Yakkasaroy tumanida Mercedes-Benz motor qismida nosozliklar yuzaga kelgani uchun yo‘lovchilarni tushirib, avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimligida kadrlar almashinuvini davom ettirmoqda. U o‘z xohishiga ko‘ra lavozimdan ketishni so‘ragan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarovni ishdan bo‘shatdi.
Poytaxtda 2022 yilda 1200 ta YTH sodir bo‘lgan. Unda 136 kishi, jumladan, 17 nafar voyaga yetmaganlar vafot etgan. O‘tgan yilda YTHlar soni 2021 yilga ko‘ra (1073) ko‘paygan.
2022-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollik 3,8 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda o‘rtacha narxlar yil davomida 16,5 foizga, Toshkent shahrida esa 24 foizga oshgan. Shu bilan birga, poytaxtda ijaraga beriladigan uy-joylar 34 foizga qimmatlashdi.
Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo-ko‘ngilochar markazlari hamda istirohat bog‘larining ish vaqtiga qo‘yilgan cheklov «havo harorati yaxshilanayotgani va holat barqarorlashayotgani» sabab bekor qilindi.
VeoliaToshkentda sifatsiz issiqlik ta’minoti uchun to‘lovni mustaqil ravishda qayta hisoblab chiqadi. Biroq agar isitish yoki issiq suv bilan bog‘liq muammolar uy ichidagi infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lsa, unda qayta hisoblash bo‘lmaydi, deya ogohlantirdi kompaniya.
Hukumat Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi issiqlik tarmoqlari so‘nggi qismlarida joylashgan uylarni issiqlik va elektr bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning uchun zudlik bilan kogeneratsiya uskunalari sotib olinadi.
Yakkasaroy tumanida Malibu, Spark va Nexia-3 to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida ikki haydovchi kasalxonaga olib ketildi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi Toshkentning Kichik halqa yo‘li ichidagi hududlarda transportlarning harakat tezligini 70 kmdan 60 kmgacha pasaytirishga oid qarorni qabul qildi.
Turkish Airlines aviakompaniyasining Bishkek-Istanbul yo‘nalishidagi samolyoti noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Hozirda uning belgilangan manzilga parvozini amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qatnovlar 13 yanvardan to‘xtatilgan edi.
Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, tirbandliklar yuzaga kelishining oldini olish va ularning sonini keskin kamaytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtning markaziy ko‘chalarida harakatlanayotgan yengil mashinalar soni 20 foizgacha qisqartiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzordagi ko‘zi ojizlar yotoqxonasida sutkalab chiroq o‘chayotgani, mas’ullar esa bunga e’tibor bermayotgani haqida xabarlar tarqaldi. «Gazeta.uz» muxbiri Mirolim Isajonov nafaqat qahratonda, balki jaziramada ham muammolar iskanjasida qoluvchi ushbu yotoqxonada bo‘lib qaytdi.
Shayxontohur tumanida 2003 yilda tug‘ilgan ayol 2 farzandidan foydalanib, yo‘lning qatnov qismida tilanchilik qildi. Ichki ishlar xodimi hududni tark etishni so‘raganida unga qarshilik ko‘rsatdi. Bu faoliyati uchun oldin 11 marta ogohlantirilgan ayol holat yana takrorlansa, onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Toshkentda gaz quvurlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyati oshirilishi va ob-havo sharoiti yaxshilanishi munosabati bilan gaz bosimi oshishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aholidan qozonxona va gaz plitalarini tekshirib turish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish so‘ralmoqda.
Poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev oilasi bilan Turkiyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtda Toshkent aeroportida to‘xtatib qolingan bo‘lishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni lavozimidan ozod etganiga tushuntirish berdi. «Quruq gap, yolg‘on „svodka“ bilan pastga tushmagani uchun kechasi shtabda ishdan oldim», — dedi prezident.
Anomal sovuq tufayli Toshkentning Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek va boshqa tumanlaridagi aholi bir necha kundan beri chiroqsiz qolmoqda, gaz bosimi esa past, batareyalar uyni isitadigan darajada emas. «Gazeta.uz» qishga tayyorgarlik ko‘rmagan toshkentliklar energiya ta’minotisiz qanday kun ko‘rayotganiga qiziqdi.
20 darajali ayozda uyda isinish va issiq taom tayyorlash imkoniyatining yo‘qligi kishini nochorlik ko‘yiga solib qo‘yadi. Kimdir ishxonasida isinib olar, ammo hayotiy muhim xizmatlarning ishchilari ko‘chada ishlaydi. «Gazeta.uz» obodonlashtirish xizmati xodimlari bilan qahratondagi ish haqida suhbatlashdi.
Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo-ko‘ngilochar markazlari hamda istirohat bog‘larining ish vaqti cheklandi. Oziq-ovqat do‘konlari va umumiy ovqattlanish shoxobchalari faoliyati bundan mustasno.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting