O‘zbekiston Milliy universiteti laboratoriyasi mudiri, mikrobiologiya bo‘yicha olima Dilfuza Egamberdiyeva UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi. U mukofotni o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistondagi davlat oliygohlarida ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 9,5 mln so‘mni tashkil etmoqda. Davlat OTMlaridagi professor-o‘qituvchilar soni 48,5 ming nafar bo‘lib, 2024-yilda 50 mingdan oshishi kutilyapti.
Xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish xizmatlari endi my.gov.uz portali orqali ham ko‘rsatiladi. DXXning hududiy boshqarmasi yuborilgan so‘rovnomani 7 ish kuni ichida tekshirib, xulosa beradi. Taklifnoma 3 oyga amal qiladi.
Qurilish vazirligi Matbuot uyi majmuasini (“Gazeta korpusi”) rekonstruksiya qilish hamda uning o‘rni va tutash hududda media shaharcha qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalarini e’lon qildi. Tenderda 98,8 mlrd so‘m taklif qilgan Yangi Zamon Bino g‘olib bo‘ldi.
Toshkent shahridagi 12, 26, 30, 54, 73, 133 va 150-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi va yo‘nalish nomi o‘zgardi.
O‘zbekiston prezidenti IHT sammitidagi chiqishida o‘zgarib borayotgan dunyo siyosiy arxitekturasining xavf-xatarlariga javoban a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishni taklif qildi. Davlat rahbari tashkilot hududida o‘zaro savdoni soddalashtirish bo‘yicha bitimni qabul qilishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitidagi nutqida Falastin-Isroil urushining mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olayotganini aytdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, dedi prezident.
Toshkentda AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu ishtirokida strategik sheriklik muloqotining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Diplomat Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi.
ChatGPT sun’iy intellekt bilan ishlovchi chat botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi o‘z servisi ishlaydigan hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shdi. Endilikda mamlakatda ChatGPT ro‘yxatidan rasman o‘tish va uni ishlatish mumkin.
Toshkent hokimligi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni oshirdi. Yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti narxi 1,5 barobarga, budjet tashkilotlari uchun esa 1,6 barobarga oshadi. Aholi uchun tarif narxi o‘zgarishsiz qoladi.
Buyuk Britaniyaning savdo komissari Kenan Poleo Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi yig‘ilishi arafasida “Gazeta.uz” muxbirining ikki mamlakatning sarmoyaviy va savdo salohiyatiga oid savollariga javob berdi.
Qozog‘istonda o‘tgan karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yoshlar 15 medal: 3 oltin, 2 kumush va 10 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Bu jamoa uchun medallar jamg‘arish bo‘yicha eng yaxshi natija bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Pokiston bosh vaziri, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning AQSh va Braziliyadagi elchisi Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi elchisi bo‘ldi. Elchixonalarning qarorgohi Vashingtonda joylashgan.
Boysun tumanidan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li va ayrim xonadonlarni sel bosdi. Surxondaryo viloyati hokimligi hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Xonadon va boshqa obyektlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.
Toshkentda jinsiy zo‘ravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivali o‘tkazilmoqda. Rassomlar jamiyatning bir qismi jinsiy zo‘ravonlikni normal qabul qilishini ta’kidlaydi. Ular zo‘ravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat ko‘zi bilan qarashni targ‘ib etmoqda.
26−30-dekabr kunlari ilk bor Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnirda jahonning eng yaxshi shaxmatchilari ishtirok etib, jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. FIDE rahbari Arkadiy Dvorkovich tanlov nega O‘zbekistonda o‘tkazilayotganini izohladi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda. Taklif mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun ilgari surilgan. Bu budjet tushumlari 160 mlrd so‘mga kamroq bo‘lishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Cobalt va Isuzu avtobusi o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda yengil avtomobilda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa sabab hech kim jarohat olmagani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oylik kamayishdan so‘ng oktabr oyida deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiralar miqdori sentabrda 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketgandi. Xalqaro zaxiralar miqdori oshganiga qaramay, oltinning fizik hajmi kamaygan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting