Arxiv

Buyuk Britaniyada aniqlangan COVID-19 yangi shtammi hozirgacha 41 ta mamlakatga yetib borgan
6 yanvar 2021, 13:23

Buyuk Britaniyada aniqlangan COVID-19 yangi shtammi hozirgacha 41 ta mamlakatga yetib borgan

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi JSST xabariga ko‘ra, hozirda 41 ta mamlakat hududlarida aniqlangan. Biroq ushbu shtamm hozirda yagona emas, ilk bor Janubiy Afrikada aniqlangan yana bir shtamm ham hozirda 7 ta mamlakatga yetib borgan.

Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga hayfsan va qurilish vaziriga ogohlantirish berildi
6 yanvar 2021, 13:04

Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisiga hayfsan va qurilish vaziriga ogohlantirish berildi

Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari raisligidagi yig‘ilishdan keyin uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliiyev lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abduraxmon Abduvaliyevga hayfsan va qurilish vaziri Botir Zokirovga ogohlantirish berildi.

Gonkongda milliy xavfsizlik qonuni bo‘yicha 50 ga yaqin muxolifatchi hibsga olingan
6 yanvar 2021, 12:51

Gonkongda milliy xavfsizlik qonuni bo‘yicha 50 ga yaqin muxolifatchi hibsga olingan

Gonkongda 50 ga yaqin faollar va sobiq deputatlar milliy xavfsizlik qonunlarini buzganlikda gumon qilinib hibsga olingan. Hibsga olishlar oppozitsiyaning 2020 yil yozida demokratlar o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki saylovlari bilan bog‘liq.

Samarqanddagi tibbiy muassasalarda 7 mlrd so‘m talon-taroj qilinganligi aniqlandi
6 yanvar 2021, 12:36

Samarqanddagi tibbiy muassasalarda 7 mlrd so‘m talon-taroj qilinganligi aniqlandi

Samarqand viloyati tibbiyot muassalarida 7 mlrd so‘mlik talon-torojlik va suiste’molchiliklar aniqlandi. Bundan tashqari dori vositalariga 5,643 mlrd so‘mga qimmat narxlarda davlat xaridlari amalga oshirgan. Aniqlangan holatlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jahon banki 2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishini prognoz qildi
6 yanvar 2021, 11:42

Jahon banki 2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishini prognoz qildi

Jahon bankining prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM 2021 yil 4,3%ga, 2022 yilda 4,5% ga o‘sishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy o‘sish suratlari 3%gacha yetishi taxmin qilingan.

Vetnamda hukumatni tanqid qilgan jurnalistlar «hukumatga qarshi propaganda uchun» qamaldi
6 yanvar 2021, 11:38

Vetnamda hukumatni tanqid qilgan jurnalistlar «hukumatga qarshi propaganda uchun» qamaldi

Vetnamda uch nafar mustaqil jurnalist-blogerlarga bir kunlik sud jarayonida 11 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. Ular «davlat siyosatiga qarshi materiallar va ma’lumotlar tayyorlash, saqlash va tarqatishda» aybdor deb topildi.

Navoiydagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
6 yanvar 2021, 10:52

Navoiydagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Navoiy shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan fan olimpiadasiga o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayogan mashina YTHga uchradi. Hodisa oqibatida bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi vafot etdi.

Surxondaryo hokimligi sayti hujumga uchradi
6 yanvar 2021, 10:22

Surxondaryo hokimligi sayti hujumga uchradi

Surxondaryo viloyati hokimligi sayti xakerlar hujumiga uchradi. Xakerlar viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklanganligini aytmoqda.

«Hech kim qozoqlarga bunday katta hududni sovg‘a qilmagan» -Toqayev
6 yanvar 2021, 10:02

«Hech kim qozoqlarga bunday katta hududni sovg‘a qilmagan» -Toqayev

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning hududiy yaxlitligiga shubha bilan qaragan chet elliklarning provokatsiyalariga qarshi turishga chaqirdi.

1 yanvardan nimalar o‘zgardi?
5 yanvar 2021, 22:02

1 yanvardan nimalar o‘zgardi?

2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston qonunchiligidagi asosiy o‘zgarishlar va boshqa yangiliklar haqidagi umumiy ma’lumot tayyorlandi.

Navoiyda «Matiz» ag‘darilib ketdi, bir kishi vafot etdi
5 yanvar 2021, 17:38

Navoiyda «Matiz» ag‘darilib ketdi, bir kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida «Matiz» avtomashinasi cho‘l hududiga ag‘darilib, YTH sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida haydovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, yo‘lovchi sifatida ketayotgan 30 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Barcha ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar joriy etiladi
5 yanvar 2021, 17:15

Barcha ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar joriy etiladi

Bolalar bog‘chasi, maktab va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar joriy etiladi. Bunga xorijiy tashkilotlar ekspertlari jalb qilinadi. O‘quv materiallarini tayyorlash uchun esa yagona metodologik talablar ishlab chiqiladi.

Namanganda «Nexia» va «Cobalt» to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi
5 yanvar 2021, 16:57

Namanganda «Nexia» va «Cobalt» to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlandi

Namangan viloyatida «Nexia» va «Cobalt» avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv ro‘y berdi. YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlanib, turli tashxislar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Saudiya Arabistoni uch yillik blokadadan so‘ng Qatar bilan chegarani ochdi
5 yanvar 2021, 16:39

Saudiya Arabistoni uch yillik blokadadan so‘ng Qatar bilan chegarani ochdi

Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi 2017 yilda yopilgan chegaralar, shu jumladan, havo va dengiz chegaralari ochiladi.

Toshkentda Karimov davrida yopilgan yana bir yo‘l qayta ochilmoqda
5 yanvar 2021, 16:38

Toshkentda Karimov davrida yopilgan yana bir yo‘l qayta ochilmoqda

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent va Mustaqillik ko‘chalarini bog‘laydigan yo‘l oradan besh yil o‘tib qaytadan avtomobillar harakati uchun ochiladigan bo‘ldi. Bu yo‘l besh yil davomida avtoturargoh vazifasini bajarayotgan edi.

Jizzaxda 2 oylik chaqalog‘ini o‘ldirib qo‘ygan ota 5 yilga qamaldi
5 yanvar 2021, 16:15

Jizzaxda 2 oylik chaqalog‘ini o‘ldirib qo‘ygan ota 5 yilga qamaldi

Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, farzandini o‘ldirib qo‘ydi. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

2020 yilda chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar e’lon qilindi
5 yanvar 2021, 16:12

2020 yilda chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar e’lon qilindi

2020 yil bo‘yicha O‘zbekistondagi eng mashhur ismlar Soliha va Muhammadali bo‘ldi. Ushbu ismlar 2019 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘lgan edi.

Turkiyada o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlagan o‘zbekistonlik bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
5 yanvar 2021, 16:06

Turkiyada o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlagan o‘zbekistonlik bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

2 yanvar kuni Turkiyaning Izmir shahrida o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi 18 yoshda bo‘lganligi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, TIV 46 yoshli yana bir o‘zbekistonlik erkakning vafoti haqida ham haqida xabar berdi.

Jarimalar, yo‘l-transport hodisalari, yopilgan yo‘llar va boshqa ma’lumotlarni berib boradigan mobil ilova yaratildi
5 yanvar 2021, 15:30

Jarimalar, yo‘l-transport hodisalari, yopilgan yo‘llar va boshqa ma’lumotlarni berib boradigan mobil ilova yaratildi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha Road24 axborot tizimini joriy etmoqda. Tizim orqali yo‘llardagi hodisalar, vaqtincha yopilgan yo‘llar, yangi o‘rnatilgan yo‘l belgilari va avtojarimalar haqida ma’lumot olish mumkin.

Surxondaryoda piyodaning umriga zomin bo‘lib, yashiringan haydovchi topildi
5 yanvar 2021, 14:40

Surxondaryoda piyodaning umriga zomin bo‘lib, yashiringan haydovchi topildi

Surxondaryoda piyodaning vafotiga sababchi bo‘lib voqea joyidan qochib ketgan xaydovchi topildi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting