Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Elvira Surabaldiyevaning xabar berishicha, mamlakatda COVID-19 bo‘yicha o‘lim holatlari aslida Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilayotgan rasmiy sonlardan anchagina ko‘proq.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga Fazliddin Umarov tayinlandi.
Sobiq Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlandi.
Sirdaryo aholisi orasida Tojikistonda Qayroqqum suv omborining yorilgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Natijada odamlar uylarini tark etishga harakat qilgan. FVV ushbu yolg‘on mish-mishlarni rad etdi. Aholini tinchlantirish uchun viloyat hokimi bir qator tumanlarga tashrif buyurdi.
Bektemir tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim bo‘ldi.
“Ералаш” bolalar kinojurnalining badiiy rahbari Boris Grachevskiy 71 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
Prezident Yunusobod tumani hokimi va Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonovni transport vaziriga o‘rinbosar etib tayinladi.
Xitoyda sakkiz oy ichida birinchi marta koronavirus bilan kasallangan bemorning o‘limi, AQSHning Teslani 158 mingta avtomobilni qaytarib olishga chaqirgani, Hindistonda sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun doirasida ilk bor shaxsning hibsga olinishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
2019 yildan buyon Nurafshon shahar hokimi bo‘lgan Qahramon Hakimov o‘z lavozimidan bo‘shatildi.
Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi Roman Sayfulin Fransiyaning Carrefour savdo tarmog‘i Compass va Samarqand Darvoza’dagi Makro supermarketlari o‘rnida ochilishi haqidagi bayonotni kutilmagan «sovg‘a» bo‘ldi deb atadi.
AQSH Vakillar palatasi AQSH hukumatiga qarshi «isyon qo‘zg‘atgani» uchun Donald Trampga impichment e’lon qildi. U AQSHning ikki marta impichment e’lon qilingan birinchi prezidentiga aylandi.
Qurilish vaziri Botir Zokirov Jizzaxda qulagan 6 qavatli uy masalasida ma’lumot bera turib, «To‘g‘ridan-to‘g‘ri korrupsion sxema», — deya ta’kidladi. U shuningdek, qulagan binoning orqasidagi ob’ekt ham omonat turganini, uni buzishga esa katta mablag‘ zarurligini qayd etdi. Jizzax viloyati hokimi esa binoni buzish xarajatlarini tadbirkorga to‘lattirishini aytgan.
Janubiy Koreya Oliy sudi korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblangan sobiq prezident Pak Kыn Xening hukmini o‘z kuchida qoldirdi. U 22 yilni qamoqda o‘tkazadi.
Prezident qarori bilan «Gold Step Invest» MCHJ direktori o‘rinbosari Davronjon Adilov qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Yanvar oyidan boshlab Toshkent shahridagi jamoat transportlarida transport kartalari joriy qilindi. Transport kartalarini qayerdan sotib olish, qanday to‘ldirish, ulardan foydalanish va transport kartasini sotib olmasdan transport uchun pul to‘lash mumkinmi — bu va boshqa savollarga javob beramiz.
Gvineyalik migrantning Bryussel politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan so‘ng bir soat o‘tib vafot etishi oqibatida shaharda namoyishlar boshlandi. Yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 112 kishi hibsga olindi, 6 kishi jarohat oldi.
O‘zbekistonda haddan tashqari dabdabali o‘tkaziladigan to‘ylari haqida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra xalq orasida katta to‘y qilish majburiyat va bir kunlik to‘y uchun yillab ishlash odatiy holga aylangan.
2020 yilda eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar oliy menedjment va axborot texnologiyalari sohalari bo‘lib, maksimal darajadagi oylik ish haki 30 mln so‘mga teng bo‘lgan. Eng kam oylik ish haqi ishchi xodimlar va sug‘urta sohasi ishchilariga to‘g‘ri kelgan — 700 ming so‘m.
O‘zbekiston bo‘yicha o‘lim statistikasi nima uchun e’lon qilinmayotganligi haqida SSV vaziri izoh berdi. Unga ko‘ra, statistika faqat rasmiy so‘rov bo‘lgandagina taqdim etiladi.
JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyning Vuxan shahriga kelib qo‘nishdi. 2019 yil dekabrida aynan ushbu shaharda ilk bor COVID-19 infeksiyasining tarqalishi kuzatilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting