Abdulaziz Kamilov Dohada boshlagan Afg‘oniston tinchlik muzokarasida ishtirok etmoqda. Uning aytishicha, afg‘on muammosi mintaqa davlatlarining qayg‘usi. Vazir o‘rinbosari Ilhom Ne’matov muzokaradan so‘ng O‘zbekistonda uchrashuv tashkil etish bo‘yicha fikrini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yashnobod tumanidagi texnoparkka, jumladan «aqlli» gaz hisoblagich ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. Prezident korxona ishlab chiqarish bilan cheklanmay, ularni o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.
Beshta hududiy universitet negizida pedagogika institutlari tashkil etilmoqda. Bir qator pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim uch yilga qisqartiriladi.
Senat O‘zbekiston fuqaroligini olishning yangi tartib va talablarini ma’qulladi. Fuqarolikka qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida davlat tilini yetarli darajada bilish talabi joriy etildi.
Martning ilk kunlari quyoshli va iliq bo‘ladi — havo +23 darajagacha iliydi, biroq so‘ngra harorat pasayadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Turkiya armiyasi Idlibda o‘z harbiylarining halok bo‘lishi ortidan Suriya qo‘shinlari pozitsiyalariga javob zarbalarini berdi. Turkiyada mojarolar manzarasida ijtimoiy tarmoqlarga va YouTube videoxostingiga kirish cheklangan.
Sud Davlat test markazining «Gazeta.uz» va uning muallifi Komil Jalilovga qarshi sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini himoya qilish hamda 200 mln so‘m miqdorida ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirmadi.
Aholi kambag‘alligini tugatish senatorlar zimmasiga yuklatilgan bevosita vazifa hisoblanadi, deya fikr bildirdi Senat raisi Tanzila Norboyeva. Senat raisi yalpi majlis yig‘ilishida kirish nutq so‘zlab, ayrim masalalarga to‘xtaldi.
Uzbekistan Airways Toshkentdan Jidda va Madinaga parvozlarni to‘xtatdi. Yaqin vaqtlarda Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun bir qancha reyslar tashkillashtiriladi.
Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Furqat Mahmudxo‘jayev poytaxt hokimligi matbuot xizmati rahbari — hokimning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish va kasbga tayyorlash orqali kambag‘allikni kamaytirish choralari belgilandi. «Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12−15 foiz yoki 4−5 million aholimiz kambag‘al», — deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Xususiy maktablar o‘quvchilarining tashqi qiyofasiga qat’iy talablar qo‘yilishi bolalarning tanlash va o‘zini ifoda etish erkinligini cheklashga olib keladi, deb hisoblaydi «Yuksalish» Umumilliy harakati.
Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasida eski tramvay yo‘li o‘rnida 6,6 km masofada tezyurar avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Saudiya Arabistoni koronavirus tarqalishi tufayli ziyoratchilar uchun Makka va Madinaga kirishni to‘xtatdi.
Toshkentda 2,4 mlrd so‘mlik tovarlarni naqd pulga sotib, 471,7 mln so‘mlik QQSni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Seuldan kelgan yo‘lovchilar koronavirus sababli vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirildi.
Buxoro shahridagi savdo majmuasida yuzaga kelgan yong‘in natijasida 520 kv. m. maydondagi bino va mol-mulklarga zarar yetdi.
Prezident farmoni loyihasida 13 ta yirik davlat korxonasi, jumladan, «O‘zbektelekom», «O‘zavtosanoat», «Toshashahartransxizmat», «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqalarni isloh qilish taklif etilmoqda.
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida ikki kishi, jumladan, bir o‘spirin is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.
May oyidan boshlab Bo‘stonlik tumanida mototsikllar, paraplanlar, supa, so‘ri va boshqa dam olish ob’ektlari soliqqa tortiladi. Dacha va dam olish uylari esa maxsus guvohnoma asosida ijaraga beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting