Arxiv

Isroil hukumati HAMAS bilan kelishuv imzolanganini tasdiqladi
17 yanvar 2025, 13:20

Isroil hukumati HAMAS bilan kelishuv imzolanganini tasdiqladi

Isroil bosh vaziri ofisi Isroil va HAMASning muzokara guruhlari kelishuv imzolaganini rasman tasdiqladi. Endi uni Isroil hukumati tasdiqlashi kerak. Bitimning kuchga kirishi 19-yanvardan 20-yanvarga qoldiriladi.

“O‘tmish sarqiti”. AQSh davlat kotibligiga nomzod — O‘zbekiston va MOning boshqa davlatlariga qarshi “Jekson-Venik” tuzatishi haqida
17 yanvar 2025, 12:37

“O‘tmish sarqiti”. AQSh davlat kotibligiga nomzod — O‘zbekiston va MOning boshqa davlatlariga qarshi “Jekson-Venik” tuzatishi haqida

AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod Marko Rubio Jekson-Venikning Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga kiritgan tuzatishini “o‘tmish sarqiti” deb atadi. Senatorning tuzatishlarni bekor qilish haqidagi savoliga javoban u ham buni muhim deb hisoblashini ta’kidladi.

Naqd pulsiz to‘lovga o‘tilgandan so‘ng Toshkent jamoat transportini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?
17 yanvar 2025, 11:52 1

Naqd pulsiz to‘lovga o‘tilgandan so‘ng Toshkent jamoat transportini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Toshkent avtobuslarida naqd pulsiz to‘lov tizimiga o‘tish yo‘lovchilarning haqiqiy sonini ko‘rish imkonini beradi. Olingan ma’lumotlar asosida poytaxt yo‘nalishlarni optimallashtirish va tariflarni joriy etish mumkin bo‘ladi, deya ta’kidladi TSHTX va Transport boshqarmasi mas’ullari.

Ijtimoiy karta nima va u kimlarga beriladi?
17 yanvar 2025, 10:41

Ijtimoiy karta nima va u kimlarga beriladi?

Ijtimoiy karta 2024-yilning dekabr oyidan boshlab yangi tayinlangan 9 turdagi ijtimoiy to‘lovlar oluvchi shaxslarga taqdim etilmoqda. Hozirda u tajriba sifatida Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida joriy etildi. Ijtimoiy himoya agentligi karta nima maqsadda va kimlarga berilishi haqida ma’lumot berdi.

Toshkentda hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi
17 yanvar 2025, 10:13

Toshkentda hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Uchtepa tumanining avval ham uch marta sudlangan hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. U tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tanishlari orqali yer maydoni olib berishni va’da qilgan.

Toshkentda 4 nafar egizak tug‘ildi
17 yanvar 2025, 09:40

Toshkentda 4 nafar egizak tug‘ildi

Toshkentda ayol 4 nafar egizak (2 o‘g‘il, 2 qiz) farzandli bo‘ldi. Ularga Muhammad, Mustafo, Sumaya va Safiya ismlari qo‘yildi.

Markaziy bank 100 grammlik oltin quymalarni sotuvga chiqaradi
17 yanvar 2025, 09:30

Markaziy bank 100 grammlik oltin quymalarni sotuvga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari orqali og‘irligi 100 gramm bo‘lgan oltin quymalar ham sotuvga chiqarilishini ma’lum qildi. Bungacha xaridorlarga 5, 10, 20, 50 grammlik quymalar taklif etilayotgandi. Regulyator bu aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini yanada oshirishini kutmoqda.

Ankhor Invest Toshkent metallurgiya zavodining hammuassisiga aylandi
17 yanvar 2025, 09:26

Ankhor Invest Toshkent metallurgiya zavodining hammuassisiga aylandi

Ankhor Invest Toshkent metallurgiya zavodi aksiyalarining nazorat paketi egasiga aylandi. 2025-yil oxirigacha 2023-yilda kiprlik ta’sischilarning “harakatsizligi” tufayli bankrotlik xavfi ostida qolgan TMZdagi davlat ulushini sotish rejalashtirilmoqda.

16-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
16 yanvar 2025, 23:43

16-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekiston bozorini o‘rganayotgan Bolt, 6,5 foizga o‘sgan YIM, kamchiliklari sabab yopilgan Qarshidagi IIB hibsxonasi, “Tashabbusli budjet"ni moliyalashtirishda yangicha qoida va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent sotib olish rejalashtirilayotgan 1000 ta avtobusni qanday tasarruf qiladi?
16 yanvar 2025, 23:27

Toshkent sotib olish rejalashtirilayotgan 1000 ta avtobusni qanday tasarruf qiladi?

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkentga yana 1000 ta avtobus kelishini aytgandi. Poytaxt transport boshqarmasi boshlig‘i shaharda avtobuslarga bo‘lgan ehtiyoj, yangi mashinalar qaysi yo‘nalishlarga berilishi va ularning kelishiga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligini tushuntirib berdi.

“Peshexod”dan o‘tayotgan qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga qamaldi
16 yanvar 2025, 22:57

“Peshexod”dan o‘tayotgan qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga qamaldi

Sentabrda chorrahada piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga (maksimal 7 yildan) qamaldi. YTH vaqtida u 112,7 km/s tezlikda harakatlanib, yana qator qoidabuzarliklarni sodir etgan. O‘g‘irlik uchun o‘talmagan jazo muddati inobatga olindi va u 6 yil 24 sutkani koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi.

O‘zbekistonga yangi telefon olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish shart
16 yanvar 2025, 21:49 2

O‘zbekistonga yangi telefon olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish shart

O‘zbekistonga yangi mobil qurilma olib kirishda endi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish kerak, aks holda qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Yangi talab 2024-yil boshidayoq joriy qilingandi. Bojxona organlari va UzIMEI oktabr oyida tizimli integratsiyani yakunladi.

Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yilga mo‘ljallangan sheriklik bitimini imzoladi
16 yanvar 2025, 19:39

Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yilga mo‘ljallangan sheriklik bitimini imzoladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina bilan 100 yilga mo‘ljallangan sheriklik bitimini imzoladi. U siyosiy hamkorlik, erkin savdo, strategik sheriklik, Ukrainaning NATOga a’zoligi bo‘yicha konsensusga erishish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Synergy PharmCo Gricar Chemical SRL Italiya farmatsevtika zavodi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
16 yanvar 2025, 19:00

Synergy PharmCo Gricar Chemical SRL Italiya farmatsevtika zavodi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekistonda biologik faol qo‘shimchalarning yetakchi distribyutorlaridan biri Synergy PharmCo Italiyaning Gricar Chemical SRL zavodi bilan hamkorlikni mustahkamlab, sifat standartlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

AQSh Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi
16 yanvar 2025, 18:28

AQSh Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Rossiyaga nisbatan savdo cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam bergani uchun AQSh hukumati Qirg‘izistonning “Keremet Bank”iga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu Amerika sanksiyalari ostida qolgan Markaziy Osiyodagi birinchi bankdir.

“Yanvarda bu amaliyotni qo‘llamaymiz”. Transport boshqarmasi — chiptasiz yo‘lovchilarni jarimaga tortish haqida
16 yanvar 2025, 18:16

“Yanvarda bu amaliyotni qo‘llamaymiz”. Transport boshqarmasi — chiptasiz yo‘lovchilarni jarimaga tortish haqida

Rasmiylar Toshkentdagi jamoat avtobuslarida chiptasiz yurganlarni jarimaga tortish amaliyoti yo‘lovchilarga sharoit yaratmaguncha qo‘llanmasligini ma’lum qildi. Avtobus chiptachilari esa tizimdagi boshqa ishlarga taklif qilinmoqda, talabga mos kelmaganlarga kompensatsiya to‘lanib, ish o‘rni qisqartirilmoqda.

OKMK, NKMK, “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” yevrobondlar joylashtiradi
16 yanvar 2025, 17:35

OKMK, NKMK, “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” yevrobondlar joylashtiradi

2025-yilda OKMK 1 mlrd dollarlik, NKMK 500 mln dollarlik, “Navoiyuran” va “O‘zmetkombinat” esa 300 mln dollarlik yevrobondlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xalqaro reytingga ega bo‘lishi va tashqi bozordan mablag‘ jalb qilishi kerak.

Yangiyo‘l tumanida fuqarolarga tajriba tarzida ijtimoiy karta berila boshlandi
16 yanvar 2025, 16:35

Yangiyo‘l tumanida fuqarolarga tajriba tarzida ijtimoiy karta berila boshlandi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tajriba tariqasida ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolarga ijtimoiy karta berila boshlandi. Loyiha 2025-yil yakunigacha butun respublika bo‘ylab tatbiq etiladi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishdan olindi
16 yanvar 2025, 15:28

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishdan olindi

2022-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Akmaljon Mahmudaliyev prezident yig‘ilishida ishdan olindi. U hududda investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kabilarda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. Yana 16 hokimga hayfsan e’lon qilindi.

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet” loyihalari hududlardagi aholi sonidan kelib chiqib moliyalashtiriladi
16 yanvar 2025, 15:19

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet” loyihalari hududlardagi aholi sonidan kelib chiqib moliyalashtiriladi

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet” doirasida har bir tuman va shahar budjetidan kamida 10 ta va ko‘pi bilan 30 ta loyihani moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratiladi. Agar loyihalar soni 10 tadan oshsa, mablag‘lar aholi soniga qarab taqsimlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting