Arxiv

Forbes: Fransiya Alisher Usmonovga aloqador ikkita vertolyotni hibsga oldi
2 aprel 2022, 12:58

Forbes: Fransiya Alisher Usmonovga aloqador ikkita vertolyotni hibsga oldi

Fransiya hukumati sanksiyalar ostida bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita vertolyotning foydalanish huquqini muzlatib qo‘ydi, deb xabar qildi Forbes. Ularning narxi 26 mln dollarga baholanmoqda. Tadbirkorning vakili Usmonov o‘z mulkining katta qismini, shu jumladan ushbu vertolyotlarni qaytarib bo‘lmaydigan trastlarga berib yuborganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy va qisman un import qiladi
2 aprel 2022, 11:48

O‘zbekiston Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy va qisman un import qiladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston aprel-iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda import qiladi. Ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib, yana 500 ming tonna bug‘doy xarid qilish rejalashtirilmoqda.

DSQ birinchi chorakda soliq tushumlari ko‘payganini ma’lum qildi
2 aprel 2022, 11:08

DSQ birinchi chorakda soliq tushumlari ko‘payganini ma’lum qildi

O‘zbekiston budjetiga soliq tushumlari miqdori birinchi chorakda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga oshdi. Shunga qaramasdan, soliq organlaridagi ishida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 13 ta DSI boshlig‘i ishdan bo‘shatildi, 40 dan ortiq rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi.

Saharlik va iftorlik uchun nimalar tayyorlaymiz?
2 aprel 2022, 10:44

Saharlik va iftorlik uchun nimalar tayyorlaymiz?

Nonushtabop galetalar, pishloqli xachapuri, guruchli bo‘tqa, feta pishlog‘i va pomidordan quymoq, bedana tuxumli teftellar, baqlajon va pishloqli tovuq go‘shti, turkcha sho‘rva va boshqalar — Zira.uz saharlik va iftorlik uchun taomlar retseptlari ro‘yxatini e’tiboringizga havola etadi.

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlandi — foto, video
2 aprel 2022, 10:26

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlandi — foto, video

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidagi masjidlarda taroveh namozi o‘qilishidan “Gazeta.uz” fotoreportaji.

JCH-2022 final bosqichiga qur’a tashlandi
1 aprel 2022, 22:54

JCH-2022 final bosqichiga qur’a tashlandi

Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh ishtirokchilari aniqlandi. Chempionatning birinchi uchrashuvi Qatar va Ekvador o‘rtasida bo‘ladi. C guruhida esa Argentina Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Ispaniya Germaniya bilan, Belgiya Xorvatiya bilan bir guruhga tushdi.

1 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 aprel 2022, 22:00

1 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2022 yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori, Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qilgan O‘zbekiston, taroveh namozlari vaqtida Toshkentda yopiladigan ayrim ko‘chalar, dam olish kunlari kutilayotgan issiq ob-havo, Qirg‘izistonga borgan Abdulla Aripov va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 1 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Xo‘sh, kim javob beradi? «Zakovat» bilimdoni va UzQuiz asoschisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbat
1 aprel 2022, 19:03

Xo‘sh, kim javob beradi? «Zakovat» bilimdoni va UzQuiz asoschisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbat

20 yildan ortiq vaqt davomida aql janglari maydoni bo‘lib kelayotgan «Zakovat» ko‘plab bilimdonlarni xalqqa tanitdi. «Gazeta.uz» zakovatchilar bilan intervyuning navbatdagi qismida «Zakovat» bilimdoni, UzQuiz asoschisi va boshlovchisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbatni taqdim etadi. U klubga qanday a’zo bo‘lgani, «Zakovat» o‘yini boshlovchisi sifatidagi tajribasi va kitoblarning inson hayotidagi o‘rni haqida gapirdi.

Muammoli kreditlar soliq to‘lovchilar hisobidan to‘lanishi mumkin
1 aprel 2022, 18:35 1

Muammoli kreditlar soliq to‘lovchilar hisobidan to‘lanishi mumkin

Hukumat 2017−2021 yillarda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilgan va qaytarilmagan muammoli kreditlarni mahalliy budjetlarning rejadan oshirib bajarilgan qismidan qoplash masalasini muhokama qilmoqda. 2021-yilning o‘zida ushbu dastur bo‘yicha 2,8 trln so‘m (245,7 mln dollar) miqdoridagi muammoli kreditlar ajratilgan. Avvalroq MB rahbari “imtiyozli kreditlar bor joyda noto‘g‘ri foydalanish tendensiyasi va korrupsiya unsurlari paydo bo‘lishi” haqida ogohlantirgan edi.

Toshkentda taroveh namozlari vaqtida ayrim masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi
1 aprel 2022, 18:08

Toshkentda taroveh namozlari vaqtida ayrim masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida taroveh namozlari o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlar atrofidagi ko‘chalar har kuni soat 18:00 dan 00:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi (ro‘yxat).

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi
1 aprel 2022, 17:19

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi

2022 yilning mart oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 1,5 foizni, yillik nisbatda (2021 yilning mart oyiga nisbtan) 10,5 foizga yetdi. Oy davomida shakar narxi 12,8 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, mart oyida un narxi 2 foiz, sut 2,5 foiz, kungaboqar yog‘i 3,1 foiz, paxta yog‘i narxi 2,1 foizga oshgan bo‘lsa, tuxum narxi — 0,9 foizga pasaygan.

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi
1 aprel 2022, 17:11

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,59 so‘mga ko‘tarilib, 11 404,61 so‘mni tashkil qildi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi
1 aprel 2022, 17:06

O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Xitoyda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlar konferensiyasida Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro tan olish mexanizmlari va mezonlarini ishlab chiqishni taklif qildi.

10-apreldan respublika bo‘ylab ommaviy sport tadbirlari o‘tkaziladi
1 aprel 2022, 16:58

10-apreldan respublika bo‘ylab ommaviy sport tadbirlari o‘tkaziladi

Juma kungi yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 6 mln nafar yoshlar ishtirokida 10-apreldan mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan topshiriq berdi. Buning uchun har bir viloyatga 100 mln so‘mgacha, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash uchun 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Afg‘on masalasi diqqat markazida qolishi kerak — Norov
1 aprel 2022, 16:36

Afg‘on masalasi diqqat markazida qolishi kerak — Norov

Dunyodagi hodisalar munosabati bilan afg‘on masalasi jahon siyosatida ikkinchi darajaga tushib ketdi. «Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xalqaro hamjamiyat ushbu mamlakatning buguni va ertasi uchun javobgarlikni zimmasiga olishi kerak», — deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov BMT vazirlar anjumanida.

«Samir Rahmonovning o‘limida Bosh prokuraturaning aybi yo‘q» — Svetlana Artikova
1 aprel 2022, 16:25

«Samir Rahmonovning o‘limida Bosh prokuraturaning aybi yo‘q» — Svetlana Artikova

Payshanba kuni Svetlana Artikova Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi oilasiga nafaqa va ma’naviy zararni to‘lashi masalasiga munosabat bildirdi. Uning fikricha, sudning 971 mln so‘mni to‘lash to‘g‘risidagi qarorida qonun talablari buzilgan. «Milliard u yoqqa, milliard bu yoqqa qilsak, unda shifokorlarga, o‘qituvchilarga ustamalarni, oylikni, nafaqani kim to‘laydi?.. Kerak bo‘lsa, Oliy sudgacha ham bosh prokuror o‘rinbosari tarzida takroran kassatsiya keltirishga tayyorman», — dedi u.

O‘zbekistonning BAAdagi elchisi tayinlandi
1 aprel 2022, 16:09

O‘zbekistonning BAAdagi elchisi tayinlandi

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Abdulaziz Oqqulov O‘zbekistonning BAAdagi elchisi lavozimiga tayinlandi.

Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi
1 aprel 2022, 15:36

Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi

Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi. Tashrif doirasida u ikki davlat chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

2023 yildan fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibidan voz kechilishi mumkin
1 aprel 2022, 14:24

2023 yildan fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibidan voz kechilishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 2023 yildan boshlab fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda. Bunda «E-patrul» tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar hodisa joyida planshet orqali tekshiriladi.

2022-yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
1 aprel 2022, 12:43

2022-yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022-yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting