Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» lavozimidan ozod etildi.
Chainalysis statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bitkoin egalarining taxminan 20 foizi o‘z hamyonlarining kalit so‘zlarini unutishgan, bu esa taxminan 140 mlrd dollar demakdir. Hamyonga kirish uchun o‘nta urinish beriladi, aks holda barcha mablag‘lar yo‘qoladi.
Estoniya hukumatining iste’fosi, AQSH vitse-prezidentining Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortgani, Germaniyada koronavirusning Janubiy Afrika shtammi topilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz” jahon yangiliklari dayjestida.
«Milliy tiklanish» DP fraksiyasi a’zolari tomonidan berilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga o‘zgartirishlar kiritish taklifi birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Bahrom Yusupov Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.
Muxolifatchi Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytayotgani haqida ma’lum qildi. U avgustdagi zaxarlanishdan so‘ng Germaniyada davolanayotgan edi. Ayni damda esa Rossiyada Navalniyga nisbatan firibgarlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi O‘zbekistonning ichki bozoriga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida qo‘shni mamlakatlardan elektr energiya import qilinmoqda. Uning bir qismigina Afg‘onistonga eksport qilinishini Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Ro‘ziboyev o‘z lavozimidan ozod etildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Saidkamol Xodjayev va Botirjon Sulaymonov o‘z lavozimidan ozod etildi. Ma’lumotga ko‘ra, Saidkamol Xodjayev boshqa ishga o‘tadi. Botirjon Sulaymonov esa Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qoladi.
Toshkent shahrida masofani saqlamaslik oqibatida 5 ta mashina bir biriga urilib, YTH sodir etdi. Hodisa natijasida ikki haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
AQSHda federal hukumat qaroriga ko‘ra 1953 yildan beri ilk bor ayol kishi qatl etildi. Jazo tanaga o‘lim in’eksiyasini yuborish orqali amalga oshirilgan.
Toshshahartransxizmat aholidan velosiped yo‘llarini rivojlantirish va velosiped almashishni rivojlantirish bo‘yicha takliflari bilan o‘rtoqlashishini so‘radi. Mamlakatda hukumat qarori bilan velosipedchilar uchun xavfsiz muhit yaratish, velosiped marshrutlarining milliy tarmog‘ini rivojlantirish, Fransiya tajribasini o‘rganish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Har qishda sayohatchi Sharof Egamberdiyev va uning jamoasi dunyoning turli burchaklaridagi to‘rt-besh ming metrlik yozgi ko‘tarilishlarga tayyorgarlik ko‘rishadi. Atrofni ko‘rishning umuman iloji yo‘qligiga, qor bo‘roni va kuchli sovuqqa qaramay, jamoa Toshkent viloyatidagi 3100 metrlik cho‘qqiga ko‘tarildi.
Toshkent shahrida filologiya,mamlakatshunoslik, xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti hamda biotibbiyot kabi yo‘nalisharni o‘z ichiga olgan Sankt-Peterburg universiteti filiali tashkil etilmoqda.
Avtomobil haydovchilari to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganligi uchun jarima miqdorini qisqartirish taklif etilmoqda. Takroran sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima qo‘llash normalari ham o‘zgartirilishi mumkin.
Co‘nggi 3 kunning o‘zida Telegram orqali butun dunyo bo‘ylab 25 mln foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi va faol foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshdi
Moliya vazirligiga ko‘ra, 2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan va bu miqdorning 168,8 mlrd so‘mi byudjetga qaytarilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan endilikda ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.
10 yanvar kuni Jizzax shahrida qulab tushgan bino yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyatida bir oilaning barcha a’zolari zaharlandi. Hodisa oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting