Arxiv

O‘zbekistonga 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlar noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
3 oktabr 2023, 19:23

O‘zbekistonga 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlar noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Turkmanistondan O‘zbekistonga poyezd vagonida umumiy qiymati 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu butun sentabr oy davomida bojxonada aniqlangan va olib qo‘yilgan hajmdan ham ko‘proq.

Har yili aholi zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi
3 oktabr 2023, 17:31

Har yili aholi zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi

Hukumat qarori bilan har yili aholi zilzila vaqtida harakatlanish bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘qitiladi. Qolaversa, bog‘cha bolalari, maktab, texnikum o‘quvchilari, oliygoh talabalari, shuningdek, ishchi-xodimlar ham maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Turistlarga esa qo‘llanmalar tarqatiladi.

1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?
3 oktabr 2023, 17:17

1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Biznes uchun elektr energiyasi va gaz narxi oshadi, og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarga kompleks yordam ko‘rsatiladi, qamoqdan chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya ajratiladi, eksklyuziv huquqqa ega subyektlarning reyestri shakllantiriladi — 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Buxoroda 1500 bosh noyob tuvaloq qushi ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi
3 oktabr 2023, 16:56

Buxoroda 1500 bosh noyob tuvaloq qushi ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi

Buxoroning cho‘l hududlariga noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 1500 bosh yo‘rg‘a tuvalog‘i qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan.

“Gerofarm”: Zuma Pharma bilan O‘zbekistonda insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik iyul oyida to‘xtatilgan
3 oktabr 2023, 16:30

“Gerofarm”: Zuma Pharma bilan O‘zbekistonda insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik iyul oyida to‘xtatilgan

Rossiyaning “Gerofarm” kompaniyasi va mahalliy Zuma Pharma korxonasi insulin preparatlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. “Gerofarm”ning qayd etishicha, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha rejalar saqlanib turibdi.

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti elektronlarni o‘rgangan olimlarga berildi
3 oktabr 2023, 16:13

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti elektronlarni o‘rgangan olimlarga berildi

Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga berildi.

Kollej va texnikumlarda ta’lim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi
3 oktabr 2023, 16:07

Kollej va texnikumlarda ta’lim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi

O‘zbekistonda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlar uchun davlat granti ajratiladi.

Armaniston parlamenti Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qildi
3 oktabr 2023, 15:41

Armaniston parlamenti Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qildi

Armaniston deputatlari Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikatsiya qilishni ma’qullab ovoz berdi. Bir hafta oldin Rossiya TIV Armanistonni buning oqibatlari haqida “ogohlantirgandi”. Mazkur sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergan.

O‘zbekistonda “Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi
3 oktabr 2023, 15:12

O‘zbekistonda “Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, “Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda 20-oktabrdan poyezd chipta narxlari oshiriladi
3 oktabr 2023, 14:35

O‘zbekistonda 20-oktabrdan poyezd chipta narxlari oshiriladi

O‘zbekistonda 20-oktabrdan mahalliy poyezdlar chipta narxlari ko‘tariladi. Xususan, yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari esa 100 foizga oshiriladi.

Elektr energiyasiga yangi tariflar joriy etilishi ortidan “elektr zapravkalar”da narxlar ko‘tarildi
3 oktabr 2023, 14:25

Elektr energiyasiga yangi tariflar joriy etilishi ortidan “elektr zapravkalar”da narxlar ko‘tarildi

O‘zbekistonda elektr yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektr energiyasiga yangi tariflar joriy qilinganidan keyin narxlar ko‘tarildi yoki oshirish rejalashtirilmoqda. Xususan, TokBor kompaniyasi narxlarni bir kVt/soat uchun 700 so‘mga oshirdi.

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya berish yana boshlandi
3 oktabr 2023, 14:11

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya berish yana boshlandi

O‘zbekistonda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyalari berish yana boshlandi.

Toshkent xalqaro aeroporti va Yakkasaroy IIB bekati o‘rtasida vaqtincha bepul mikroavtobuslar harakatlanadi
3 oktabr 2023, 12:05

Toshkent xalqaro aeroporti va Yakkasaroy IIB bekati o‘rtasida vaqtincha bepul mikroavtobuslar harakatlanadi

3-oktabr kunidan boshlab Toshkent xalqaro aeroporti va Yakkasaroy IIB bekati oralig‘ida harakatlanuvchi bepul mikroavtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Avvalroq Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklangandi.

O‘zbekistonda hafta oxirida yomg‘ir yog‘adi
3 oktabr 2023, 11:31

O‘zbekistonda hafta oxirida yomg‘ir yog‘adi

Payshanba kuniga qadar respublikaning katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta oxirida Kaspiy dengizdan nam va salqin havo massalari kirib kelishi hisobiga joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +20 darajagacha pasayadi.

AQSh elchixonasi Green Card ishtirokchilariga 10 ta maslahat berdi
3 oktabr 2023, 10:49

AQSh elchixonasi Green Card ishtirokchilariga 10 ta maslahat berdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card dasturi ishtirokchilari uchun 10 ta maslahat e’lon qildi. Elchixona lotereyada ishtirok etish bepul ekanini eslatib, firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

2−10 yoshli bolalarda ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o‘tkaziladi
3 oktabr 2023, 10:33

2−10 yoshli bolalarda ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o‘tkaziladi

Oktabr-noyabr oylarida O‘zbekistonda 2−10 yoshli bolalarni ichak gelmintiozidan ommaviy davolashning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. SES o‘tgan yillardagi tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatgani, gelmintlar bilan kasallanish 3−4 martaga kamayganini aytmoqda.

Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki raisi etib tayinlandi
3 oktabr 2023, 10:06

Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki raisi etib tayinlandi

Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti koronavirusga qarshi mRNA-vaksinalarini ishlab chiqqan olimlarga berildi
3 oktabr 2023, 10:01

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti koronavirusga qarshi mRNA-vaksinalarini ishlab chiqqan olimlarga berildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini beruvchi mRNA sintezi texnologiyalarini ishlab chiqqan Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi.

Xorazmda maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilindi
3 oktabr 2023, 09:48

Xorazmda maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilindi

Qo‘shko‘pir tumanida 19-maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilingani aniqlandi. Bolalarning aytishicha, ularni dalaga maktab direktori yuborgan. Direktor va sholi ekkan fermer esa tug‘ishgan aka-ukalar bo‘lishi mumkin. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi holat nazoratga olinganini bildirdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida yana oltita medalni qo‘lga kiritdi
2 oktabr 2023, 21:43

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida yana oltita medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda kurash bo‘yicha muvaffaqiyatli chiqishlar evaziga 43 taga yetdi. Biroq milliy terma jamoa turnir jadvalida beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting