Sharqshunos olim Andrey Kubatin koronavirus asoratlaridan vafot etdi. 2017 yilda u davlatga xiyonat qilishda ayblanib sudlangan va 2019 yilda reabilitatsiya qilingan edi.
Jahon banki O‘zbekistondagi innovatsiyalar tizimini modernizatsiya qilish uchun 50 mln dollar ajratdi. Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarida xalqaro darajadagi tadqiqotlarni o‘tkazishga yordam beradi.
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi.
15 oktyabrda prezident «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi yangi qonunni imzoladi. Mazkur qonun dastlab qabul qilingan — «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun taqdirini takrorlamasligi hamda nogironlarning huquq va manfaatlarini haqiqatan ham himoya qilishi uchun qanday choralar ko‘rish kerak — Oybek Isoqov va Dilmurod Yusupov maqolasida.
O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 77 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi.
Toshkent viloyati hokimligi va Singapurning Universal Success Enterprises kompaniyasi «Nurafshon siti»ni qurishga kelishib olishdi. Loyiha uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda va investitsiyalar hajmi texnik-iqtisodiy asoslash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Prezident «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga muvofiq, davolanish muddati 18 oydan oshmaydi hamda davlat maslahat berish-tashxis qo‘yish, davolash, psixoprofilaktik, reabilitatsiya, ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kafolatlaydi.
Respublika maxsus komissiyasi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilganligi haqida ma’lum qildi. Biroq bu xabar hech qaysi rasmiy manbalarda e’lon qilinmagan edi.
Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarida «Nobel» sovrindorlari tadqiqoti natijalari asosida eksperiment o‘tkazilmoqda. Kuzatuvlar natijalari O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini aniqlash, «yashash minimumi» va «iste’mol savatchisi» bo‘yicha hisob-kitobni yakuniga yetkazishda qo‘llaniladi.
Vazirlik va davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bo‘yicha statistika e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 849 nafar yoshlar ishlashi va shundan 210 nafari xotin-qizlardan iborat ekani aniqlangan. Eng ko‘p xotin-qizlar Suv xo‘jaligi va Adliya vazirliklarida ishlaydi.
Kunlik mehnat markazlarini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Ushbu markazlarda bir martalik ishga yollanuvchilarga mehnat qurollari va maxsus kiyimlar beriladi, ularning manfaati himoya qilinadi va ish topishda ko‘maklashiladi. Ishchi va ish beruvchining onlayn muloqoti uchun «Mening ishim» buyurtmalar birjasini yaratiladi.
Parkent tumanida bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi ichimlik suvi rezervuarining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan zarar ko‘rgan dala hovlilarining bino va inshootlari hamda boshqa kommunal tarmoqlarda qurilish-tiklash ishlari boshlandi.
Poytaxt chorrahalariga o‘rnatilgan videokameralar uchun dasturiy ta’minot litsenziya muddati tugadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish boshqarmasi. Hokimlik kameralarni qayta ishga tushirish uchun AutoCon tizimini mahalliy ishlab chiqaruvchidan 1,1 mlrd so‘mga sotib olishi kutilmoqda.
Umumiy maydoni 20,2 ming kv. m. bo‘lgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi. Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, sobiq Respublika birja markazi binosi, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi va boshqa inshootlar ham sotuvga qo‘yiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi musulmonlarning hissiyotini haqoratlashga yo‘naltirilgan har qanday xatti-harakatlarga nisbatan «tajovuzkorona emas, balki payg‘ambarga xos bosiqlik va zukkolik» bilan munosabat bildirishga chaqirdi.
Buxoro viloyatida KAMAZ beshta Cobalt va uchta Nexia olib ketayotgan MAN avtoulov tirkamasi bilan to‘qnashdi. Hodisada faqat avtomobillarga zarar yetgan. Yetkazilgan zararni baholashdan so‘ng, avtomobillar zavodga utilizatsiya uchun qaytariladi.
Andijon viloyatida avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalariga gaz yetkazib berish muddati cheklandi. Gaz shoxobchalarga soat 06:00 dan 16:00 gacha yetkazib beriladi.
Tanlov asosida saralab olinadigan beshta oliy ta’lim muassasasiga tajriba tariqasida kontrakt asosidagi talabalar sonini belgilash va imtihonlarni mustaqil o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Prezident Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdim etgan Nukus markaziy qismining istiqbolli loyihasi bilan tanishdi. Ko‘chalarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘llar va bog‘lar yaratish, turar joy binolari, IT-parklar va boshqa ob’ektlar qurilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev 20 xonadonga mo‘ljallangan besh qavatli bitta podyezdli turar-joy binosining namunaviy loyihasini tasdiqladi. Bunday uy-joylar mamlakatning aholisi zich joylarda quriladi. Bu uylar avval qurilganlariga qaraganda 33 foizga arzonroq bo‘ladi, dedi Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting