Respublikada ro‘yxatdan o‘tkazmasdan import qilinadigan hamda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori-darmon, biologik qo‘shimchalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Mamlakat bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar soni 1706 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning eng ko‘pi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
Maxsus transport vositalariga yo‘l berish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Prezident Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Chust tumanida joylashgan «Namangan» erkin iqtisodiy zonasida Xitoyning Shangan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi boshlandi. Jami 5,8 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qilinayotgan loyiha doirasida ishlab chiqarish jarayoni 2021 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.
Ukrainaning Lutsk shahrida qurollangan shaxs 20 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusni 12 soatga yaqin garovda ushlab turdi. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy bosqinchining talabini bajargandan so‘ng garovga olinganlar ozod etildi. Qurbonlar yo‘qligi tasdiqlandi.
Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi TARLON (4×4) rusumli yengil zirhli avtomobilning tajriba namunasini ishlab chiqardi. Avtomobil 9 kishini sig‘dirib, 7 dona o‘q otish tuynuklariga ega.
Deputat Rasul Kusherbayev monopolistlar inqiroz davrida «katta-katta mablag‘larga ega bo‘layotganligi»ga e’tibor qaratdi. Energetika vazirligi deputatning gaplariga e’tiroz bildirib, iste’mol bo‘yicha to‘lovlar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangach, davlat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar byudjetga qaytarilishini ma’lum qildi.
Gulistonda 2019 yilda tug‘ilgan qizini 17 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olindi.
Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslar BHMning 10 baravarigacha jarimaga tortiladi. Tegishli modda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida» gi kodeksiga kiritildi.
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Rossiyaning Novosibirsk shahridan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston umumiy hajmi 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qildi, bundan 3,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keldi. Investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya yetakchilik qildi. Iqtisodchi Behzod Xoshimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi XVJ prognozidan 4,2 barobar yuqori bo‘lganiga e’tibor qaratdi.
Koronavirus bemorlari soni 290 nafarga ortib, jami 18171 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Andijon, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Pandemiya davrini o‘z ichiga olgan yarim yil mobaynida O‘zbekistonda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvand vositalariing noqonuniy aylanishi, qo‘shmachilik, fohishaxona saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar soni oshdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi o‘n kunda 16 nafar rahbar ishdan bo‘shatilgan, «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasiga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbari tizimga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Namanganda «Xalq banki» xodimlari 11 kishini xabardor qilmasdan, ular nomiga 200 mln so‘m kredit ajratib, o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.
Deputat Rasul Kusherbayev UzAuto Motors kompaniyasini Damas larni «ot narxlarida» sotishda va koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq og‘ir ahvolga e’tibor bermaslikda aybladi. «O‘zavtosanoat» ning ta’kidlashicha, kompaniya xayriya maqsadida 37 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratgan. Lekin kompaniya deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan «Xayriya to‘g‘risida» gi qonun sababli xayriyaga undan ko‘proq sarflay olmasligini aytmoqda.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida aholi ekinlarini sug‘orish uchun suv kelmagani sababli Nukus-Toshkent magistral yo‘lini yopib qo‘ydi. Tuman hokimi va boshqa mutasaddilar voqea joyiga kelib, masala qisqa vaqtda ijobiy hal etildi.
Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori Ashur Qodirov va taniqli olim, akademik Sattor Tursunmuhammedov olam o‘tdi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan bemorlar soni 165 nafarga oshib, umumiy ko‘rsatkich 17 755 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining asosiy qismi — 104 tasi Toshkentda, 54 tasi esa Andijonda aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting