Saylanganiga 45 kun bo‘lgan Buyuk Britaniyaning bosh vaziri Liz Trass Konservatorlar partiyasi deputatlari noroziligi sabab iste’foga chiqishi haqida e’lon qildi.
Xalqaro fototanlovda hakamlar dunyoning turli mamlakatlaridan yuborilgan 38 mingdan ortiq fotosuratlarni ko‘rib chiqdi va fotograflarni turli yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirladi. Tanlovda kurashayotgan asalarilar surati muallifi yil fotografi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Vetnamning VietJet Air aviakompaniyasi Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Parvozlar 15 dekabrdan boshlanadi.
17 oktabr kuni Rossiyaning Yeysk shahridagi turar-joy binosi hovlisiga Su-34 qiruvchi samolyoti quladi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk shahridagi turar-joy binosi yaqiniga Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti qulab tushdi. Yong‘in binoning beshinchi qavatgacha qismini qamrab oldi.
Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda safarbar qilingan askarlarga ommaviy o‘q uzildi. RF Mudofaa vazirligi hodisani terakt deb atab, «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi o‘t ochganini ma’lum qildi. 11 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi yaralangani aytilmoqda, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MDH sammitida RF rahbari Vladimir Putinga uning mamlakati Rossiya manfaatlariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani hamda o‘zaro hurmatni xohlashini aytdi. U RFdan Markaziy Osiyo mamlakatlariga sobiq Ittifoq vaqtida bo‘lganidek munosabat qilmasligini so‘radi.
1925 yil 13 oktabr. Bundan 97 yil avval Buyuk Britanining ilk ayol bosh vaziri Margaret Tetcher dunyoga kelgandi. O‘zining shaxsiy sifatlari va qat’iyatliligi orqali hukumatni 12 yil davomida boshqargan Tetcher tarixga «Temir xonim» nomi bilan kirgan. Uning hayotiga oid qiziq faktlar «Gazeta.uz» materialida.
13 oktabrdan O‘zbekiston va Eron o‘rtasida ishbilarmon va ilmiy doiralar, shuningdek, sayyohlik guruhlari uchun soddalashtirilgan viza tartibi joriy etildi.
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv shartlari orasida hududni razvedka qilish, tog‘ daryosi va minalangan maydonlardan o‘tish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi topshiriqlar bo‘ldi.
Interpol xodimlari og‘ir jinoyatlarni sodir etgan xalqaro qidiruvdagi ikki kishini Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Ulardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat qilgan, boshqasi esa moliyaviy piramida bilan fuqarolarni aldagan.
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini Amerikaning uch nafar tadqiqotchisi Ben Bernanke, Duglas Daymond va Filip Dыbvigga topshirdi. Boshqa nominatsiyalardan farqli ravishda mukofotni Alfred Nobel xotirasiga atab Shvetsiya milliy banki ta’sis etgan.
10 oktabr tonggida Ukrainaning yirik shaharlari, jumladan, Kiyevda yirik portlashlar yuz berdi. Rasmiylarning xabar berishicha — poytaxtda 8 kishi halok bo‘ldi, boshqa shaharlarda ma’lumotlar aniqlanmoqda. Shuningdek, energetika infratuzilmasi obyektlariga ham zarba berilgani haqida xabarlar bor.
Qrim ko‘prigining avtomobillar yuradigan bo‘lagida yuk mashinasi portladi. Oqibatda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Ko‘prikda harakat to‘xtatilgan.
Tinchlik bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti belaruslik huquq himoyachisi Ales Belyatskiyga, shuningdek, Rossiyaning «Memorial» va Ukrainaning «Fuqaro erkinliklari markazi» (Sentr grajdanskix svobod) kabi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlariga berildi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Sinszyan avtonom hududidagi huquqbuzarliklarni muhokama qilishdan bosh tortdi. O‘zbekiston ham 19 davlat qatorida rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi.
Tailand shimoli-sharqida bolalar markaziga to‘pponcha va pichoq bilan qurollangan shaxs hujum qilishi oqibatida kamida 38 kishi, jumladan, 22 bola halok bo‘ldi. Erkak jinoyat sodir etgan joydan qochib ketgan, ma’lum qilinishicha, u xotini va bolasini ham o‘ldirib, so‘ngra o‘zini otgan.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan Kampir-Obod (Andijon) suv omborini boshqarish uchun 50/50 ulushga ega qo‘shma korxona tashkil etilishini ma’lum qildi.
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi adabiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini 88 yoshli fransuz yozuvchisi Anni Ernoga topshirdi.
Olimlar guruhi hisoblab chiqqan Somon yo‘li galaktikasi massasining yangi qiymati avvalgi ma’lumotlarning deyarli yarmiga teng bo‘lib chiqdi. Ular galaktikaning massasi Quyosh massasidan atigi 550 mlrd marta katta degan xulosaga keldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting