O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha aprel oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi. Havoning o‘rtacha harorati 1−2 daraja iliq, respublika janubida esa me’yordan 3−5 daraja yuqori bo‘ldi.
O‘zbekiston OTMlarida magistratura va doktoranturaga qabul qilishda ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. Bir qancha sohalarda esa sertifikat talabi bir pog‘ona — B1 darajasiga tushiriladi.
Davlat OTMlarida grant asosida o‘qigan talabalarning o‘qishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartiriladi, sirtqi ta’lim kvotasi kunduzgi ta’limga ajratilgan miqdordan oshmaydi.
Andijondan Qirg‘izistonga o‘tuvchi chegara postlarida jami salkam 1,4 kg oltindan iborat buyum va qotishmalarni noqonuniy olib chiqib ketishga uringanlar ushlandi.
Universitetlarga kirish imtihonlaridan minimal o‘tish ballari 56,7 balldan 75,6 ballgacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun esa 94,5 ball etib belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrifidan so‘ng Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi.
Jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi fonida aprel oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 35,1 mlrd dollarga yetdi. Zaxiradagi qimmatbaho metallning fizik hajmi 1,24 tonnaga kamaydi va 2022-yilning may oyidan buyon minimal darajada bo‘lib qolmoqda.
Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi.
Istanbul shahrida odam savdosi va firibgarlikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U odamlarni AQShga yuborishni va’da qilib, ularning pullarini olib, ularni o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.
Xitoy raisi Si Szinpin Fransiyaga tashrifi davomida mamlakatning Rossiya bilan yaqin aloqada ekani bo‘yicha e’tirozlarni rad etdi. “Xitoy bu inqirozning sababchisi ham, tomoni ham, ishtirokchisi ham emas. Lekin biz kuzatuvchi ham emasmiz, tinchlikka erishish uchun doimo faol harakat qilganmiz”, — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Unga, shuningdek, Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan majmua loyihasi taqdimot qilindi. Foto.
Dehlidan Chikagoga uchgan Air India samolyoti 86 yoshli yo‘lovchi yurak xurujiga uchragani sababli Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketildi.
Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda bojxona xodimlari tomonidan ushlandi. Ularga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.
AQSh aviatsiya regulyatori 787 Dreamliner samolyotini sinovdan o‘tkazishda hujjatlarni qalbakilashtirish ehtimoli tufayli Boeing kompaniyasiga nisbatan yangi tergov boshladi. Kompaniya qoidabuzarliklarni tasdiqladi, biroq parvozlar xavfsizligiga tahdid yo‘qligini ma’lum qildi.
Urush qatnashchilari uchun 20 mln so‘m mukofot, Davlat grantini taqsimlash bo‘yicha yangicha tartib, O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga doir milliy rejasi, Oliy sudda oqlangan qatag‘on qurbonlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Stenford universiteti olimlari gaz plitalaridan foydalanish xavfli miqdordagi azot dioksidi chiqarishini aniqladi, bu bolalarda astma, kattalarda esa erta o‘limga olib kelishi mumkin. Kichikroq yashash joylarida ifloslanish darajasi yuqori bo‘ladi.
8-may kuni Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona yurishi bo‘lib o‘tadi. Harbiy xizmatchilar G‘alaba bog‘idan Magic City parkigacha harakatlanadi. Poytaxtning bir qator ko‘chalari transportlar uchun yopiladi (xarita).
Prezident 8−9-may kunlari Rossiyaga tashrifi chog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlardan tashqari, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining majlisida ham ishtirok etadi.
UzAuto Motors 8-may kuni soat 10:00 da avvalgi shartnomalardan chiqarilgan Gentra, Damas va Labo uchun kontraktatsiyani ochadi. Gentra`larni (4500 ta) shu zahoti olib ketish mumkin bo‘ladi. Kompaniya, shuningdek, Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqara boshlashini ma’lum qildi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 10,11,12-may kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq poytaxtdan Qarshiga ham 8, 9-mayda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi bo‘lishi xabar qilingandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting