Arxiv

1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?
26 oktabr 2020, 21:11

1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Yangi tartiblar, oshirilayotgan maoshlar, keksalar uchun turizm oyligi, bekor bo‘layotgan imtiyozlar, mobil operatorlari uchun imtiyozlar — 1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Jahon yangiliklari dayjesti
26 oktabr 2020, 20:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiya prezidentining fransuz mahsulotlarini boykot qilishga chaqirig‘i, Isroilda COVID-19ga qarshi maxaliy vaksinaning sinovdan o‘tkazilishi, Teslaning o‘n minglab avtomobillarini qaytarib olishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Gaz qazib olish hajmining pasayishi byudjet tashkilotlarida ko‘mirga talabni oshirdi
26 oktabr 2020, 19:46

Gaz qazib olish hajmining pasayishi byudjet tashkilotlarida ko‘mirga talabni oshirdi

2020 yilda O‘zbekistonning byudjet tashkilotlariga 405,4 ming tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan 18,3 foizga ko‘proq ko‘mir yetkazib berildi. Bu gaz qazib olish hajmining qariyb 20 foizga pasayishi sababli yuz bermoqda.

9 oyda qariyb 20 ming oilaga darz ketdi
26 oktabr 2020, 19:14 1

9 oyda qariyb 20 ming oilaga darz ketdi

2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 970 ta bekor qilingan oilaning 49,8 foizi farzandsiz, 50,2 foizi esa bir va undan ko‘p farzandli hisoblanadi. Eng ko‘p ajralish holatlari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

Prezident elektr energiyasini raqobatli bozorga o‘tkazish bosqichlarini ishlab chiqishga topshiriq berdi
26 oktabr 2020, 19:05

Prezident elektr energiyasini raqobatli bozorga o‘tkazish bosqichlarini ishlab chiqishga topshiriq berdi

Prezident elektr energiyasi raqobatli bozoriga o‘tish bosqichlari va qoidalarini belgilovchi hujjat ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Hozirda investorlar bilan energiyani qat’iy narxlarda xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolanmoqda.

Amir Temur qabrining ochilishi — «O‘zarxiv» ba’zi fotosuratlarni e’lon qildi
26 oktabr 2020, 18:55

Amir Temur qabrining ochilishi — «O‘zarxiv» ba’zi fotosuratlarni e’lon qildi

«O‘zarxiv» agentligi Samarqand shahrida joylashgan Go‘ri Amir maqbarasidagi Amir Temur qabrining ochilishi aks etgan ba’zi fotosuratlarni e’lon qildi.

9 oy davomida O‘zbekistondan 1,6 mln fuqaro chet elga ketgan
26 oktabr 2020, 18:36

9 oy davomida O‘zbekistondan 1,6 mln fuqaro chet elga ketgan

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari soni 1,4 mln kishini, chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni esa 1,6 mln kishini tashkil etdi. Ushbu davrda chet elga ketganlarning 87,2 foizi o‘z qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida bo‘lgan.

Regbi bo‘yicha «Oltin Oval» kubogi noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi
26 oktabr 2020, 18:22

Regbi bo‘yicha «Oltin Oval» kubogi noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi

Regbi federatsiyasi raisi Sodiq Safoyev yil yakuniga qadar Toshkentda «Talabalar ligasi», Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda 3 ta yosh toifasida «Oltin Oval» kubogi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Mahalliy remdesivir dori vositasi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazildi. SSV 39 mingta dozasini sotib oldi
26 oktabr 2020, 17:05

Mahalliy remdesivir dori vositasi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazildi. SSV 39 mingta dozasini sotib oldi

Jurabek Laboratories remdesivir preparatini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kompaniyadan qariyb 12 milliard so‘mga 39 ming doza sotib oldi. «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kompaniya vakili ushbu dori qanday qilib ro‘yxatdan o‘tkazilgani, ularning umumiy dori vositasi nima uchun Amerikaning Gilead patent qonunchiligini buzmasligi va JSST remdesivirning samarasizligi haqida bayonot berganini so‘zlab berdi.

«Biz vaksinani olib kelishimiz kerak bo‘lsa, albatta sinovini o‘tkazishimiz kerak» — Ibrohim Abdurahmonov
26 oktabr 2020, 16:32

«Biz vaksinani olib kelishimiz kerak bo‘lsa, albatta sinovini o‘tkazishimiz kerak» — Ibrohim Abdurahmonov

Innovatsiyalar vazirligi rahbari Ibroxim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi haqida gapirar ekan, hech kim O‘zbekiston aholisidan «tajriba quyonchalari» yasamoqchi emasligini aytdi. Unga ko‘ra, preparatni qo‘llashdan oldin hamma narsani tekshirish kerak, va ko‘ngillilar kecha-kunduz shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi.

Bo‘ston tumani hokimi fermerlarni haqoratladi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi
26 oktabr 2020, 16:16

Bo‘ston tumani hokimi fermerlarni haqoratladi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni soya rejasini bajarmagani uchun haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi. Hokim yaqinda koronavirusdan davolanib chiqqani va stressda qattiqroq gapirib yuborganini aytdi. Viloyat hokimligi unga «ogohlantirish» berdi.

Chirchiq daryosi, Zangiota va Yangiyo‘ldan COVID shifoxonalariga tegishli chiqindilar topilgandi. SSV buni rad etdi
26 oktabr 2020, 14:42

Chirchiq daryosi, Zangiota va Yangiyo‘ldan COVID shifoxonalariga tegishli chiqindilar topilgandi. SSV buni rad etdi

Chirchiq daryosida, shuningdek, Yangiyol va Zangiota tumanlarida COVID shifoxonalariga tegishli chiqindilar topilgan. Bu hukumat bayonnomasiga muvofiq, tibbiy chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniya ishi to‘xtatilganidan bir necha hafta o‘tib sodir bo‘lmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa mazkur ma’lumotlarni rad etib, shifoxonalar hududidan chiqindilar chiqmaganini aytmoqda.

Qurolli Kuchlar Harbiy-tibbiyot akademiyasi ochiladi
26 oktabr 2020, 13:30

Qurolli Kuchlar Harbiy-tibbiyot akademiyasi ochiladi

Prezident farmoni bilan ToshTA huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti negizida ikki yillik majburiy o‘qitiladigan Harbiy-tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi.

Go‘sht narxi o‘sishining sabablari e’lon qilindi
26 oktabr 2020, 13:19

Go‘sht narxi o‘sishining sabablari e’lon qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi go‘sht narxining o‘zgarishiga uchta omil ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, yem-xashak bazasining mavsumiy kamayishi, Qozog‘istondan qoramol importining qisqarishi, avgust oyida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi go‘sht narxining o‘sishiga olib kelgan.

Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda
26 oktabr 2020, 13:17

Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2021 yil 1 martga qadar Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Tegishli prezident farmoni loyihasida o‘quv rejasini takomillashtirish, umumiy haftalik o‘quv yuklamasini kamaytirish va o‘zaro uzviy bog‘liq fanlarni birlashtirish ko‘zda tutilgan. OTMga kirish testlariga abituriyentlarning mantiqiy fikrlashi va talabalikka tayyor ekanini baholovchi kompetensiyaviy testlar kiritilishi mumkin.

«Bu kichik Sardoba» — Parkent tumani posyolkasidagi vayron bo‘lgan uylarning egalari
26 oktabr 2020, 13:05

«Bu kichik Sardoba» — Parkent tumani posyolkasidagi vayron bo‘lgan uylarning egalari

Parkent tumanidagi bir qator dala hovlilar joylashgan posyolkalarning birida 20 oktabr kuni suv sisternasi yorildi. «Gazeta.uz» muxbiri jabrlangan aholi va tuman hokimiyati bilan suhbatlashib, sisterna kimga tegishli ekanligi, dala hovli egalarining hozirda qanday ehtiyojlari borligi va ular nimaga suyanishlari mumkinligini o‘rgandi.

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi
26 oktabr 2020, 12:58

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha navbatdagi tinchlik sulhi ham kuchga kirishi bilanoq buzildi

Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha so‘nggi bir oy ichida tuzilgan ikkinchi tinchlik bitimi ham shu kunning o‘zidayoq buzildi. Soat 9:00 da Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Vashingtonda imzolangan yangi sulh kuchga kirgan edi. Bitim kuchga kirishi bilan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli kuchlari yana hujum qilganini e’lon qildi. Ikki mamlakat bitimni buzishda bir-birini ayblamoqda.

Dollarning rasmiy kursi arzonladi
26 oktabr 2020, 12:55

Dollarning rasmiy kursi arzonladi

Dollarning rasmiy kursi deyarli 12 so‘mga arzonladi va jami 10 359 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila sezildi
26 oktabr 2020, 12:37

O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila sezildi

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Yer osti silkinishlari kuchi Farg‘onada 4 ballni tashkil etdi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
26 oktabr 2020, 11:50

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Abdumannob Yo‘ldoshev O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting