Arxiv

Sergelidagi ombor portlashida aybdor deb topilganlar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
12 oktabr 2024, 12:03

Sergelidagi ombor portlashida aybdor deb topilganlar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

2023-yilning sentabr oyida Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida sodir bo‘lgan portlashda aybdor deb topilgan 4 kishi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Ayollar sudda o‘z huquqlarini himoya qilishda ko‘pincha yetarli darajada yuridik yordam olmayapti — BMTTD
12 oktabr 2024, 10:28

Ayollar sudda o‘z huquqlarini himoya qilishda ko‘pincha yetarli darajada yuridik yordam olmayapti — BMTTD

BMTTD o‘tkazgan tadqiqotda ta’kidlanishicha, ota-onalik huquqidan mahrum qilish va ajrashishdan keyin uy-joyga bo‘lgan huquqlarni ta’minlashga oid sud ishlarida ayollar ko‘pincha advokatlarsiz o‘zlarini himoya qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa ular uchun qo‘shimcha moliyaviy va huquqiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

11-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 oktabr 2024, 22:56

11-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Turkmanistonda Maxtumquli forumida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekistonda eng ko‘p sotilayotgan mashinalar, ilk bor yevroobligatsiyalar chiqargan NKMK, 2025-yilda yakunlanadigan energotariflar islohotining asosiy bosqichi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Biz ikki ochko yo‘qotdik, lekin bu fojia emas”. Eldor Shomurodov — O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yini haqida
11 oktabr 2024, 22:40

“Biz ikki ochko yo‘qotdik, lekin bu fojia emas”. Eldor Shomurodov — O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Eronga qarshi o‘yin yomon o‘tmaganini ta’kidladi. “Umuman olganda, ikki ochko yo‘qotdik, lekin bu juda katastrofa deb ayta olmayman. Chunki guruhda birinchi o‘rinni saqlab qoldik”, — dedi u.

O‘zbekistonda Hyundai Rotem poyezdlari ishlab chiqarilishi mumkin
11 oktabr 2024, 22:27

O‘zbekistonda Hyundai Rotem poyezdlari ishlab chiqarilishi mumkin

Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Transport vazirligida bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Koreya kompaniyasi bilan “Toshkent-Xiva” tezyurar yo‘nalishi bo‘yicha oltita poyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan edi.

Namanganda AQSh ko‘magida organik mineral o‘g‘itlar zavodi ishga tushdi
11 oktabr 2024, 21:13

Namanganda AQSh ko‘magida organik mineral o‘g‘itlar zavodi ishga tushdi

Namangan viloyatida “Ifoda Agro Kimyo Himoya” korxonasi granulali organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi. Loyiha uchun USAID’ning o‘g‘itlardan samarali foydalanish jamg‘armasi 460 ming dollar miqdorida grant ajratdi.

O‘zbekiston elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni 2027−2028-yillarda yakunlashni rejalashtirmoqda — Jamshid Qo‘chqorov
11 oktabr 2024, 21:04

O‘zbekiston elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni 2027−2028-yillarda yakunlashni rejalashtirmoqda — Jamshid Qo‘chqorov

O‘zbekistonda elektr energiyasi ulgurji bozoriga 2027-yilda, gaz bozoriga esa 2028-yilda to‘liq o‘tish rejalashtirilgan, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. “Biz O‘zbekiston qazib olish bozoriga ko‘proq kompaniyalar kirishini istaymiz”, — ta’kidladi u.

NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?
11 oktabr 2024, 19:35

NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi.

“Adolat” targ‘ibot kampaniyasi o‘tkazmoqda: “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari”
11 oktabr 2024, 19:00

“Adolat” targ‘ibot kampaniyasi o‘tkazmoqda: “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari”

Saylov arafasida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan faol targ‘ibot kampaniyasini olib bormoqda.

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashdi
11 oktabr 2024, 18:41

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashdi

Ashxobod forumi doirasida O‘zbekiston va Eron prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Imtiyozli savdo bitimi mahsulotlari ro‘yxatini kengaytirish, kooperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

“Xudo xohlasa, 2025-yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi” — bosh vazir o‘rinbosari
11 oktabr 2024, 18:23

“Xudo xohlasa, 2025-yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi” — bosh vazir o‘rinbosari

2025-yilda elektr energiyasi va gaz tariflari islohotining asosiy bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda, dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ham aholi, ham korxonalar tomonidan energiya resurslaridan ratsional foydalanilishiga xizmat qiladi.

Toshkentda favqulodda chaqiruv tugmasi va multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi
11 oktabr 2024, 17:40

Toshkentda favqulodda chaqiruv tugmasi va multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi

Poytaxtda metall konstruksiyali avtobus bekatlari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Ular Wi-Fi, USB portlari, reklama bannerlari uchun ekranlar, favqulodda chaqiruv tugmalari va videokuzatuv kamerasi bilan jihozlanadi.

O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
11 oktabr 2024, 17:37

O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?

O‘zbekistonda yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 300 mingdan ziyod avtomobili sotildi. UzAuto Motors`ning bu bozordagi ulushi 89,4 foizni tashkil etmoqda. Mashinalari eng ko‘p sotilayotgan brendlar o‘rtasida Chevrolet`dan keyingi o‘rinlarni Kia, BYD va Chery egalladi.

Mirziyoyev Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi
11 oktabr 2024, 17:33

Mirziyoyev Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Unga Maxtumqulining o‘zbek tilidagi asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.

Toshkentda mushuk bolasini derazadan uloqtirgan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi
11 oktabr 2024, 17:30

Toshkentda mushuk bolasini derazadan uloqtirgan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi

Toshkentda yettinchi sinf o‘quvchilari ko‘z o‘ngida mushuk bolasini ikkinchi qavat derazasidan uloqtirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Maktab direktori “o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun” intizomiy jazoga tortildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (12−13-oktyabr)
11 oktabr 2024, 17:08

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (12−13-oktyabr)

Yettita kinopremyera, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, “Bravo” va Konsta konsertlari, fotoko‘rgazma, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda nutq so‘zladi
11 oktabr 2024, 17:03

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan forumda nutq so‘zladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. U turkman shoiri merosi sharq she’riyati va jahon adabiyotini boyitganini ta’kidladi. “Maxtumquli o‘zbek xalqi uchun ham g‘oyat ardoqli va suyukli siymo”, — dedi davlat rahbari.

Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
11 oktabr 2024, 16:32

Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Namangan musaffo iqlim” MCHJga 700 mingdan ortiq iste’molchiga 11 mlrd so‘mlik mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berdi.

Dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘adi
11 oktabr 2024, 15:30

Dam olish kunlari joylarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida, yakshanba kuni katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda u qorga aylanadi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +17…+25 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda 10 kunda 32 nafar “zakladchik” ushlandi
11 oktabr 2024, 15:19

Toshkentda 10 kunda 32 nafar “zakladchik” ushlandi

Toshkent shahrida oktabr oyi boshida 32 nafar giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatuvchi shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting