Karantin davrida nodavlat notijorat tashkilotlarning xorijlik xodimlari akkreditatsiya kartochkasining amal qilish muddati uzaytiriladi. Davlat mulkini ijaraga olgan NNTlar uchun ijara to‘lovi “nol” stavkada qo‘llaniladi.
Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan yana 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. Mamlakatda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 424 nafarga yetdi.
Ingka Group kompaniyasi karantindan keyin ko‘plab chaqaloqlar tug‘ilishini (bebi-bum) kutayotganligini, shu bois bolalar jihozlarini ishlab chiqarishga investitsiya kiritishini ma’lum qildi. Karantin davrida IKEA do‘konlaridan eng ko‘p xarid qilinayotgan mahsulotlar oshxona jihozlari ekanligi aytilgan.
“Ma'rifat” gazetasi muxbiri Sharifa Madrahimova oziq-ovqat yarmarkasida tasvirga olgani uchun Uchko‘prik tuman IIBda ushlab turilgani va telefonidagi videoyozuv o‘chirib tashlanganini ma’lum qildi. Jurnalist hokimlik e’lon qilgan oziq-ovqat narxlarini tekshirmoqchi bo‘lgan.
Xorazmda 35 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 407 kishiga yetdi.
Namanganda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tganlar soni 7 nafarga yetdi.
Telegram koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida 17 ta mamlakat hukumatlari bilan hamkorlikda rasmiy kanallarni tasdiqladi. Kompaniya asoschisi Pavel Durovning fikriga ko‘ra, texnologiya insoniyatga qanchalik foydali ekanligini isbotlash davri keldi. Messenjer axborot ta’minotidan tashqari, ta’lim muammolarini hal etishga ham hissa qo‘shishga harakat qilishini aytdi.
Rossiyada turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 fuqaroning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi.
Koronavirus pandemiyasi sababli yanvar-mart oylarida import hajmi 10 foizga, eksport esa 11 foizga qisqardi. Xitoy 2016 yildan beri ilk marotaba O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori pozitsiyasini yo‘qotdi. Uning o‘rnini tashqi savdo aylanmasidagi 16,9 foiz ulush bilan Rossiya egalladi.
2019 yil yakunlariga ko‘ra, dunyoning 55 davlatida 135 million kishi oziq-ovqat taqchilligidan aziyat chekmoqda. Koronavirus pandemiyasi vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin, deyiladi FAO hisobotida.
Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasida 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 372 nafarga yetdi.
Musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligi munosabati bilan Toshkentdagi ko‘chalardan biriga uning nomi beriladi. Pavel Benkov nomi esa Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga beriladi.
Prezident farmoni bilan propiska tizimi tubdan isloh qilinadi. Xususan, 1 apreldan Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda fuqarodan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish talab etilmaydi, poytaxtda ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati 15 kunga uzaytiriladi. Shuningdek, yagona «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Koronavirus bemorlari soni 14 nafarga ortib, jami 1692 kishini tashkil etmoqda.
Turkiyadagi to‘qimachilik kompaniyasi Qibray tumanidagi Invest Village shaharchasi loyihasiga 20 mln dollar sarmoya kiritmoqda. Investorga berilayotgan yer uchastkasi qishloq xo‘jaligi toifasidan aholi punkti toifasiga o‘tkaziladi.
Qozog‘iston Markaziy banki kompaniyalar uchun naqd pul yechishga cheklovlar joriy etdi. Qayd etilishicha, bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashga qaratilgan bo‘lib, operatsiyalar shaffofligini oshiradi va pul yuvishga to‘siq bo‘ladi.
Markaziy bank valyutada kredit olganlarning so‘m devalvatsiyasi natijasida ko‘radigan zararlarini qoplashni rejalashtirayotgani yo‘q. Valyutadagi kreditlar bo‘yicha xatarlarni qarz oluvchilarining o‘zlari mustaqil ravishda hisobga olishlari kerak, deya qayd etdi nazoratchi.
21 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi ikki kunga nisbatan qisqargan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 21 taga ko‘payib, jami 1678 taga yetdi.
Davlat soliq qo‘mitasi karantin davrida yirik soliq to‘lovchilarning transport vositalariga maxsus ruxsat beruvchi stikerlar berishni boshlaydi. Ruxsat beruvchi stiker olingan kundan boshlab 30 kun mobaynida harakatlanish huquqini beradi. Stikerlar faqat belgilangan yo‘nalish bo‘yicha, xizmat maqsadlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha transport vositasidan foydalanish uchun beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting