Arxiv

O‘zbekistonliklarni Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilish uchun jo‘natishda ayblanayotgan shaxs qo‘lga olindi
2 dekabr 2020, 10:24

O‘zbekistonliklarni Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilish uchun jo‘natishda ayblanayotgan shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekiston fuqarolarini Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilish uchun jo‘natishda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

Gaz bosimi pasayishi sababli ikkita zavodda sement ishlab chiqarilishi to‘xtatildi
1 dekabr 2020, 23:51

Gaz bosimi pasayishi sababli ikkita zavodda sement ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

«Quvasoysement» va «Ohangaronsement» korxonalari gaz bosimi pasayishi tufayli sement ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi. Shu sababli, ishlab chiqaruvchilarning mahsuloti fond birja ro‘yxatiga olinmadi, bu esa narxlarning 5 foiz o‘sishiga olib keldi.

Surxondaryoda 52 ming tonna paxta qo‘shib yozilgani haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berildi
1 dekabr 2020, 23:38

Surxondaryoda 52 ming tonna paxta qo‘shib yozilgani haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berildi

Surxondaryoda paxta topshirish rejasiga amalda mavjud bo‘lmagan 21,3 foiz, ya’ni 52 ming tonna paxta qo‘shib yozilgan bo‘lishi mumkin. Viloyat prokuraturasi topshiriq profilaktik chora bo‘lgani, paxta mavsumi yakuni bo‘yicha qo‘shib yozish holatlari aniqlanmaganini ma’lum qildi

Noyabr oyida narxlar o‘rtacha 1,5 foizga o‘sdi
1 dekabr 2020, 19:24

Noyabr oyida narxlar o‘rtacha 1,5 foizga o‘sdi

Noyabr oyida inflyatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,9 foiz va xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi.

YPX xodimini kaltaklagan ikki sudya ishdan bo‘shatildi, ularning sherigiga xayfsan berildi
1 dekabr 2020, 19:12

YPX xodimini kaltaklagan ikki sudya ishdan bo‘shatildi, ularning sherigiga xayfsan berildi

Oktyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining uch nafar sudyasi poytaxtda mast holda YPX xodimini kaltaklagan edi. Ularning ikki nafari ishdan bo‘shatildi, yana bir nafariga xayfsan berildi. Oliy sud o‘tgan 11 oyda o‘zini munosib tutmagan 8 nafar sudyaning bo‘shatilgani, yana 27 nafariga intizomiy chora qo‘llanilganini ma’lum qildi.

Qozon shahridagi qurilish obyektida o‘zbekistonlik fuqaro yiqilib, vafot etdi — TIV
1 dekabr 2020, 19:06

Qozon shahridagi qurilish obyektida o‘zbekistonlik fuqaro yiqilib, vafot etdi — TIV

Qozon shahridagi qurilish obyektlaridan birida ishlagan o‘zbekistonlik erkak, ikkinchi qavatdan yiqilib vafot etgan. Bosh konsulxona tomonidan jasadni O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 dekabr 2020, 18:59

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada karantin choralari kuchaytirilgani, Eron parlamenti uranni boyitish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgani, dunyoda ehtiyojmand aholi soni 40 foizga ko‘paygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Samarqandda xotiniga «pampers» yedirgan erkak ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
1 dekabr 2020, 16:53

Samarqandda xotiniga «pampers» yedirgan erkak ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Xotinini kaltaklab, unga «pampers» yedirgan fuqaroga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

«O‘zbekistondagi AES uchun eng xavfsiz reaktor tanlangan» — energetika vaziri
1 dekabr 2020, 16:34

«O‘zbekistondagi AES uchun eng xavfsiz reaktor tanlangan» — energetika vaziri

Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekistonda quriladigan AES uchun tanlangan reaktor bugungi kun uchun eng xavfsiz ekanini ta’kidladi. U Chernobil va Fukusima atom stansiyalaridagi avariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda «eritmani ushlab turuvchi» qurilmasi mavjud yagona reaktor hisoblanadi.

Toshkent shahar ma’muriy sud sudyalari va xodimlari 8 mlrd so‘mni talon-taroj qilishdi
1 dekabr 2020, 16:04

Toshkent shahar ma’muriy sud sudyalari va xodimlari 8 mlrd so‘mni talon-taroj qilishdi

Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari va xodimlari shahar YHXB xodimlari bilan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqarib, 8 mlrd so‘m pul mablag‘larni talon-toroj qilishgan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

So‘nggi uch oyda birinchi marta COVID-19 holatlari pasaydi — JSST
1 dekabr 2020, 15:52

So‘nggi uch oyda birinchi marta COVID-19 holatlari pasaydi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti cyentyabr oyidan beri birinchi marta COVID-19 bilan kasallanganlar soni kamayganini qayd etdi. Tashkilot rahbari hushyorlikni yo‘qotmaslikka va kelayotgan bayramlarni tor doirada nishonlashga chaqirdi.

O‘zbekistondan Qozog‘istonga ilk marotaba eTIR orqali yuk jo‘natildi
1 dekabr 2020, 15:38

O‘zbekistondan Qozog‘istonga ilk marotaba eTIR orqali yuk jo‘natildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida eTIR (raqamli TIR) jarayoni asosida yuk tashishga oid tajriba amalga oshirildi. Toshkentdan maishiy elektr jihozlari ortilgan yuk mashinalari chegarani kesib o‘tdi, davlatlarning bojxona organlari esa tranzit kafolatlarini ko‘rib chiqdilar.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi
1 dekabr 2020, 15:27

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi. Mazkur unvon geologiya hamda bir qator yo‘nalishlardagi tajribali mutaxassislarga beriladi.

Moliya vazirligi yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi
1 dekabr 2020, 15:22

Moliya vazirligi yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi

2021 yilda yirik soliq to‘lovchilarining byudjet tushumlaridagi umumiy ulushi 47,3 foizni tashqil qilishi mumkin. Davlat daromadlaridagi eng katta tushum Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga to‘g‘ri kelib, 20,1 foizni tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga tarifsiz tovar eksport qilish uchun yangi imtiyozlar oldi
1 dekabr 2020, 15:21

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga tarifsiz tovar eksport qilish uchun yangi imtiyozlar oldi

Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimi plyus benefitsiar — mamlakati maqomini berish bo‘yicha muddatidan oldin ijobiy qaror qabul qildi. Bu mamlakatdan Yevropa Ittifoqiga tarifsiz eksport qilinadigan mahsulotlar sonini ikki baravarga ko‘paytirish imkonini beradi.

1 dekabrdan Toshkent shahar transport kartalari narxi 15 ming so‘m etib belgilandi
1 dekabr 2020, 13:49

1 dekabrdan Toshkent shahar transport kartalari narxi 15 ming so‘m etib belgilandi

1 dekabrdan Toshket shahar transport kartalari narxi 15 ming so‘m etib belgilandi. Karta narxi 10 ming so‘m, balansda esa 5 ming so‘m qoladi.

Abdulaziz Kamilov va Maykl Pompeo telefon orqali muloqot qildi
1 dekabr 2020, 12:58

Abdulaziz Kamilov va Maykl Pompeo telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo telefon orqali muloqot chog‘ida inson huquqlari sohasidagi islohotlar hamda amerikalik investor va eksportyorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Rossiya vaksinasi masalasida fikr almashishdi
1 dekabr 2020, 12:33

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Rossiya vaksinasi masalasida fikr almashishdi

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot davomida Rossiya vaksinasidan foydalanish masalasida fikr almashishdi.

20 million yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 millioni jamoat trasportidan foydalanmoqda — prezident
1 dekabr 2020, 12:21

20 million yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 millioni jamoat trasportidan foydalanmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev respublika bo‘yicha bor-yo‘g‘i 22 foiz aholining jamoat transportidan foydalanayotgani va avtobuslar sifati pastligini ta’kidladi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning narxi xorijnikiga nisbatan yuqori ekani ham qayd etildi.

O‘zbekiston 2020 yilda 3 mln tonnadan ortiq paxta yetishtirdi
1 dekabr 2020, 10:33

O‘zbekiston 2020 yilda 3 mln tonnadan ortiq paxta yetishtirdi

Joriy yilda O‘zbekistonda 1 mln gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 mln tonnadan ko‘proq yoki 2019 yilga nisbatan 109% paxta xom ashyosi yetishtirildi. Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Surxondaryo paxta rejasini to‘liq bajara olmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting