AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarga bepul psixologik yordam ko‘rsatuvchi resurs ishga tushirilganligini olqishladi.
O‘zbekiston koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan o‘pkani sun’iy shamollatish uskunasi va polimeraza zanjiri reaksiyasi moslamalarini sotib olish uchun Yaponiya hukumati grantlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida to‘rt pog‘ona yuqorilab, 180 davlat orasida 156-o‘rinni egalladi. Mamlakatdagi vaziyat hali ham «murakkab» deb baholanmoqda.
O‘zbekistondan jo‘natilgan ikki partiyadan iborat insonparvarlik yordami Moskvaga yetib bordi. Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob yuborish rejalashtirilgan.
Xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarda 2019−2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi.
Jizzax viloyatida VAZ-21063 haydovchisi urib yuborgan to‘rt yoshli qizcha shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
«Albatta, rag‘batlantirish uchun pul tarqatish oson yo‘l. Lekin ertaga buning oqibatda nimalarga olib kelishini hali biron bir iqtisodchi bashorat qila olmayapti», — deya ta’kidlagan prezident. U «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlar o‘zi faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berishi taklifini ilgari surdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2020 yil Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Haftaning ikkinchi yarmidan harorat +30 darajalik chegaradan oshadi. Faqatgina Qoraqalpog‘istonda payshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, juma kuni esa havoning salqin bo‘lishi kutilmoqda.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti — TEAM University tashkil etildi. Bir guruh tadbirkorlar va mutaxassislar ishtirokida ochilgan OTMda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Qozog‘iston o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Unga ko‘ra, migrantlarga mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq zarar yetkazilganda, kompensatsiya va bepul tibbiy yordam kafolatlanadi.
Maxsus komissiya qarori bilan pensionerlarning bank kartalaridan komission to‘lovlar undirilmaydi. Karantin davrida pensiyalar faqatgina kartalarga o‘tkazib beriladi.
Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga 6-sinfni bitirgan o‘g‘il va qizlar tanlov asosida qabul qilinadi. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovi va test imtihonlaridan o‘tadi.
Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritgan MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1565 nafar bemor. 19 aprel kuni esa bu ko‘rsatkich 75 nafarga ko‘paygan edi. O‘tgan kun davomida 11,8 mingta test o‘tkazildi.
Respublika perinatal markazi homilador ayollardan birida koronavirus aniqlanganidan keyin karantinga yopildi.
Buxoro va Toshkentda 20 kishi koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 214 nafarga yetdi.
Toshkent shahrida yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalari berish vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish uchun litsenziyalangan taksilar deyarli 12 mingtaga yetgan.
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida pensiyalar may oyidan to‘liq bank kartalari orqali to‘lanadi. I hamda II guruh nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan (yotoqdagi) fuqarolarga ularning pensiyasi naqdlashtirilib yashash manzili bo‘yicha o‘z vaqtida yetkazib beriladi.
Bir guruh tibbiyot xodimi va ekspertlar COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashishda yordamlashish uchun Xitoydan O‘zbekistonga yo‘l oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting