Arxiv

BMT bosh kotibi O‘zbekistonga tashrifini boshladi
30 iyun 2024, 13:25

BMT bosh kotibi O‘zbekistonga tashrifini boshladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Uni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, qator sanoat va ijtimoiy soha obyektlarini ham borib ko‘rish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat va buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi
30 iyun 2024, 13:02

O‘zbekistonda ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat va buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi

Ommaviy tadbirlarda fuqarolarga reklama, aksiya ko‘rinishida oziq-ovqat va buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi. Qolaversa, haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish ham mumkin emas. Yangi qaror bo‘yicha nazoratni Milliy gvardiya va IIV amalga oshiradi.

Farg‘onada fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, video olgan bloger 5 sutkaga qamaldi
30 iyun 2024, 11:07

Farg‘onada fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, video olgan bloger 5 sutkaga qamaldi

Qo‘qon shahrida bloger fuqarolarga soxta to‘pponcha o‘qtalib, buni videoga oldi. Sud unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Bloger yil boshida ham avtomobil yo‘lida stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani uchun jarimaga tortilgandi.

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
30 iyun 2024, 10:34

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U mazkur lavozimda 2021-yildan buyon ishlab kelayotgandi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
30 iyun 2024, 10:19

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Yakshanbaga o‘tar kechasi Qamchiq dovonida Iveco yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, mashinalar ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Jurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limiga shifokorlar xatosi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin — ekspertiza
29 iyun 2024, 18:14

Jurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limiga shifokorlar xatosi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin — ekspertiza

Sentabr oyida teleboshlovchi Ramina Yagafarova Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida vafot etdi. Ekspertiza o‘lim sababi noto‘g‘ri davolash ekanligini ko‘rsatdi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortdi. Klinika uning singlisiga hujjatlarni topshirmagan va SSV oilaning so‘rovlariga javob bermagan.

Surxondaryo va Farg‘onada Tojikistondan olib kelingan qariyb 26 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi
29 iyun 2024, 17:14

Surxondaryo va Farg‘onada Tojikistondan olib kelingan qariyb 26 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi

DXX Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida Tojikistondan salkam 26 kilogramm giyohvandlik moddasini olib kelgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
29 iyun 2024, 15:11

O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 30-iyundan 1-iyulgacha Surxondaryo, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatining bir qancha tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shuningdek, yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
29 iyun 2024, 12:07

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi. Ular telefon muloqotida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdi.

Pana Hotel O‘zbekiston tog‘larida hashamatli dam olishni taklif qiladi
29 iyun 2024, 11:00

Pana Hotel O‘zbekiston tog‘larida hashamatli dam olishni taklif qiladi

Mehmonxona zamonaviy qulayliklarga ega turli toifadagi 20 ta xonani taklif etadi. Mehmonlar uchun yopiq va ochiq hovuzlar, spa, saunalar va shved stoli restorani mavjud.

“Fojia”. Bayden va Trampning birinchi debati qanday o‘tdi?
29 iyun 2024, 10:57

“Fojia”. Bayden va Trampning birinchi debati qanday o‘tdi?

AQShda Jo Bayden va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk saylovoldi debati bo‘lib o‘tdi. Nomzodlar iqtisod, Ukrainadagi urushni muhokama qilishdi va bir-birlarini “eng yomon prezidentlar” deb atashdi. Tomoshabinlar respublikachini tanlashini bildirdi, Baydenning “tushunarsiz” nutqi demokratlar orasida vahima uyg‘otdi.

BMT bosh kotibi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga tashrif buyuradi
29 iyun 2024, 09:26

BMT bosh kotibi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga tashrif buyuradi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish shanba kuni O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrifini boshlaydi. 4-iyul kuni u Ostonadagi SHHT sammitida nutq so‘zlaydi. BMT rahbari bundan avval 2017-yilda mintaqaga tashrif buyurgan.

DXX to‘g‘risidagi qonunga uning faoliyatida qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda
29 iyun 2024, 09:25

DXX to‘g‘risidagi qonunga uning faoliyatida qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tashkil etishning usullari, shakllari va maxsus vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uning faoliyatida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura nazorati predmetidan chiqarib tashlanishi rejalashtirilmoqda.

Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
28 iyun 2024, 23:45

Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgandi. Unga nisbatan JKning “Qiynash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

28-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
28 iyun 2024, 23:22

28-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Gaz eksporti bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy ma’lumotlaridagi tafovut, Haj vaqtida vafot etgan o‘zbekistonliklar, AES qurilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik eshituvi, Chorsu bozorida yuz bergan yirik yong‘in va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Buxorodagi bog‘chada erkak o‘g‘li bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urdi
28 iyun 2024, 23:18

Buxorodagi bog‘chada erkak o‘g‘li bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urdi

Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaro bog‘chada farzandi bilan janjallashgan 5 yoshli bolani urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga olib borildi, erkakka nisbatan tekshiruv boshlandi.

Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi
28 iyun 2024, 22:35

Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi

Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga urildi. Oqibatda avtobus ichidagi yo‘lovchilardan biri jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Texnikum bitiruvchilari o‘qishini OTMning ikkinchi yoki uchinchi kursidan davom ettirishi mumkin bo‘ladi
28 iyun 2024, 21:18

Texnikum bitiruvchilari o‘qishini OTMning ikkinchi yoki uchinchi kursidan davom ettirishi mumkin bo‘ladi

Texnikumlarni a’lo baholarga bitirganlar xalqaro klassifikatorga mos keluvchi diplom oladi. Ular oliygohda ikkinchi yoki uchinchi kursdan boshlab shartnoma asosida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi. Prezident maktablari agentligi huzurida Olimpiadalarga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

O‘zbekiston tashqi savdosining o‘sishi sekinlasha boshladi, gaz importi 4,2 barobar oshdi
28 iyun 2024, 20:46

O‘zbekiston tashqi savdosining o‘sishi sekinlasha boshladi, gaz importi 4,2 barobar oshdi

Yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 26,73 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘p. So‘nggi oylar dinamikasi o‘sish sekinlashganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, gaz importi keskin — 643,2 mln dollarga oshdi, oltin eksporti esa deyarli 4,2 mlrd dollarga yetdi.

“O‘zmilliybank” London fond birjasida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi
28 iyun 2024, 19:00

“O‘zmilliybank” London fond birjasida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi

London fond birjasida “O‘zmilliybank” 27-iyun kuni 411 mln AQSh dollari miqdoridagi obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting