O‘zbekiston suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun Qozog‘istonga 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar jo‘natdi.
Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan qoraqalpog‘istonlik 596 nafar urush ishtirokchisiga, front ortida mehnat qilgan fuqarolarga esdalik medali topshiriladi.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun 2 mln dollar ajratdi. Mablag‘lar shoshilinch tibbiy operatsiyalar markazini tashkil etish maqsadida tegishli jihoz xarid qilish va trening o‘tkazishga ham sarflanadi.
Koronavirus bemorlari soni kun davomida yana 14 nafarga ortib, jami 2231 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda navbatdagi 55 nafar bemor butunlay sog‘aydi.
YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ombudsman idorasiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Ular pandemiya davrida jazoni ijro etish muassasalarida monitoring o‘tkazishda qo‘llaniladi.
“O‘zarxiv” agentligi Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan saytni ishga tushirdi.Unda urush qahramonlari haqidagi ma’lumotlar, askarlarning maktublari va bir qator muhim hujjatlar mavjud.
Xitoy-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan zilzila Farg‘ona vodiysida ham sezildi.
Epidemiologik vaziyatga ko‘ra Qashqadaryo “yashil”, Surxondaryo esa “sariq” hududga kiritildi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi. Unda 20 ta masala, shu jumladan 10 ta qonun ko‘rib chiqiladi. YeOII bilan hamkorlik masalasi ham muhokama qilinadi.
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga 13 mlrd dollar yoki YAIMning 8 foizdan ko‘prog‘i sarflanganini ma’lum qildi.
Navoiyda katta tezlikda harakatlangan Nexia-3 qizil chiroqdan o‘tib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urildi. Haydovchi hodisa joyida olamdan o‘tdi.
Jizzaxda sel oqimi tufayli 10 yasharli qiz halok bo‘ldi. U daladan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotganda sel kelib qolgan.
️Namangan va Samarqand “qizil” — yuqori xavfli hududga kiritildi. Ushbu viloyatlarda karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydi.
Koronavirus bemorlari soni 10 nafarga ortib, jami 2217 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 706 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
BAAning Sharja shahrida 48 qavatli osmono‘par binoda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Ko‘p qavatli bino va eng yaqin uylarda yashovchilar evakuatsiya qilindi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni jami 2207 taga yetdi. Kun davomida 18 ta yangi holat qo‘shildi.
Har bir tuman va shahar sanitariya-epidemiologik vaziyatga qarab “qizil”, “sariq” yoki “yashil” hududlarga ajratiladi.
Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi qo‘shni qozoq xalqiga ham ziyon yetkazganiga munosabat bildirdi. “Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz”, — dedi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi va suv toshqinlari aybdorlari, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob berishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting