Oq uy va Respublikachilar partiyasi AQSh davlat qarzi chegarasini oshirish bo‘yicha kelishib oldi, bu esa jahon iqtisodiyotiga tahdid soladigan defoltning oldini olishi kutilmoqda.
Turkiya MSK rahbari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida avvalroq 52,15 foiz ovoz olgan Erdog‘an g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. U xalqqa “demokratiya bayrami” uchun minnatdorlik bildirdi, muxolifat nomzodi Qilichdaro‘g‘li esa saylovlarni oxirgi yillardagi eng adolatsiz saylovlardan biri deb atadi.
Ekologik toza texnologiyalarga kiritiladigan investitsiyalar 2023-yilda 1,7 trln dollargacha oshadi va birinchi marta an’anaviy energiyaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni ortda qoldiradi. Jumladan, quyosh generatsiyasiga 380 mlrd dollar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Frankfurt-Mayn (Germaniya) sudi Alisher Usmonovga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi.
Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
Armaniston va Ozarbayjon Moskvadagi uchrashuvda bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishga kelishib oldi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlar munosabatlarni tartibga solish yo‘lida “ildam qadamlar tashlayotganini” bildirdi.
Florida gubernatori Ron Desantis 2024-yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. U Respublikachilar partiyasi nomzodligi uchun sobiq prezident Donald Tramp bilan kurashadi.
AQSh moliya vaziri Janet Yellen mamlakatda kutilayotgan ehtimoliy defolt sanasini 1-iyun deb e’lon qilgach, bu boradagi muhokamalar yanada qizg‘in tus oldi. Ehtimoliy yoki muqarrar defoltning sabablari, potensial oqibatlari va AQSh hukumati ixtiyoridagi favqulodda choralar to‘g‘risida “Gazeta.uz” sharhi.
Ukrainadagi urush va sanksiyalar tufayli Rossiyaning MDHdagi roli “yemirilmoqda”. Bu RFning iqtisodiy ta’siri kuchliligicha qolayotgan bo‘lishiga qaramasdan, ayniqsa Markaziy Osiyoda geosiyosiy alyanslarning o‘zgarishiga olib keladi, deb yozmoqda Moody’s.
Qozog‘iston G‘arb sanksiyalarini buzmaslik uchun Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Avvalroq jurnalistlar Qozog‘istondagi kompaniyalar orqali Rossiyaga RFning Ukrainadagi armiyasi ehtiyojlari uchun dron va mikrochiplar tashilayotgani to‘g‘risidagi surishtiruvni e’lon qilgan edi.
Belgorod viloyatida o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida diversantlar tuzilmalari qurshab olinib, tor-mor etildi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 70 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Turkiyada prezidentlik poygasidan chetga chiqqan nomzod Sinan Ogan 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Xirosimada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” (G7) sammitida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, Xitoy bilan munosabatlari, sun’iy intellekt va boshqalar muhokama qilindi. Sammit yakunlari haqida qisqacha — “Gazeta.uz” sharhida.
RFning Belgorod viloyatiga ukrainalik diversantlar kirib kelgani ma’lum qilindi. “Rossiya Ozodligi” legioni va Rossiya ko‘ngillilar korpusi aholi punktlarini egallagani aytilmoqda. Ukrain razvedkasi esa ukrainaliklarni himoya qilish uchun “xavfsiz zona” yaratish bo‘yicha operatsiya olib borilayotganini bildirdi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegarada O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirib kelgan harbiylarni qo‘lga oldi.
AQSh o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda ukrainalik uchuvchilarni Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishni boshlashini ma’lum qildi. Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina uchun jangovar samolyotlar sotib olish bo‘yicha koalitsiya tuzishga kelishib olgan.
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi: “qora ro‘yxat”da 100 dan ortiq kompaniya, o‘nlab jismoniy shaxslar, shuningdek, eksport embargosi ostida bo‘lgan 1000 dan ortiq turli tovarlar mavjud. Rossiya TIV bunga javoban 500 nafar amerikalik, jumladan, Barak Obamaning mamlakatga kirishini taqiqladi.
Italiya shimolidagi yirik suv toshqini sababli 13 kishi halok bo‘ldi, 13 mingdan ortiq aholi uylarini tashlab ketdi. Tabiiy ofat mamlakatda so‘nggi 100 yildagi eng halokatlisi deb baholanmoqda.
Kelgusi besh yil issiqxona gazlari chiqindilari va El-Nino tabiiy hodisasi tufayli rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirmoqda Butunjahon meteorologiya tashkiloti.
Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Boku portida o‘z terminalini ochishni rejalashtirmoqda. Hozirda tovarlarni saqlash uchun mazkur port hududida ombor infratuzilmasini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting