Vengriyada O‘zbekistondan kelgan atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash boshlandi, dedi Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi rahbari Peter Siyyarto. Shuningdek, u qo‘shma fond hajmini 50 milliondan 150 million yevrogacha oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Viloyatlarda yuz bergan toshqinlar, issiqxona xo‘jaliklari uchun imtiyozlar, ipak olishning Xitoy tajribasi, bog‘cha to‘lovi oshirilganining sabablari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ikki viloyatida charm klasterlarini tashkil etish, zotli chorva mollarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, pillaning xarid narxini oshirish va charm sanoati hamda ipakchilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni ma’lum qildi.
Prezident O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va uning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha milliy dastur bilan tanishdi. Unda 1 mln gektar agroekologik landshaft va degradatsiyaga uchragan yaylovlar holatini yaxshilash, himoya o‘rmon zonalarini yaratish va boshqa chora-tadbirlar bor.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimi kaltaklandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
10-may kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel-suv toshqinlari yuz berdi. Avtomobil yo‘llari, ekin maydonlarini suv bosdi, daraxtlar quladi. Jala tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. “Gazeta.uz” yog‘ingarchilik va u yetkazgan talafot aks etgan videolarni havola etadi.
Issiqxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirish uchun ularga ma’lum mutaxassislarni yollash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini va ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizigacha qismini qoplash taklif etilmoqda.
Maktabgacha ta’lim agentligi davlat bog‘chalarida to‘lovlar oshirilayotganini izohlab, tariflar 3 yildan beri o‘zgarmagani, shu bilan bir vaqtda, oziq-ovqat, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlar oshganini ta’kidladi. Bundan ovqatlantirishning sifatini yaxshilash ham maqsad qilingan, deydi agentlik vakili.
“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Aprel oyida o‘zbek YouTube’da ikkita katta burilish bo‘ldi, tanaffusga chiqqanlar qaytdi va, har doimgidek, yangi loyihalar ham paydo bo‘ldi.
5-may kuni Next savdo markazida Honor of Kings kibersport yo‘nalishi bo‘yicha turnir finali bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqaning barcha ishtirokchilariga yangi Infinix Note 40 Pro smartfonlari sovg‘a qilindi.
Oltita kinopremyera, kofe va choy festivali, Ozoda Nursaidova konserti, art-bozor, kaktuslar ko’rgazmasi, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Yerevanda fuqarolik itoatsizligi aksiyalari boshlandi. Namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Ozarbayjonga hududiy yon berishlariga qarshi chiqmoqda.
Hukumat Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. U Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va gaz bozorini tartibga solish bo‘yicha funksiyalarga ega bo‘lmaydi.
Toyloq tumanida 15 yoshli qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 18 yoshli yigitdan farzand ko‘rdi. Holat yuzasidan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda Xitoyda bo‘lgani kabi kanakunjut qurtini parvarishlab, undan ipak olish usuli yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, sinov ishlarini boshlashni topshirdi.
2024-yilning yanvar-mart oylarida 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat migratsiyasidan qaytib keldi. Yil oxirigacha yana 250−300 ming nafar o‘zbekistonlik mamlakatga qaytishi prognoz qilinmoqda. Prezident qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriq berdi.
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda “Sayxunobod tajribasi” doirasidagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olingani ma’lum qilindi. Shuningdek, mazkur tajriba orqali aprel oyida 365 ming aholi bandligi ta’minlangani bildirildi.
“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023-yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan.
Xitoyning Universal Energy kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini quradi.
O‘zbekiston hududlarida uy-joylarni sinov tariqasida renovatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Misol tariqasida Toshkentning Oqtepa massividagi loyiha keltirilgan. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni iyun oxirigacha ishlab chiqish belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting