Dollarning rasmiy kursi 13,27 so‘mga pasaydi va jami 10 640,74 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, haydovchilar yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan taqdirda ular ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga ham o‘zgartish kiritildi.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Senatning navbatdagi yalpi majlisida Afg‘onistonda qiyin ahvolga yoki murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari mavjud emasligini ma’lum qildi.
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga 12,2 mln so‘m jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qo‘llanilishi mumkin. Prezident Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni imzoladi.
Senatning yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Afg‘oniston borasida O‘zbekistonning pozitsiyasini ma’lum qildi. «Eng avvalo biz Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarni manfaatini e’tiborga oladigan, ularning o‘zaro tinchlik muzokaralari natijasida erishiladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz», — dedi u.
Toshkentdagi tungi reyd davomida qoidabuzar ayol va uning ukasi YPX xodimlariga bo‘ysunmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va ko‘pollik qilgan. Ayol o‘zini vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini ekanligini aytib, hujjatlarini taqdim etmagan. Uning ukasidan hujjatlar talab qilinganida, u «Toshkent fuqarosiman» deya, hujjatlari yo‘qligini aytadi. Ushbu fuqarolarga tegishli chora ko‘rilib, avtoulov vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Poytaxt metrosining barcha liniyalari 30 avgustdan boshlab soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi. Shuningdek, metro yo‘nalishlarida kunning ayrim vaqtlarida poyezdlar qatnovi bo‘yicha yangi jadval joriy etiladi.
Bojxona qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi chegara posti orqali 96,9 kg giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilishga urinish holati aniqlandi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Dmitriy Bogdanov kosmosga yuk yetkazib beruvchi ExoLaunch kompaniyasiga asos solgan. 2020 yilda ExoLaunch Ilon Maskning Space X kompaniyasi hamkoriga aylandi. Kelgusida ExoLaunch Mars va Oyni kolonizatsiya qilish loyihalariga yordam berishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 500 million dollardan 2 milliard dollargacha baholanmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 846 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, chorshanba kuni 353 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
«Tolibon» nazoratiga o‘tgan Afg‘oniston iqtisodiyotining hajmi 20 mlrd AQSh dollariga teng. Noqonuniy afyun savdosi afg‘on iqtisodiyotida markaziy o‘rinni egallaydi. Mamlakat YAIMining taxminan 30% qismi, davlat xarajatlarining 75% qismi xalqaro grantlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Fermer va sotib oluvchi tashkilotlar, klasterlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar, fermer xo‘jaliklarining 180 mlrd so‘mdan ko‘proq qarzga botgani va boshqalar — Adliya vazirligi «Fermerga madad» aksiyasi doirasida fermerlar manfaatlariga eng ko‘p zarar yetkazayotgan holatlarni o‘rganmoqda. Vazirlik ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun bir qancha choralarni taklif qilmoqda.
Prezident farmoni bilan 30 dan ziyod hokim, qator davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari mukofotlandi. Ular orasida Toshkent shahri va poytaxtning bir nechta tumanlari, Jizzax viloyati va Jizzax shahri, Xorazm viloyati va uning tumanlari hokimlari hamda boshqalar bor.
Jazoirning Marokash bilan diplomatik aloqalarni uzayotgani, Yaponiyaning 8 ta prefekturasida favqulodda holat e’lon qilingani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangi qabul qilingan qonun va qarorlar, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilishi, reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari oqlanishi — “Gazeta.uz"ning 25 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Polsha prezidenti Anjey Duda telefon orqali muloqotda fuqarolarni O‘zbekiston hududi orqali evakatsiya qilishdagi ko‘mak uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e’tibor qaratildi.
6 ta jinoyat ishi bo‘yicha reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar qatag‘on qurbonlari oqlandi.
Hukumat qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish institutiga rektor etib tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ruminiya, Polsha, Tojikiston, Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting