Turkiyaning Kentsel Yenileme Merkezi A.S kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqildi. Toshkentning bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonda diniy erkinlik bo‘yicha amalga oshirilgan ijobiy qadamlarni olqishlab, 2005 yildan beri birinchi marta «diniy erkinlik sohasida alohida xavotirga molik davlatlar» qatoridan olib tashladi.
2020−2021 yillarda barcha qishloq va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlaridagi barcha xat hamda yuridik hujjatlar faqat pochta orqali yetkazib beriladi.
Xitoy hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan 100 mingta test-tizimi 29 aprel kuni O‘zbekistonga yetib keldi. Insonparvarlik yukining ikkinchi qismida tibbiy niqoblar, himoya kiyimlari va masofaviy termometrlar yetkaziladi.
DTM yangi o‘quv yilida abituriyentlar uchun test sinovlarida qo‘llaniladigan test sinovlari soddalashtirilishini xabar berdi. Chet tillari, biologiya, ona tili va adabiyot kabi fanlar bo‘yicha rasmli va chizmali test topshiriqlari kiritilsa, fizika va kimyo fanlaridan nazariy savollar soni oshiriladi.
Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 1955 kishini tashkil etmoqda.
28 aprel kuni Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga “kuzatuvchi” bo‘lib kirishi uchun ovoz berdi. Partiya fraksiyalari rahbarlari ushbu masalaga o‘z munosabatlarini bildirdi.
So‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan holda, bugun 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi.
Singapur texnologiya va dizayn universiteti olimlari dunyoda koronavirus pandemiyasi 2020 yilning noyabrida butunlay to‘xtashini prognoz qilmoqda. O‘zbekistonda esa bu muddat may oyiga to‘g‘ri kelmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vertolyotda Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlaridagi kuchli shamol yetkazgan zararlarni ko‘zdan kechirib, aholi vakillari bilan suhbatlashdi.
Buxoro viloyatida kuchli shamol jami 5293 ta, jumladan 3 ta madaniy meros, 12 ta tibbiyot muassasasi, 62 maktab, 43 ta bolalar bog‘chasi va boshqa ob’ektlarga zarar yetkazdi. Hodisadan 41 kishi jarohatlandi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi — dastlabki ma’lumotlar.
Toshkentda navbatdagi 25 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ulardan 21 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan va 4 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 934 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 kishiga oshib, jami 1939 nafarni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda navbatdagi 17 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘aydi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 909 nafarni tashkil etmoqda.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida kirishi uchun ovoz berdi.
Mudofaa vazirligi tomonidan hozirga qadar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga 2,143 mlrd so‘m o‘tkazib bergani ma’lum qilindi.
Buxoroda soniyasiga 25 metrgacha esgan kuchli shamol oqibatida jarohat olganlar soni 31 kishiga yetdi, bir kishi elektr simi uzilishi natijasida tok urib vafot etdi. Boshqa zararlar ham bor.
Dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlangan bemorlar soni jami 3 mlndan oshdi. AQSHda hozirgi paytga kelib ushbu infeksiya aniqlangan 988 ming bemor aniqlangan.
27 aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida gaz quvurlari va gaz ta’minoti tizimining boshqa ob’ektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlangan. 138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilgan.
Koronavirus bemorlari soni 20 nafarga ortib, jami 1924 kishini tashkil etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting