O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov professional ringdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Ikkita chempionlik kamari uchun kurashda u ikki karra mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordga yutqazdi.
Andijonda erkak turmush o‘rtog‘i va qaynonasini temir jism bilan urib o‘ldirdi. Voqeaga o‘zaro janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
Avtomobil oldi-sotdisi sohasida firibgarlikda ayblanib, 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
Yakshanba kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida bokschilar Hasanboy Do‘smatov va Lazizbek Mullojonov final uchun jang qiladi. Yengil atletikachi Anvar Anvarov o‘z ishtirokini boshlasa, Safina Sadullayeva finalda qatnashadi. Olga Zabelinskaya va Yanina Kuskova veloshosse bo‘yicha guruh bahslarida kurash olib boradi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Uning faoliyatidan O‘zbekistonga yetkazilgan zarar 12 mlrd so‘m (salkam 1 million dollar)ga baholanmoqda.
Iyul oyida 801 ta holatda jami 234 mlrd 778 mln so‘mlik elektr va tabiiy gaz talon-toroj qilindi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 304 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
World Justice Project xalqaro nodavlat tashkilotining 2023-yilgi Huquq ustuvorligi indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 142 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi (2022-yilda ham shunday natija bo‘lgan).
2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi medallar uchun jangni davom ettirmoqda. 5 nafar bokschi esa musobaqadan chiqib ketdi. “Gazeta.uz” sportchilarning natijalari haqida ma’lumot beradi.
Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi (8500$), Xorazmda DUK mutaxassisi (3500$) va Savdo-sanoat palatasi bo‘limi xodimi, Qashqadaryoda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i v.b. (1500$), Samarqandda MCHJ mutaxassisi (1100$) hamda bojxona posti boshlig‘i (200$) korrupsiya va firibgarlikda gumonlanib ushlandi.
Qanot Sharq aviakompaniyasi Vengriya poytaxtining noyob milliy taomlari bilan tanishish va boy gastronomik madaniyatidan bahramand bo‘lish uchun Budapeshtga tashrif buyurishga taklif qiladi.
O‘zbekiston prezidenti huzurida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bo‘yicha davlat rahbari huzuridagi yuqori maslahat organi — Iqlim kengashi tuziladi.
Parij Olimpiadasining 8-kunida Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Navbahor Hamidova chorak final jangini o‘tkazadi. Velosportchi Nikita Svetkov guruh poygasida qatnashadi. Akademik eshkak eshishda Anna Prakaten B finalda o‘ynasa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekistonga nimchorak finalda Kanada raqib bo‘ladi.
Fuqaroga tarsaki tushirgani uchun jazolangan Chiroqchi hokimi, O‘zbekistonning Olimpiadadagi navbatdagi medali, elektromobillar importiga bojni “100 foiz” qo‘llashini aytgan SSP rahbari, Toshkentda quriladigan 20 ta yerusti piyodalar o‘tish joyi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Metan narxlari erkinlashtirilayotgani fonida Raqobat qo‘mitasi AGTKSHlardagi narxlarni monitoring qildi. Unga ko‘ra, narx cheklovi bekor qilingan bo‘lsa-da, ularning 71 foizi 3750 so‘m narxni saqlab qolgan, 25 foizi esa 200 so‘mgacha oshirgan. Narxlar keskin oshishiga sabab bo‘luvchi omillar yo‘q, deb yozdi qo‘mita.
Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi vaziyat tufayli fuqarolarga bir qator tavsiyalar berdi. Elchixona Isroilning ayrim hududlariga bormaslik, rasmiy xabarlarni kuzatib borish, ommaviy yig‘ilish va jamoat joylariga tashrif buyurmaslikni so‘radi.
Dzyudochi Alisher Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni mag‘lub etdi. Shunday qilib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida barchasi dzyudochilar tomonidan qo‘lga kiritilgan 1 ta oltin va 2 ta bronza medali mavjud.
Qashqadaryo hokimligi Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga tarsaki tushirgani aks etgan videoga munosabat bildirdi — u “intizomiy jazoga tortilgan” va “qat'iy ogohlantirilgan”. Tayinloviga bir yil ham to‘lmagan hokim bundan avval ham topshiriqlar ijrosidagi kamchiliklari uchun hayfsan olgandi.
13−18-avgust kunlari Samarqand shahrida Global Janub ayol rejissyorlari kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo, Falastin, Vetnam, Gruziya va Hindiston mualliflarining hujjatli va eksperimental qisqa metrajli va badiiy filmlari namoyish etiladi. Dasturda master-klasslar va ma’ruzalar ham mavjud.
Turkiya rasmiylari kutilmaganda Instagram`ga kirishni blokladi. Regulyator blokirovkaning sabablari va muddatini aytmadi. Mamlakatda ushbu platformaning 50 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting