Izboskan tumanida sobiq bank xodimi tadbirkor bilan birga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 ming dollar imtiyozli kreditni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 20 ming dollari undirilib, gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi respublika avtomobil yo‘llari 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari bilan boyiganini ma’lum qildi. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamari va mobil telefon bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni aniqlaydi. Fotoradar va kameralar manzili.
Afg‘onistonning Tolibon hukumati ayollardan jamoat joylarida hijob o‘rab yurishni talab qilmoqda. Mazkur tartibga bo‘ysunmagan ayollar davlat ishlaridan bo‘shatiladi. 2001 yilgacha toliblar hukmronligi davrida ham hijob majburiy edi.
UniSat ta’lim dasturining 20 nafar o‘quvchi-qizi Navoiy viloyatida o‘zi yasagan ultrazamonaviy nano sun’iy yo‘ldoshini stratosferaga uchirdi. Qizlar uning yordamida havoning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi.
Adliya vazirligi manfaatlar to‘qnashuvini alohida qonun bilan tartibga solish taklifini bildirdi. Unga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish va oldindan xabar berish tartibi belgilanmoqda, bunga amal qilmaganlar esa jarimaga tortiladi. Antikorrupsiya agentligiga ma’muriy bayonnoma tuzish vakolatini berish rejalashtirilmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Termiz tumanida fuqaro bog‘ni sug‘orish chog‘ida og‘irligi 1,92 gramm bo‘lgan oltin tangalarni topib oldi. Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari dinorlar Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oidligini aniqladi. Fuqaro ularni muzeyga topshirdi.
Toshkentda fuqarolarni yana IIBga olib borib, soqollarini olishga majburlashdi. Ulardan birining so‘zlariga ko‘ra, ularga 15 sutka qamoq bilan tahdid qilishgan va shundan keyin soqolini olishga majbur bo‘lishgan. IIV matbuot kotibi fuqarolar o‘z huquqlari poymol etilgan deb hisoblasa, shikoyat qilishi mumkinligini qayd etdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yengillashtirilgan tartibda qurol yetkazish imkonini beruvchi lend-liz bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu qurollarni yetkazishda byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beradi.
Qiziltepa tumanida ichida 25 kishi bo‘lgan sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi, oqibatda 5 kishi jarohat oldi. Avariyaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
10−13 may kunlari havo salqin bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligining kuchayishi kutilmoqda. Hafta davomida tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Gretsiyadagi og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
Shu yilning birinchi choragi bo‘yicha poytaxtning Uchtepa tumanida mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyati KPI tizimi bo‘yicha baholandi. Natijada 60 nafar hokim yordamchisidan 33 nafariga o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib kelayotgani uchun hayfsan berildi.
Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar, shuningdek, Navoiy va Zarafshon shaharlari, qolaversa, Konimex hamda Navbahor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Global beqarorlik sharoitida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish va sotishda QQSning nol stavkasi muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi. Imtiyozli davrning uzaytirilishi go‘sht va kartoshka bozorida kutilgan natijani berishi kutilmoqda, biroq o‘simlik yog‘i narxlari barqarorlashuvi uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Iqtisodchi, «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev Ukrainadagi urush ortidan jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan tanglik sharoitida QQS imtiyozlarining ichki bozordagi narxlarga qanday ta’siri qilishi haqida so‘z yuritadi.
O‘zbekiston TIV Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotirdaligini bildirib, tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqirdi. Aprel o‘rtalaridan beri Falastin va Isroil o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaygandi.
Gretsiyada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Sharofiddin Amriddinov -102 kg vazn toifasida g‘alaba qozondi.
Oksana Chusovitina 2024 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishini ma’lum qildi. U hozirga qadar Olimpiya o‘yinlarida 8 marotaba ishtirok etgan.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. U urush faxriylarini bayram bilan tabriklab, dunyoda har daqiqa sinovli bo‘layotganligini ta’kidladi. «Xalqimiz hayotiga shu ta’sirni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘ryapmiz», — dedi prezident.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari o‘z yaqinlariga xatlarda nimalar haqida yozishgan? “Gazeta.uz” Shon-sharaf muzeyi va “O‘zarxiv” agentligi taqdim etgan xatlar bilan bo‘lishmoqda. Jangchilar nafaqat o‘z yaqinlariga noma yo‘llagan, balki gazetalar tahririyatlariga urush haqidagi hikoyalarini yuborishgan va hattoki sheʼrlar ham yozishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting