28 may kuni Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisi yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi. Avvalroq Senatning 25-yalpi majlisi boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o‘tib, hech qanday sabablarsiz Uzreport TV telekanalida ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to‘xtatilgan edi.
Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» direktori etib tayinlandi.
O‘zbekistonda iste’molchilar uchun «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish sentabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Dastlab buni 2021 yil 1 avgustgacha bajarish rejalashtirilgan edi, muddatlar bir necha bor ortga surildi. Xususiy uylarning 97,7 foizida hisoblagichlar o‘rnatilgan, kvartiralarning atigi 53 foizga qamrab olingan.
Jizzax viloyatining Forish tumanida seldan talofat ko‘rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurish ishlari boshlandi. Oilalar uchun yer maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. 100 ga yaqin uy-joylarda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
O‘zbekistonning gullar poytaxti sifatida tanilgan Namanganda 5 iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi. 61 yillik bayram munosabati bilan Bobur nomidagi istirohat bog‘iga 2 mln tup gul ekiladi. Bu yil yomg‘irlar bilan o‘tgan festivalning ochilishida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam ham ishtirok etdi.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi sement saqlash omborxonasida 2000 tup marixuana o‘stirganlikda gumon qilingan 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ular qo‘lga tushmaslik uchun omborxonaga o‘t qo‘yib yuborishgan.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hokimlarning bir vaqtning o‘zida ham ijro hokimiyati, ham vakillik hokimiyati rahbari bo‘lishi noto‘g‘riligini ta’kidladi. «Bu masalani Konstitutsiya bilan yechib qo‘yish kerak», dedi u. Uning ta’kidlashicha, amaldagi Konstitutsiya bilan barcha kutilgan o‘zgarishlarni amalga oshirishning imkoni yo‘q.
Samarqandda Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida obodonlashtirish inshooti qurish uchun yer kavlangani aniqlandi. Kavlangan chuqurdan o‘rta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, g‘isht va qabriston qoldiqlari topilgan.
Rossiya Mehnat vazirligi xorijliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida O‘zbekistondan Rossiyaga kelishi mumkin bo‘lgan migrantlar soniga cheklovni olib tashlashni taklif qilmoqda. Hozirda ushbu cheklovga ko‘ra, pilot loyiha doirasida 10 ming nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun bora oladi.
«Investorlar jangi 2.0» tanlovida investitsion portfeli eng katta o‘sishni ko‘rsatganlar g‘olib bo‘lishadi. Arizalar 6 iyun kunigacha qabul qilinadi yakunlanadi.
25 may kuni O‘zbekiston maktablarida 390 ming nafar 11-sinfni bitirgan o‘quvchilar uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. «Gazeta.uz» poytaxt maktablaridagi tadbirlardan fotoreportaj tayyorladi.
Mart oyida Toshkentga ko‘chib kelgan rossiyalik yigit nega O‘zbekistonga ko‘chib kelgani va bu yerda qanday afzalliklar hamda kamchiliklar borligi haqida, shuningdek, Toshkentda yashash davomidagi kuzatuvlari to‘g‘risida hikoya qildi.
Farg‘ona viloyat XTB o‘qituvchi o‘quvchiga baqirib, yuziga urganidan keyin qiz derazadan sakrab tushgani aks etgan videoga izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, sinf birinchi qavatda joylashgan, qiz bungacha ham dars tugashiga 5 daqiqa qolganida sinfni deraza orqali tark etgan.
Vazirlar, deputat, UNIСEF vakolatxonasi rahbari, IT-Park direktori, Inkuzart hamda faol jamoatchilik vakillari 2021−2022-o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.
Rossiya prezidenti bilan gaplashgan Shavkat Mirziyoyev, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Qozog‘iston bilan hamkorlik qiladigan O‘zbekiston, Samarqandda ochilgan eng yirik 2-quyosh fotoelektr stansiyasi, Qozog‘iston TIVning Samarqandda turistlar bilan bo‘lgan holatga munosabati, tengdoshini mashinada bosib ketgan namanganlik maktab o‘quvchisi, O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi yerosti tunneli topilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 24 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Nasrulla Babayev Bekobod shahri hokimi etib tayinlandi.
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi «Madaniy meros va ijod platformasi» ni ishga tushiradi. Barcha amalga oshirilayotgan madaniy dasturlar va loyihalar xaritaga kiritiladi, bu esa umumiy manzarani ko‘ra olish, e’lon qilingan siyosat va strategiyalar doirasida muvofiqlashtirilgan holda ishlash imkonini beradi.
Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Samarqandda ichki ishlar xodimlari turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llagan holat yuzasidan munosabat bildirdi. «O‘zbekistonda jamiyatning o‘zi huquq-tartibot idoralari xodimlarining harakatlarini qoralamoqda… Biz bunga aralashmaslikka harakat qilayapmiz va faqat fuqarolarimiz himoyasiga tegishli qismini kuzatib borayapmiz», — dedi u.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 7-sinf o‘quvchisi «Vaz-2106» rusumli avtomobilni noqonuniy boshqarayotib, yo‘l chetida ketayotgan 14 yoshli piyodani bosib ketdi. Bu oxirgi uch sutka ichida O‘zbekiston yo‘llarida YTH oqibatida sodir bo‘lgan sakkizinchi o‘lim holatidir.
«Bugungi narxlar bilan biz faoliyat samaradorligini oshirish orqali sanoatning ayrim muammolarini hal qilishimiz mumkin. Ammo 25 yildan beri meros bo‘lib qolgan muammolarni hal qila olmaymiz, — deya ta’kidladi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. Uning qo‘shimcha qilishicha, shunchaki narxlarni oshirishning o‘zi yetarli emas. Ishlaydigan bozor qoidalari kerak. Shu bilan birga, davlat aholi uchun tarif siyosatini saqlab turishi kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting