Buyuk Britaniyaning uchta yirik shahrida parlament faoliyati 14 oktyabrga qadar to‘xtatilgani uchun ommaviy namoyishlar boshlandi.
O‘zbekiston ayollari uchun nikoh yoshi 17 yoshdan 18 yoshga oshirilmoqda. O‘zgarishlar 1 sentyabrdan kuchga kiradi.
Eron elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda.
Ma’muriy tartibda mehnatga jalb qilganlik uchun jarima miqdori 10 barobarga oshirildi. Prezident Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodini ma’qullandi.
Rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskis ikki oylik tanaffusdan so‘ng «Navbahor» bosh murabbiyi etib tayinlandi. U Deyan Jurjevichning o‘rnini egalladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, «Andijoncha spektakl» nomini qozongan voqeaning 6 nafar ishtirokchisi yangi uy bilan ta’minlandi.
Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan savdo majumasi binosining tom qismi kulab tushushi oqibatida 4 nafar ishchining vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Bir guruh jurnalistlar va blogerlar O‘zbekiston rahbariga daraxtlarning ommaviy kesilishi yuzasidan ochiq xat yozdilar. Matnni to‘liq holda chop etamiz.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Xitoyning CITIC korporatsiyasi ustav jamg‘armasi 1 mlrd dollarga teng investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risidagi farmoni imzolandi.
O‘zbekiston voleybolchilari Markaziy va Janubiy Osiyo chempionati finalida Qirg‘iziston jamoasiga mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Maktabga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tgan bolalarning birinchi guruhiga sertifikatlar topshirildi. MTV loyihani butun O‘zbekiston bo‘ylab joriy etishni rejalashtirmoqda.
Paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanish 5 foizni tashkil etadi. 2025 yilgacha bu ko‘rsatkichni 35 foizga oshirish mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xitoy Davlat taraqqiyot banki 500 million Xitoy yuani miqdorida kredit shartnomasini imzoladi.
«Forish» tog‘ poligonida 6 mutaxassislik bo‘yicha Mudofaa vazirligi miqyosida, Men g‘olib" shiori ostida o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari aniqlandi.
«Riviera» savdo majmuasi hududida temir konstruksiya qulashi oqibatida jarohatlangan ikki nafar kishi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Jizzax viloyatida professional va xavaskor musobaqalar uchun 200 gektar maydonda golf majmuasi quriladi.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va xufiyona iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish faktlarini aniqlashda yordam bergan shaxslarni moddiy rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting