Jamiyat

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 aprel 2022, 09:50

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryoda viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Dilmurod Abduraxmanov tayinlandi. U bunga qadar Sayxunobod tumanidagi to‘qimachilik klasteriga rahbarlik qilgan.

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi
11 aprel 2022, 09:11

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi

Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

MB: «Davrbank» tomonidan fuqarolarning bank kartalaridan noqonuniy mablag‘ yechib olingani aniqlandi
10 aprel 2022, 15:42

MB: «Davrbank» tomonidan fuqarolarning bank kartalaridan noqonuniy mablag‘ yechib olingani aniqlandi

«Davrbank» tomonidan kafil yoki birgalikda qarz oluvchi hisoblanmagan fuqarolarning bank kartalari ularning roziligisiz jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun biriktirilib, mablag‘lar yechib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Markaziy bank «Davrbank"ka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi.

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi
10 aprel 2022, 15:07

O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi

«Bahor qaytmaydi» videofilmi bosh qahramoni Alimardon To‘rayev rolini ijro etgan O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Amir Temur va temuriylar qabrining ochilishi tarixi — video
9 aprel 2022, 20:50

Amir Temur va temuriylar qabrining ochilishi tarixi — video

1941-yilning 16−22-iyun kunlarida Sovet Ittifoqi hukumati qarori bilan Go‘ri Amir maqbarasidagi Temuriylar sulolasi qabrlari ochiladi. Ekspeditsiya davomida Amir Temur, uning o‘g‘illari va nabiralarining jasadlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida antropolog Mixail Gerasimov Amir Temur qiyofasini yaratadi.

Muruntov konida oltinga boy ma’danli yangi konlar topildi
9 aprel 2022, 18:19

Muruntov konida oltinga boy ma’danli yangi konlar topildi

Navoiy viloyatining Tomdi tumani hududidagi Muruntov konida 40 mln tonnadan ortiq oltinga boy ma’dan zaxirasiga ega «Balpantog‘» va «Tomdibuloq» konlari ochildi. Undan qariyb 15 yil davomida yiliga 3 mln tonnadan ortiq ruda qazib olish rejalashtirilmoqda.

Toshkent jamoat transportiga xususiy sektor jalb etiladi
9 aprel 2022, 16:45

Toshkent jamoat transportiga xususiy sektor jalb etiladi

Prezident 1 avgustga qadar Toshkent jamoat transportiga xususiy sektorni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. Shunga qaramasdan, yil oxirigacha «Toshkent shahri misolida» Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, joriy etish rejalashtirilmoqda.

Saudiya Arabistoni Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi
9 aprel 2022, 13:55

Saudiya Arabistoni Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni so‘nggi uch yil ichida birinchi marta 1 million ziyoratchiga, shu jumladan xorijlik fuqarolarga ham Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi. Safarga boruvchilardan kovidga qarshi vaksina sertifikati va 72 soat ichida olingan manfiy PZR-test ma’lumotnomasi talab etiladi.

Ayollardan iborat qo‘shinlar, tutingan o‘g‘il, «begunoh» sarbador — Amir Temur hayoti haqidagi qiziqarli tarixiy faktlar
9 aprel 2022, 13:45

Ayollardan iborat qo‘shinlar, tutingan o‘g‘il, «begunoh» sarbador — Amir Temur hayoti haqidagi qiziqarli tarixiy faktlar

Insoniyat tarixida eng katta imperiyalardan biri (qariyb 4,4 mln kv km maydon) — Temuriylar imperiyasi asoschisi Amir Temur 9 aprel kuni 686 yoshga kirdi. «Gazeta.uz» uning hayoti va harbiy yurishlari bo‘yicha tarixiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni to‘pladi. Maqolada uning tutingan o‘g‘li, ayollardan iborat qo‘shinlari, 40 ga yaqin ayollari, u asrab qolgan sarbador, tiriklik vaqtida hali hayot bo‘lgan 50 nafardan ortiq avlodlari haqida ham so‘z boradi.

1−4-sinflar uchun ona tili va matematikadan yangi darsliklar ishlab chiqildi
9 aprel 2022, 13:05

1−4-sinflar uchun ona tili va matematikadan yangi darsliklar ishlab chiqildi

2022−2023-o‘quv yilida Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 918 ta maktabda “Ona tili va o‘qish savodxonligi” hamda “Matematika” fanlaridan boshlang‘ich sinflar uchun yangi darsliklar sinovdan o‘tkaziladi. Ular USAID va Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Joriy o‘quv yilida xuddi shu hududlarda ingliz tili (1−11-sinflar) va informatika (5−11-sinflar) bo‘yicha yangi darsliklar joriy etilgandi.

Yana bir tajriba: Toshkentda LED ekranli bekatlar paydo bo‘la boshladi
9 aprel 2022, 12:00

Yana bir tajriba: Toshkentda LED ekranli bekatlar paydo bo‘la boshladi

Poytaxtda tajriba asosida namunaviy dizaynga ega 14 ta bekat rekonstruksiya qilindi, yil oxirigacha ularning soni 280 taga yetkaziladi. «Gazeta.uz» ga Toshkent shahar transport boshqarmasi aniqlik kiritishicha, bekatlarning yakuniy dizayni hanuz tasdiqlanmagan. Bu boradagi Toshkent hokimining qarori loyihasi ham urbanistlar tomonidan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Poytaxtda 2016 yildan beri avtobus bekatlari ko‘rinishini bir necha marotaba o‘zgartirishga urinishmoqda.

Yodgorliklar va ekologiyaga zarar yetkazganlarni suratga olib yuborganlarni mukofotlash tartibi tasdiqlandi
9 aprel 2022, 11:22

Yodgorliklar va ekologiyaga zarar yetkazganlarni suratga olib yuborganlarni mukofotlash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanishda huquqbuzarlik sodir etgan yoki ekologiyaga zarar yetkazganlarni foto va videoga olib, yuborgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi. Huquqbuzarlik haqida birinchi bo‘lib xabar berganlarga BHMning 1 baravari — 270 ming so‘m to‘lanadi.

Nima tayyorlaymiz: tvorogli pishiriqlar
9 aprel 2022, 10:16

Nima tayyorlaymiz: tvorogli pishiriqlar

Shokolad va tvorogli pirog, tvorogli bulochkalar, pishiriqlar, tez tayyorlanadigan pirog — Zira.uz tvorogli pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

8 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 aprel 2022, 21:59

8 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Islom sivilizatsiyasi markaziga borgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston nega qo‘shni davlatlarga maktab qurib berayotganini tushuntirgan XTV rahbari o‘rinbosari, Surxondaryoda ochiladigan Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari, plastik kartaga pensiya oladiganlarga 1 foiz qo‘shimcha to‘lov to‘lanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 8 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

8 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 aprel 2022, 21:59

8 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Islom sivilizatsiyasi markaziga borgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston nega qo‘shni davlatlarga maktab qurib berayotganini aytgan XTV rahbari o‘rinbosari, Surxondaryoda ochiladigan Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari, plastik kartaga pensiya oladiganlarga 1 foiz qo‘shimcha to‘lov to‘lanishi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 8 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

UZDIGITAL TV «Qulay imkoniyat» aksiyasini e’lon qildi
8 aprel 2022, 17:00

UZDIGITAL TV «Qulay imkoniyat» aksiyasini e’lon qildi

Kompaniya UZDIGITAL muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan «Qulay imkoniyat» aksiyasini yo‘lga qo‘ydi. Endi xizmatlarga ulanish va Telecard atigi 40 ming so‘m bo‘ladi.

2021 yilda qariyb 32 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi
8 aprel 2022, 16:18

2021 yilda qariyb 32 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

2021 yilda 735,4 mingdan ziyod xorijlik Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritdi. Ushbu ko‘rsatkich kamida 2000 yildan buyon rekord natija hisoblanadi. O‘tgan yili Rossiya pasportini olgan o‘zbekistonliklar soni esa 2020 yilga nisbatan 8,8 ming kishiga ko‘payib, 31,9 ming nafarni tashkil etdi.

«Bu qo‘shnilar o‘rtasidagi hamkorlik». XTV rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston nega qo‘shni davlatlarga maktab qurib berayotgani haqida
8 aprel 2022, 15:51

«Bu qo‘shnilar o‘rtasidagi hamkorlik». XTV rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston nega qo‘shni davlatlarga maktab qurib berayotgani haqida

XTV rahbarining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev O‘zbekiston o‘zi maktablarga muhtoj bir vaqtda, nega qo‘shni davlatlarga ta’lim muassasalari qurib berayotganini izohladi. «Qirg‘iziston Rishtonda maktabgacha ta’lim muassasasi, Tojikiston Urgutda maktab qurib bergan… Bu faqat qo‘shnilarning o‘rtasidagi hamkorlik», — dedi u. Qolaversa, O‘zbekistonda 1,2 mln o‘quvchi o‘rnini yaratish uchun alohida dastur ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston qayerda joylashgan? — Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Rossiya va Belarus internet foydalanuvchilarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi qanday o‘zgardi
8 aprel 2022, 12:01

O‘zbekiston qayerda joylashgan? — Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Rossiya va Belarus internet foydalanuvchilarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi qanday o‘zgardi

24 fevral kuni Rossiyaning Ukraina hududida harbiy operatsiya boshlashi ortidan Rossiya va Belarus internet foydalanuvchilari orasida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish keskin ortib ketdi. Google`da 1000 rubl o‘zbek so‘mida qancha bo‘lishi, Moskvadan O‘zbekistongacha bo‘lgan biletlar, O‘zbekistonga kirish qoidalari va boshqa so‘rovlar keskin ortgan.

Dam olish kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va issiq bo‘lishi kutilmoqda
8 aprel 2022, 11:49

Dam olish kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va issiq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari havo harorati +35 darajagacha ko‘tariladi. Turkmanistondan zich bulut qatlamlari kirib kelishi evaziga ayrim hududlarda momaqaldiroq bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting