Dollarning rasmiy kursi 23 so‘mga qimmatladi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In mamlakatning barcha fuqarolari koronavirusga qarshi bepul emlanishini ma’lum qildi.
Jizzaxdagi ko‘p qavatli uy qulashining sabablarini o‘rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qiladi. Binoni “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ qurgani ma’lum bo‘ldi.
Namangan «Paxtaliko‘l» suv uzatish inshootida favqulodda nosozlik sodir bӯldi. Natijada viloyatning 10 dan ortiq mahallalari ichimlik suvi ta’minotidan uzildi.
Suv quvurlaridan birida yuzaga kelgan avariya Andijon shahri, Oltinko‘l va Andijon tumanining 20 dan ortiq mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatgan. Aholining ichimlik suvi ta’minoti 12 yanvar kuni tiklanishi rejalashtirilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi koronavirusga chalinishdan qo‘rqqan va uyida keksalar yoki surunkali kasallikka chalinganlar bo‘lgan o‘quvchilarga masofadan o‘qishda davom etishga ruxsat berdi. Avvalroq uchinchi chorakdan to‘liq an’anaviy ta’limga o‘tilishi xabar qilingan edi.
Buxoro shahrida asfalt mahsuloti yuklangan yuk mashinasi erkak ustiga ag‘darilib ketib, bosib qolgan. Mahalliy aholining ma’lum qilishiga ko‘ra, hodisa mazkur hududda qazish ishlari olib borilib, yo‘lning yuzasi faqat qo‘milgani va mo‘rt bo‘lib qolgani sababli yuzaga kelgan.
Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Sodir Japarov deyarli 80 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 81 foizdan ko‘prog‘i mamlakatdagi prezidentlik boshqaruv shakli uchun ovoz berdi.
To‘raqo‘rg‘on tumanida gaz quyish shoxobchasiga kirish uchun navbatda turgan «Damas»da yong‘in yuzaga keldi. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
10 yanvarda aviahalokatga uchragan Indoneziya Boeing 737−500 samolyoti kuchli turbulentlikka dech kelishi natijasida qulab tushgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda. Halokat hududida minus 70 darajali yomg‘ir bulutlari kuzatilgan.
Gaz shoxobchasida navbatda turgan 1952-yilda tug‘ilgan fuqaro “Jiguli” avtomashinasini surib, harakatlantirishga uringan vaqtida, to‘satdan yiqilib, vafot etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning mashinasi navbatda uzoq turgani bois muzlab qolgan deyishmoqda.
Jizzaxda qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushdi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Toshkentda “Elektron poliklinika” axborot tizimi joriy etilgan tibbiyot muassasalari soni 88 taga yetdi. Shu bilan birga, “Yagona tez tibbiy xizmat” tizimi yordamida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish vaqti ikki barobarga qisqargan.
O‘zgidromet bosh direktori Sherzod Habibullayev 2021-yildan gidrometeorologiya ma’lumotlarini sotib olish jarayoniga o‘tilishini ma’lum qildi. Qolaversa, xavfli zona va hududlarni kartada ko‘rsatuvchi yangi geoportal tizimi ishga tushirilishi aytildi.
Uchinchi chorakdan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkaziladi. Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning 90 foizdan ortig‘i allaqachon an’anaviy ta’limga qaytganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston import qiladigan 73 ta mahsulotga aksiz solig‘ining bekor qilinishi tadbirkorlar uchun teng sharoitlarni yaratishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, tovar narxlari vaqtincha arzonlashadi.
Hukumat qarori bilan Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra, “Ayollar daftari” kiritiladigan xotin-qizlar toifalari hamda ularga yordam ko‘rsatish tartibi va muddatlari belgilanmoqda.
2020-yilda O‘zbekistonga 1 mln 504 ming xorijiy turist tashrif buyurgan bo‘lsa, mahalliy 1 mln 800 ming fuqaroning sayyohati ta’minlangan. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 2020-yil natijalarini tahlil qilib, 2021-yildagi aniq rejalar haqida ma’lumot berdi.
Smart medical pharm va Billur Medical Trade 70 foizlik etil spirti hamda «Menovazin» mahsulotlarini noqonuniy yo‘llar bilan ishlab chiqarmoqda. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ular dori vositalarini ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan litsenziatlar reyestriga kiritilmagan.
Zira.uz hatto og‘ir ish kunidan keyin ham tayyorlasa bo‘ladigan oddiy issiq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting