19

2022-yilda ishbilarmon xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 1 trln so‘m ajratiladi

2022-yilda xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratiladi, deya ma’lum qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi. Shuningdek, soha rivoji uchun xalqaro moliya institutlaridan $300 mln jalb etilishi rejalashtirilmoqda.

CPJ vakilining O‘zbekistonga kirishiga rad javobi berildi, biroq keyinroq ruxsat etildi
31 avgust 2022, 12:31

CPJ vakilining O‘zbekistonga kirishiga rad javobi berildi, biroq keyinroq ruxsat etildi

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) dasturi koordinatori Gulnoza Saidning O‘zbekistonga kirishiga rad javobi berilib, ortga — Nyu-Yorkka qaytarib yubormoqchi bo‘lishdi. Biroq Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi aralashuvi bilan uning mamlakatga kirishiga ruxsat etildi.

Prezident qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi (foto)
31 avgust 2022, 12:22

Prezident qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi (foto)

31 avgust tongida Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. Qolaversa, davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Kechga yaqin mustaqillikning 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.

“Saxovat” va “Muruvvat” uylari hamda respublika pansionati Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktiriladi
31 avgust 2022, 11:30

“Saxovat” va “Muruvvat” uylari hamda respublika pansionati Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktiriladi

Prezident qarori bilan “Saxovat” va “Muruvvat” uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati DBQga biriktiriladi. Yuklatilgan vazifalar qo‘mitaning maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Sentabr oyining birinchi besh kunligi issiq bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet
31 avgust 2022, 09:58

Sentabr oyining birinchi besh kunligi issiq bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet

O‘zgidrometning ma’lumot berishicha, 2−4 sentabr kunlari havo harorati shimoliy va markaziy viloyatlarda +39 darajagacha, janubiy viloyatlarida esa +40 darajagacha issiq bo‘ladi.

30 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 avgust 2022, 22:00

30 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Chet el fuqarolarini mukofotlagan prezident, Samarqandda 19 sentabrdan boshlanadigan darslar, Yoshlar telekanalida «blur» qilib ko‘rsatilgan Ukraina bayrog‘i, Nukus voqealaridan so‘ng ozodlikka chiqarilgan 24 nafar fuqaro, 1 sentabrgacha to‘lab beriladigan pensiya va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting