Arxiv

Foto: Toshkentdagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari
30 aprel 2023, 10:53

Foto: Toshkentdagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari

Toshkentdagi bir qator uchastkalarda ovoz berish jarayonining ilk soatidayoq “10−15 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi”. Ayrim referendum uchastkalari gavjum. Ovoz berishga farzandlari bilan kelayotganlar kam emas. “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Xorijdagi ovoz berish jarayonlari 39 davlatda o‘tkaziladi
30 aprel 2023, 10:35

Xorijdagi ovoz berish jarayonlari 39 davlatda o‘tkaziladi

Toshkent vaqti bilan ertalab soat 4:00 da O‘zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreyadagi vakolatxonalarida Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi referendumini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki referendum uchastkalari ochildi. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.

Toshkentda referendum qanday boshlandi?
30 aprel 2023, 09:57

Toshkentda referendum qanday boshlandi?

8:00 dan poytaxtdagi referendum uchastkalarida madhiya yangradi, so‘ngra saylovchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Odatga ko‘ra, erta tongdan ovoz berish uchun ko‘pchilik tashrif buyurmoqda. “Gazeta.uz” kun davomida ovoz berish jarayonini yoritib boradi.

Foto: O‘zbekistonda Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum boshlandi
30 aprel 2023, 09:12

Foto: O‘zbekistonda Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum boshlandi

O‘zbekistonda Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum uchastkalari ochildi. Uchastka komissiyalari a’zolari kuzatuvchilar guvohligida ovoz berish qutilarini muhrlashdi. O‘zbekiston madhiyasi yangradi va ovoz berish jarayoni ochiq deb e’lon qilindi. Jarayonni bizning fotoreportajlarimizda tomosha qiling.

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi
30 aprel 2023, 05:28

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, O‘zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi. Vazirlik suvdan oqilona foydalanish zarurligini aytdi.

Migratsiya agentligi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining migrantlar soni oshgani haqidagi so‘zlarini rad etdi.
29 aprel 2023, 20:55

Migratsiya agentligi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining migrantlar soni oshgani haqidagi so‘zlarini rad etdi.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov so‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan mehnat muhojirlari soni to‘rt baravar oshganini aytdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu ma’lumotlarni rad etib, aksincha, ularning soni kamayganiga ishora qildi.

MHTI ichki turizmdan qoniqish darajasini baholadi
29 aprel 2023, 17:18

MHTI ichki turizmdan qoniqish darajasini baholadi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ichki turizm bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarning yarmidan ko‘pi oilalari bilan sayohat qilishni afzal ko‘rishlarini aytdi. Asosiy muammolar qatorida yo‘llar sifati, narxlar, suv, internet va sanitariya punktlari sanaldi.

O‘zbekistonda yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, epidemik vaziyat barqaror — SES
29 aprel 2023, 16:44

O‘zbekistonda yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, epidemik vaziyat barqaror — SES

O‘zbekistonda 2023-yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, kasallikka qarshi zarur choralar ko‘rilmoqda, epidemik vaziyat barqaror, deb xabar bermoqda SES. Avvalroq JSST kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirgandi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyuradi
29 aprel 2023, 15:42

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev 2−3-may kunlari Germaniyaga tashrif buyurib, u yerda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, mamlakat kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi.

Nima o‘qiymiz? Tarixchi Sherzod Mo‘minov tavsiya qiladi
29 aprel 2023, 15:26

Nima o‘qiymiz? Tarixchi Sherzod Mo‘minov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

O‘zbekiston Serra-Leone bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
29 aprel 2023, 15:09

O‘zbekiston Serra-Leone bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Serra-Leone O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 143-davlat bo‘ldi.

Ilhom Qilichxanov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi
29 aprel 2023, 13:24

Ilhom Qilichxanov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahriga Ilhom Qilichxanov hokim etib tasdiqlandi. Avvalroq sobiq hokim Muzaffar Soliyev vazifasidan ozod etilgani, vazir lavozimida ishlagan vaqtidagi holat bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Nima tayyorlaymiz: Osiyo taomlari
29 aprel 2023, 10:50

Nima tayyorlaymiz: Osiyo taomlari

Uyda tayyorlangan koreyscha kim-pab rollari, ramyon, vok lapshasi, Tom Yam sho‘rvasi va boshqalar — Zira.uz turli Osiyo mamlakatlari oshxonasiga mansub mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Buxoroda gaz balloni yorilishi oqibatida 2 kishi 90−95 foiz kuyib, shifoxonaga yotqizildi
29 aprel 2023, 10:00

Buxoroda gaz balloni yorilishi oqibatida 2 kishi 90−95 foiz kuyib, shifoxonaga yotqizildi

Buxoro shahridagi avtoustaxonada 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni portladi. Oqibatda 90−95 foiz kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan 2 bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Samarqand viloyatida ikki maktab o‘quvchi qizlari mushtlashdi
28 aprel 2023, 23:46

Samarqand viloyatida ikki maktab o‘quvchi qizlari mushtlashdi

Bulung‘ur tumanida ikkita maktabning 8-sinf o‘quvchi qizlari stadionda mushtlashdi. Videoda ikki guruh qizlarning mushtlashuvi aks etgan, shuningdek yigitlarning kulgani va luqma tashlaganlari eshitilgan. Tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

“Samolyotda bitta katta oiladek edik”. Uzbekistan Airways ekipaji bortdagi tug‘ruq haqida so‘zlab berdi
28 aprel 2023, 23:19

“Samolyotda bitta katta oiladek edik”. Uzbekistan Airways ekipaji bortdagi tug‘ruq haqida so‘zlab berdi

26-aprel kuni Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Istanbulga uchayotgan samolyoti bortida o‘g‘il bola dunyoga keldi. Styuardessalar “Gazeta.uz”ga tug‘ruq qanday ro‘y berganini so‘zlab berishdi. “Samolyotda bitta katta oiladek edik — 246 qarindosh va hamma kutardi: kimdir nabirasini, kimdir jiyanini, ukasini”.

28-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 aprel 2023, 22:00

28-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentni $250 mlrdga sotishga e’lon bergan maktab o‘quvchisi, referendumda oldinroq ovoz bergan 611 ming fuqaro, “Mening yo‘lim” loyihasi takliflariga ovoz berish boshlangani, ajrashishlar ko‘paygani uchun o‘zgartirish taklif qilingan Yunusoboddagi mahalla nomi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston prezidenti Musulmonlar idorasi rahbarini qabul qildi
28 aprel 2023, 21:15

O‘zbekiston prezidenti Musulmonlar idorasi rahbarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, ta’lim orqali jaholatga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.

“Orol dengizi shamollari” — qoraqalpoq epik merosi Yevropa sahnalarida. Foto
28 aprel 2023, 20:05

“Orol dengizi shamollari” — qoraqalpoq epik merosi Yevropa sahnalarida. Foto

Qoraqalpog‘istonlik musiqachilar Germaniya, Belgiya va Niderlandiya davlatlarida 11−28-aprel kunlari “Orol dengizi shamollari” nomli ijodiy safarda bo‘ldi. Ular qoraqalpoq dostonlari hamda xalq qo‘shiqlaridan iborat 10 dan ortiq konsert hamda mahorat darslarini qoraqalpoq tilida namoyish etdi.

Ukrainaning Uman shahrida turar-joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi
28 aprel 2023, 19:05

Ukrainaning Uman shahrida turar-joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Uman shahrida Rossiya raketasi turar-joy binosiga kelib urilgan. Oqibatda 16 kishi halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari bola, 18 kishi esa jarohatlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting