Prezident yig‘ilishida O‘zbekiston energetika tarmog‘i korxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi muhokama qilindi. Davlat rahbari aholini gaz va elektr energiyasi bilan o‘tgan yillarga nisbatan barqarorroq ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezidentga ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etildi. Bolani tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi, muassasa so‘nggi chora bo‘ladi. Davlat rahbari bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari hokimlik zaxirasidagi 20 ga yerni auksionga chiqarib, egalik huquqini rasmiylashtirishda yordam berishini aytgani va bu uchun 1 million dollar pora olgani aniqlandi. U qamoqqa olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
AQShda 5-noyabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi — Demokratik partiyadan amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris, respublikachilardan esa sobiq prezident Donald Tramp nomzodi ko‘rsatilgan. Ular prezident bo‘lsa nima qilmoqchi? Nomzodlarning siyosati haqidagi asosiy savollarga qisqa javoblar.
O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka yetib bordi. U ertaga Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi.
AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 7-noyabrgacha davom etadi. Avvalroq to‘ldirish muddati 5-noyabrda yakunlanishi xabar qilingandi.
Pokistonning Lahor shahrida havoning xavfli sifati tufayli boshlang‘ich maktablar bir haftaga yopildi. Dam olish kunlarida ifloslanish rekord darajaga yetdi. Pokiston bunda “Hindiston shamollari”ni ham ayblamoqda. Hududda xodimlarning yarmi uydan ishlash tartibiga o‘tdi. Qator cheklovlar joriy etildi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishi ishlar sifatsiz bajarilgani uchun to‘xtatildi. Binoning ayrim qismlarida g‘isht mustahkam terilmagani aniqlangan.
“Yallama” chegara bojxona posti inspektor-surishtiruvchisi mamlakatga taqiqlangan tovar olib kirgan odamdan yordam evaziga $1300 olgani ma’lum bo‘ldi. Xodim firibgarlik, pora berishda ishtirok etishda ayblanib qamoqqa olindi. DXX viloyatda yana boshqa pora olgan MIB, soliq organi xodimlarini qo‘lga oldi.
Turkiya Qirg‘izistonning 58,8 mln dollarlik tashqi qarzidan “yashil” loyihalarni amalga oshirish evaziga kechib yubordi. Avvalroq Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov moliya tashkilotlari va davlatlarga davlat qarzini “yashil” tashabbuslarga ayirboshlashni bir necha bor taklif qilgandi.
2025-yil fevralidan O‘zbekistondagi barcha avtoturargohlarda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish boshlanadi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar yaqinida, jumladan, ularga eng yaqin avtoturargohlar yaqinida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan stansiyalarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Sirdaryo viloyatidagi “Malik” chegara o‘tkazish punktida 6,7 kg miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
Namangan shahrida ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasida YTHga uchradi. Ular mashinani 150 ming so‘mga vaqtincha ijaraga olgan. Bir oycha avval xuddi shu shaharda ijaradagi avtomobilda avariyaga uchragan 3 nafar bola vafot etgandi.
Qamchiq dovonida old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi yonib ketdi. Hodisa sabab dovon yo‘li vaqtincha yopildi.
Sud 51 yoshli o‘zbekistonlikni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U advokat Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashni taklif qilganini aytdi. Erkak dron tomonidan tashlangan snaryadning portlashi oqibatida yaralangan.
Raqobat qo‘mitasi “Invest Finans Bank” AJga kredit xizmati reklamasida qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlarni ko‘rsatmagani uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Avvalroq, Davr Bank ham shu kabi kamchilik uchun jarimaga tortilgandi.
AQShda prezidentlik saylovlari boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi. G‘olib nomi qachon ma’lum bo‘lishi mumkin, ovozlar qanday hisoblanadi, nima saylov natijalarini uzoq kutishga olib kelishi mumkin — material shu haqda.
Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 7 ta ballistik raketa uchirdi. Yaponiya buni “tinchlik va xavfsizlikka tahdid” deb atadi. Mutaxassislarga ko‘ra, KXDR bu bilan AQSh saylovlari oldidan yadroviy salohiyatini ko‘rsatmoqchi va Rossiyaga qo‘shin yuborgani muhokama qilinayotganda e’tiborni boshqa tarafga qaratmoqchi.
Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan viloyat hokimi etib qayta tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting