«toshkent» tegli maqolalar


Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda
12 avgust 2024, 09:50

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini (Beruniy metro bekati yonida) obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush ko‘rishi, qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini ko‘rsatishi mumkin.

Toshkentda bir kunda 2 ta katta YTH sodir bo‘ldi
7 avgust 2024, 23:38

Toshkentda bir kunda 2 ta katta YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta avtomobil, Chilonzor tumanida esa 5 ta avtomobil ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi. Rasmiylar to‘qnashuvlarda jarohat olganlar yo‘qligini aytmoqda.

Renovatsiyaga tushgan hududlar aholi murojaatlari asosida taklif etilgan — Toshkent hokimligi
6 avgust 2024, 09:20

Renovatsiyaga tushgan hududlar aholi murojaatlari asosida taklif etilgan — Toshkent hokimligi

Toshkent hokimligining ta’kidlashicha, renovatsiyaga tushgan hududlar mahalliy aholining murojaatlari asosida taklif etilgan. Uy-joylarning tahlili shaharsozlik me’yorlariga javob bermasligini tasdiqladi, deya qayd etdi hokimlik. Loyiha hududlarni yaxlit rivojlantirishni nazarda tutadi.

Toshkentda Tracker “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib ketdi
2 avgust 2024, 21:58

Toshkentda Tracker “peshexod"dan o‘tayotgan piyodani urib ketdi

Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi.

Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda
2 avgust 2024, 09:47

Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda

Toshkentda 107,2 mlrd so‘mga 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyini qurish rejalashtirilmoqda. Poytaxt deputatlari ish boshlash uchun 53,6 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. O‘tish joylari manzillari ko‘rsatilmagan va shu sababli jamoatchilik va ekspertlar qarorning asosliligiga xavotir bildirmoqda.

Changimiz DNKsi. O‘zbekistonda havo ifloslanishining asl sababi nima?
29 iyul 2024, 20:57

Changimiz DNKsi. O‘zbekistonda havo ifloslanishining asl sababi nima?

O‘zbekistonda havo ifloslanishi haqida gap ketsa, ko‘pincha “chang” eslanadi. U haqiqiy muammoni xaspo‘shlashning qulay vositasiga aylangan. Havo ifloslanishida changning roli qanday, 2021-yil noyabrida Toshkent nima uchun changga ko‘mildi va muammoni qanday hal qilish mumkin? “Gazeta.uz” javob izlaydi.

Toshkentda Spark “peshexod”dan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi
20 iyul 2024, 00:01

Toshkentda Spark “peshexod"dan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentdagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari buziladi
19 iyul 2024, 14:10

Toshkentdagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari buziladi

Toshkent shahri hokimi noqonuniy tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Reklama konstruksiyalari uchun joylar “Tashqi reklama” tizimi orqali ajratiladi.

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda
18 iyul 2024, 16:59

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinmoqda. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgandi.

Toshkentning Temur Malik ko‘chasida qurilayotgan yangi yo‘l o‘tkazgich qanday bo‘ladi?
16 iyul 2024, 10:58

Toshkentning Temur Malik ko‘chasida qurilayotgan yangi yo‘l o‘tkazgich qanday bo‘ladi?

Poytaxtning Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab o‘tadigan yangi yo‘l o‘tkazgichda burilish joylari, ko‘cha chetida velosiped yo‘laklari bo‘ladi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan joyda piyodalar yer osti yo‘lagi quriladi. Masjid oldida esa yana bitta yer osti yo‘lagi qurib bitkazilmoqda.

Toshkentda ikkinchi gastronomik ko‘cha tashkil etiladi (foto)
13 iyul 2024, 14:33

Toshkentda ikkinchi gastronomik ko‘cha tashkil etiladi (foto)

Toshkentning Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi rejalashtirilmoqda. Qurilish ishlari 15-iyulda boshlanadi. U yerda yoritish tizimlari, o‘rindiqlar, axlat qutilari o‘rnatilib, ko‘chatlar ekiladi va boshqalar amalga oshiriladi.

Toshkentda Lacetti va o‘t o‘chirish mashinasi to‘qnashdi
11 iyul 2024, 19:41

Toshkentda Lacetti va o‘t o‘chirish mashinasi to‘qnashdi

Toshkentda Lacetti yong‘in joyiga ketayotgan Isuzu o‘t o‘chirish mashinasining orqasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatildi.

Toshkentdagi 1-shahar klinikasi binosiga zarar yetdi. Bemorlar boshqa tarafga ko‘chirildi
9 iyul 2024, 18:13

Toshkentdagi 1-shahar klinikasi binosiga zarar yetdi. Bemorlar boshqa tarafga ko‘chirildi

Poytaxtdagi Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasi binosining to‘siniga darz ketdi. Bemorlarning bir qismi boshqa tarafga ko‘chirildi. Beton konstruksiyalar tushirib tashlandi, bosh shifokor “muassasa o‘z funksiyasini to‘liq bajarayotganini” bildirdi.

“SES, soliq qani?” Toshkent hokimi — do‘kondagi sifati buzilgan mevalar haqida
8 iyul 2024, 15:36

“SES, soliq qani?” Toshkent hokimi — do‘kondagi sifati buzilgan mevalar haqida

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov ishchi guruh bilan birga Yunusobod tumanidagi Sobirobod mahallasiga bordi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Hokim do‘konlardan biriga kirib, sifati buzilgan mahsulotlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayotganidan noroziligini bildirdi.

Foto: Yunusobodning quvur yorilishi oqibatida suvga to‘lgan hovlilari
3 iyul 2024, 16:53

Foto: Yunusobodning quvur yorilishi oqibatida suvga to‘lgan hovlilari

Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning hovli va yerto‘lalari quvur yorilishi oqibatida suvga to‘ldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin hodisa joyida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.

“Yuksalish” Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilarining fikrini o‘rgandi
27 iyun 2024, 10:17

“Yuksalish” Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilarining fikrini o‘rgandi

“Yuksalish” harakati Toshkent shahrida jamoat transporti yo‘lovchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ular tig‘iz vaqtlardagi tirbandlik, “poygalar”, yo‘l harakati qoidalari va jadvalining buzilishi, konditsionerlar yoqilmasligi, ajratilgan yo‘laklarni nazorat qilmaslik kabi muammolarni ko‘rsatdi.

Toshkentda Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik o‘rnida aylanma yo‘l tashkil etildi
21 iyun 2024, 08:26

Toshkentda Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik o‘rnida aylanma yo‘l tashkil etildi

Poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasining (Toshkent halqa yo‘li) Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik o‘rnida vaqtincha aylanma yo‘l tashkil etildi. Hududda 1 avgutsga qadar rekontsruksiya ishlari olib boriladi.

Toshkentdagi ko‘chalardan birida yo‘l chiziqlari yangilandi, lekin haydovchilar ularga rioya qilmayapti (foto)
15 iyun 2024, 02:26

Toshkentdagi ko‘chalardan birida yo‘l chiziqlari yangilandi, lekin haydovchilar ularga rioya qilmayapti (foto)

Toshkentdagi Vestminster universiteti qoshidagi litsey oldida joylashgan ko‘cha qismi bir tomonlama qilib qo‘yildi. Asfalt yangilanib, to‘xtash joylari chizildi. Lekin haydovchilar ulardan foydalanmayapti. Foto.

Toshkentda harakatdagi Lacetti yonib ketdi (+video)
12 iyun 2024, 21:40

Toshkentda harakatdagi Lacetti yonib ketdi (+video)

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi.

Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati 10 soatga cheklanadi
12 iyun 2024, 16:52

Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati 10 soatga cheklanadi

Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish, shahar ichida harakatlanish) to‘liq to‘xtatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting