Jamiyat

Andijonda darsga kech qolgan qizlarga jismoniy mashq qildirgan maktab xodimiga intizomiy chora qo‘llandi
13 sentabr 2024, 16:27

Andijonda darsga kech qolgan qizlarga jismoniy mashq qildirgan maktab xodimiga intizomiy chora qo‘llandi

Andijon shahridagi maktabda darsga kech qolgan qizlar jismoniy mashq qilishga majburlandi. O‘quvchilarni shu tarzda “jazolagan” maktabning mas’ul xodimiga intizomiy chora qo‘llandi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (14−15-sentabr)
13 sentabr 2024, 16:23

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (14−15-sentabr)

Oltita kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlari, Koreya madaniyatining “Chxusok 2024” festivali, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkalari, Rayhonning bepul konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Fotoreportaj: Toshkentda RE/Generation kreativ yoshlar festivali o‘tkazildi
13 sentabr 2024, 15:59

Fotoreportaj: Toshkentda RE/Generation kreativ yoshlar festivali o‘tkazildi

Toshkentda 3−12-sentabr kunlari kreativ yoshlarning RE/Generation birinchi art-festivali o‘tkazildi. 6000 kvadrat metrdan ziyod maydonda yuzlab san’at namunalari namoyish etildi. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotoreportaj tayyorladi.

Noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi
13 sentabr 2024, 14:45

Noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi

Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda chegaraga daryo o‘zanlari, ularning sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.

Yana 3 vazirlikning 107 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi
13 sentabr 2024, 11:41

Yana 3 vazirlikning 107 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi

Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlarida 107 nafar boshqaruv xodimlari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi aniqlandi.

SSP Navoiy boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan navbatdagi sud 18-sentabrda o‘tadi
13 sentabr 2024, 10:38

SSP Navoiy boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan navbatdagi sud 18-sentabrda o‘tadi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U juda ko‘p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi
13 sentabr 2024, 10:01

Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bola Toshkentga olib kelinib, buvisiga topshirildi. Bolaga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi
13 sentabr 2024, 08:39

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi

Prezident qarori bilan, bu yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi. Qomusiy olim sharafiga qurilgan yodgorlik majmualari mukammal ta’mirlanadi, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qayta nashr qilinadi, Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Toshkent viloyatida yuk mashinasi ag‘darilib, to‘liq pachoqlandi
13 sentabr 2024, 01:29

Toshkent viloyatida yuk mashinasi ag‘darilib, to‘liq pachoqlandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida boshqaruv yo‘qotilishi oqibatida MAN yuk mashinasi ag‘darildi va pachoqlanib ketdi. Haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatildi, jarohatlanganlar yo‘q.

12-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 sentabr 2024, 22:20

12-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

14 yil deganda qayta ochilgan “Qorasuv” chegara posti, Turkiya vazirlari va razvedka rahbari bilan uchrashgan prezident, sobiq astronomiya bog‘i o‘rnida tashkil etiladigan Oxygen park, noma’lum muddatga qoldirilgan Toshkent xalqaro kinofestivali va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekiston DXX va Turkiya milliy razvedkasi rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi
12 sentabr 2024, 18:38

O‘zbekiston DXX va Turkiya milliy razvedkasi rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston DXX va Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbarlari terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

Sirdaryoda bog‘chada nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgan bola bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
12 sentabr 2024, 18:14

Sirdaryoda bog‘chada nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgan bola bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Mirzaoboddagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola nafas yo‘llari berkilib qolishi oqibatida vafot etgandi. Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, bolada tug‘ilganida aniqlangan kamqonlik kasalligini davolash choralari ko‘rilmagan. Holat bo‘yicha tibbiyot birlashmasi, shifokorlik punkti va bog‘cha mas’ullariga jinoyat ishi ochildi.

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi
12 sentabr 2024, 17:38

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi

O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu mablag‘larning 405 mln so‘miga federatsiya bosh kotibi oila a’zolari Turkiyaga dam olish uchun jo‘natilgani aniqlandi.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi
12 sentabr 2024, 17:29

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishi yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi

Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 kishining ishini yopiq rejimga o‘tkazdi, biroq bir necha advokatlar va sudlanuvchilar bunga qarshi chiqdi. Sudya bunga sabab sifatida sudda “xizmat doirasidan foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar yangrashini” aytdi.

STO nemis bo‘yog‘i endi Toshkentda: fasad va interer uchun innovatsiyalar
12 sentabr 2024, 17:00

STO nemis bo‘yog‘i endi Toshkentda: fasad va interer uchun innovatsiyalar

Germaniyaning STO fasad va interer yechimlari ishlab chiqaruvchisi Toshkentdagi yangi shourumida 10 foizlik chegirma bilan innovatsion materiallarni taklif etadi.

Namanganda Qirg‘iziston bilan chegaradagi “Uchqo‘rg‘on” (“Kensay”) posti ochildi (foto)
12 sentabr 2024, 14:16

Namanganda Qirg‘iziston bilan chegaradagi “Uchqo‘rg‘on” (“Kensay”) posti ochildi (foto)

Payshanba kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi ikkinchi chegara bojxona posti “Uchqo‘rg‘on” (qirg‘iz tomondan “Kensay”) ochildi. Mazkur nazorat-o‘tkazish punkti kuniga o‘rtacha 10 ming kishini, 500 dan ortiq yuk va 300 dan ortiq yengil avtomobilni o‘tkaza oladi.

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 441 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirildi
12 sentabr 2024, 12:34

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 441 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirildi

Toshkent viloyatida Chirchiq daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 441 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bundan tashqari, jarayonda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni ham yo‘q qilingan.

“Birorta attraksion ham, restoran ham bo‘lmaydi”. Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘i jamoatchilik parkiga aylantiriladi
12 sentabr 2024, 12:28

“Birorta attraksion ham, restoran ham bo‘lmaydi”. Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘i jamoatchilik parkiga aylantiriladi

7 yildan beri taqdiri hal bo‘lmay kelayotgan Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘ini 2025-yil oxirigacha Oxygen park nomli jamoatchilik parkiga aylantirish reja qilinmoqda. Atrofiga panjara-to‘siqlar o‘rnatilmaydigan park 24/7 ishlaydi, loyiha davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi, dedi ekologiya vaziri.

Toshkentdagi restoranda 23 kishi zaharlandi, muassasa vaqtincha yopildi
12 sentabr 2024, 11:10

Toshkentdagi restoranda 23 kishi zaharlandi, muassasa vaqtincha yopildi

Yunusobod tumanidagi Muhteshem Doner restoranida 23 kishi, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, sousdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. SES ularning 13 nafariga uyga javob berilgani, qolgan 10 kishining ahvoli qoniqarli ekanini bildirdi. Restoran vaqtincha yopildi, Bosh prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.

Besh yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
12 sentabr 2024, 09:24

Besh yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

Firibgarlikda ayblanib 5 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting