Arxiv

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksionida 7 kunlik kompaniya g‘olib chiqdi
13 sentabr 2023, 19:48

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksionida 7 kunlik kompaniya g‘olib chiqdi

Toshkentda harbiy gospital yaqinidagi yer uchastkasi auksion savdosiga yetti kun qolganida ro‘yxatdan o‘tgan Smart Fast Story tomonidan sotib olindi. 1 gektar yer 48,07 mlrd so‘mga baholandi.

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi O‘zbekistonda filialini ochadi
13 sentabr 2023, 18:28

Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi O‘zbekistonda filialini ochadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi prezidenti Masahiro Asoni qabul qildi. Ijtimoiy masalalar va xalqaro talabalar almashinuvi bilan shug‘ullanuvchi palata O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtirmoqda.

Prezident davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
13 sentabr 2023, 18:13

Prezident davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun”ni imzoladi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishi belgilab qo‘yildi.

Marg‘ilonda qizni o‘g‘irlashga uringan shaxslar ushlandi
13 sentabr 2023, 18:06

Marg‘ilonda qizni o‘g‘irlashga uringan shaxslar ushlandi

Marg‘ilonda bir yigit qizni yaqinlashib kelayotgan mashinaga o‘tirishga majburlagani, qiz esa qochib ketgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlangani va ular shahar IIBga chaqirilganini bildirdi.

Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish shart etib belgilandi
13 sentabr 2023, 17:48

Ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston bayrog‘i ostida suzish shart etib belgilandi

Endi ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Bu ichki kema yo‘llarida suzish qoidalarida belgilab qo‘yildi. Shuningdek, gorizont bo‘ylab ko‘rinish masofasi 1 kilometrdan kam bo‘lganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Zarafshonning sobiq hokimi Anvar Rajabov jinoiy javobgarlikka tortilgan
13 sentabr 2023, 17:42

Zarafshonning sobiq hokimi Anvar Rajabov jinoiy javobgarlikka tortilgan

2018−2022-yillarda Zarafshon shahri hokimi bo‘lgan Anvar Rajabov yer ajratish bilan bog‘liq masalada aybdor deb topilib, 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda sezilgan va rasmiy inflyatsiya o‘rtasidagi farq 5,5 foizga yetdi
13 sentabr 2023, 17:13

O‘zbekistonda sezilgan va rasmiy inflyatsiya o‘rtasidagi farq 5,5 foizga yetdi

Avgust oyida O‘zbekistonda sezilgan inflyatsiya darajasi keskin oshib, 14,5 foizni tashkil etdi. Bu rasmiy yillik inflyatsiyadan 5,5 foizga yuqori. Respondentlarning aksariyati go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini his qilgan.

O‘zbekistondagi piyodalar uchun yo‘lning belgilangan joyidan o‘tish belgilanmagan joyidan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq — ekspert
13 sentabr 2023, 17:08

O‘zbekistondagi piyodalar uchun yo‘lning belgilangan joyidan o‘tish belgilanmagan joyidan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq — ekspert

O‘zbekistonda piyodalar uchun belgilangan piyodalar o‘tish joyidan o‘tish belgilanmagan joydan o‘tishdan ko‘ra xavfliroq, dedi ekspert Nosirjon Zokirov. Uning fikricha, bunga piyodalar o‘tish joylari yaxshi tashkil qilinmagani sabab.

Aholining inflyatsion kutilmalari fevraldan beri birinchi marta keskin oshdi
13 sentabr 2023, 16:42

Aholining inflyatsion kutilmalari fevraldan beri birinchi marta keskin oshdi

O‘zbekiston aholisining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 6 oylik pasayishidan so‘ng avgustda keskin oshdi. Aholi va tadbirkorlarning xavfsirashida valyuta kursining o‘sishi omili kuchaydi. So‘rovnomada qatnashganlar orasida narxlar 9−12 foizdan ko‘proq oshishini kutayotganlar soni ko‘paydi.

O‘zbekiston qo‘l jangi bo‘yicha butunjahon sport o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi
13 sentabr 2023, 16:28

O‘zbekiston qo‘l jangi bo‘yicha butunjahon sport o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi

Butunjahon sport o‘yinlarida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medal (7 ta oltin, 1 ta kumush) bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Toshkent viloyatidagi qurilish ishlarida 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi
13 sentabr 2023, 15:48

Toshkent viloyatidagi qurilish ishlarida 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi

Toshkent viloyatida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida 15,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar hamda 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlandi. Jiddiy qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Rossiyaning barcha qarorlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”. Kim Chen In Putin bilan uchrashdi
13 sentabr 2023, 15:26

“Rossiyaning barcha qarorlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”. Kim Chen In Putin bilan uchrashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromida Kim Chen In bilan uchrashdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Putin va Rossiya rasmiylarining qarorlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetdi
13 sentabr 2023, 14:58

Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetdi

Bosh prokuratura Samarqand va Toshkent viloyatlarida mahalliy fuqarolar 2 ta tarixiy yodgorlikka 288 mln so‘m zarar yetkazganini aniqladi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi
13 sentabr 2023, 14:32

Toshkentda qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtni qasddan quritdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish kompaniyasi 10 tup daraxtning qurib qolishiga sababchi bo‘ldi. Avvalroq ekologiya boshqarmasi maydondagi 30 tup daraxtni xatlovdan o‘tkazib, ularga zarar yetkazmaslik haqida ogohlantirgandi. Tabiatga 248 mln so‘m zarar yetgan.

O‘zbekiston prezidenti Dushanbe o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida qatnashadi
13 sentabr 2023, 13:56

O‘zbekiston prezidenti Dushanbe o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida qatnashadi

Shavkat Mirziyoyev 14−15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda besh yil deganda o‘tkazilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Tojikistonga boradi.

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi
13 sentabr 2023, 13:38

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi

O‘zbekiston prezidenti kelgusi haftada AQShga boradi. Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi, qolaversa, AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “C5+1” formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida qatnashadi.

“Navbatdagi fantazyor”. O‘zbek faollari rossiyalik deputatning sobiq SSSR davlatlari haqidagi fikriga munosabat bildirdi
13 sentabr 2023, 13:06

“Navbatdagi fantazyor”. O‘zbek faollari rossiyalik deputatning sobiq SSSR davlatlari haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Rossiya davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari bilan urishishga majbur bo‘lishi, ular SSSRdan noqonuniy ajralib chiqqani haqida fikr bildirdi. O‘zbekistonlik deputatlar buni “nosog‘lom fikr” deya atab, bu so‘zlarga jiddiy munosabat bildirish shart emasligini ta’kidladi.

“Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish vazifasi hech qayerga yo‘qolmadi” — prezident matbuot kotibi
13 sentabr 2023, 13:01

“Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish vazifasi hech qayerga yo‘qolmadi” — prezident matbuot kotibi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz” nashriga javoban, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni tashkil etish bandi kiritilmagan bo‘lsada, “topshiriq hech qayerga yo‘qolmagani”ni aytdi. Bu borada chora-tadbirlar va mexanizmlar belgilab berilgan, dedi u.

Apple iPhone 15 va yangi Apple Watch`lar taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar
13 sentabr 2023, 12:16

Apple iPhone 15 va yangi Apple Watch`lar taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar

Apple kompaniyasi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Unda iPhone 15 va yangi Apple Watch`lar namoyish etildi. Kompaniyaning yangi smartfonlarida Lightning o‘rniga USB-C porti bo‘ladi. iPhone 15 Pro esa titan korpus bilan chiqariladi. Yangi qurilmalar haqida batafsil ma’lumot.

O‘zbekiston U-23 futbol bo‘yicha Osiyo kubogi final bosqichiga chiqdi
13 sentabr 2023, 12:15

O‘zbekiston U-23 futbol bo‘yicha Osiyo kubogi final bosqichiga chiqdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Eronni mag‘lub etib, 2024-yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining final bosqichiga chiqdi (video, foto).


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting