O‘zbekistondagi hovli uylar joylashgan 208 ta mahallada tajriba tariqasida obodonlashtirish va kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil etiladi. Ularga to‘lov qilish uchun har oy 20 mln so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Prezidentga chorvachilikni rivojlantirishga doir takliflar berildi. AQSh hamkorligida parrandachilikka genetik texnologiyalarni joriy etish, parrandachilik korxonalarini 5 yilga yer solig‘idan ozod qilish, parranda go‘shti eksportiga ruxsat berish, aholini qorako‘l qo‘yi va echkilar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Deputat Doniyor G‘aniyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, birinchi navbatda, mamlakat o‘zini o‘z ichidagi turli lobbi guruhlaridan himoya qilishi uchun kerakligini aytdi. “Erkin savdodan yutadiganlar doim yutqazadiganlardan ko‘p bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Enter Engineering va Saneg xodimlari maosh oylab kechikayotgani haqida muntazam xabar beryapti. Maosh berilishini talab qilayotgan ishchilarning foto va videolari internetda ham bir necha bor tarqaldi. “Gazeta.uz” xodimlar bilan vaziyat va ularni bu kompaniyalarda nima ushlab turgani haqida gaplashdi.
Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi.
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov va mamlakat sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoyguni hibsga olishga order berdi. Ular harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumonlanmoqda. Order uchun Ukrainadagi fuqarolik obyektlariga berilgan zarbalar asos bo‘lgan.
O‘zbekiston fuqarolari Hamster Kombat va shunga o‘xshash o‘yinlarda tangalarni qonuniy ravishda sotib olishlari va sotishlari mumkinmi, bunday o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi, to‘plangan tangalar kriptoaktiv sanaladimi? ILMA mazkur savollarga javob berdi.
O‘zbekistonda 1-sentabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. Shuningdek, ushbu maktablarda ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.
WikiLeaks asoschisi Julian Assanj so‘nggi 5 yilini o‘tkazgan Britaniya qamoqxonasidan garov evaziga ozod qilindi. AQSh rasmiylari bilan kelishuv doirasida u josuslik ayblovlaridan biri bo‘yicha aybini tan oldi. Buning evaziga u Britaniyadagi qamoqda o‘tagan vaqtga teng muddatga qamaladi va ozod qilinadi.
O‘zbekistonda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Davaktiv BAAning Bond Investments limited LLC kompaniyasi bilan “Poytaxt bank” ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalar paketini 10 mln dollarga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. To‘lov biryo‘la amalga oshiriladi.
Deputatlar chet el fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lishini nomaqbul deb topish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, adovat qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi nutq va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.
Farg‘onada 1300 AQSh dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Shuningdek, Navoiy va Samarqandda ham shunday jinoyat bilan uch kishi qo‘lga olindi.
O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikatda yuqori ball (A va A+) to‘plagan 14−30 yosh oralig‘idagi fuqarolarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi mumkin. Bu bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi. Mablag‘ Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi tarixiy yodgorliklar qisman buzilib, o‘rniga uy-joy, hojatxona, hammom, issiqxona va mobil kompaniya antennasi qurilgani aniqlandi. Oqibatda 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan
Tunda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 ta savdo do‘konidagi buyum va kiyim-kechaklar zararlandi. 5 ta tuman FVBdan yetib kelgan jami 9 ta ekipaj yong‘inni 1,5 soatda o‘chirdi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS bilan G‘azodagi shiddatli janglar yakunlanayotganini aytdi, biroq guruh yo‘q qilinmaguncha urushni davom ettirishga va’da berdi. Isroil qo‘shinlarining bir qismini “Hizbulloh” bilan tez-tez janglar sodir bo‘layotgan Livan bilan chegaraga yuborishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Dog‘istondagi terakt yuzasidan hamdardlik maktubi, Toshkentda ilk bora ochilgan Mo‘g‘uliston elchixonasi, Britaniya muzeyida namoyish etiladigan O‘zbekiston ko‘rgazmasi, Bo‘stonliqdagi oromgohda dam oladigan rossiyalik bolalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘qon shahrida fuqaro IIB xodimlari va mahalla vakillari ishtirokida qonunga zid ravishda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani aniqlandi. U uch kun ko‘rikdan o‘tkazilgach, sog‘lom ekani ma’lum bo‘lgan va uyiga javob berilgan.
Mo‘g‘uliston prezidenti, shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri va TIV rahbari ishtirokida Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasi ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting