Arxiv

Qozog‘iston prezidenti AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi
1 sentabr 2023, 16:39

Qozog‘iston prezidenti AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi

Prezident Qasim-Jomart Toqayev “mamlakat kelajagi bilan bog‘liq o‘ta muhim masala” bo‘lgani uchun Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qildi.

Odilbek Isakov iqtisodiyot va moliya vaziriga konsultant-maslahatchi bo‘ldi
1 sentabr 2023, 15:57

Odilbek Isakov iqtisodiyot va moliya vaziriga konsultant-maslahatchi bo‘ldi

Sobiq moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isakov O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirining konsultant-maslahatchisi lavozimiga jalb qilindi.

Jetour Uzbekistan bayramga bayramona chegirma e’lon qildi
1 sentabr 2023, 15:00

Jetour Uzbekistan bayramga bayramona chegirma e’lon qildi

Auto Motors Asia MCHJ tarkibiga kiruvchi Jetour Uzbekistan kompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan avtomobillarga chegirma e’lon qildi.

Toshkent aeroportining mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ruxsat berildi
1 sentabr 2023, 14:25

Toshkent aeroportining mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ruxsat berildi

Toshkent aeroportining mahalliy terminali oldidagi hudud rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi. Ilk bor barcha avtomobillarga qisqa muddat — 10 daqiqagacha — terminal hududiga kirishga ruxsat berildi. Kutib oluvchilarga sharoit yaratilishi yoki yo‘qligi va rekonstruksiyaga muhtoj avtoturargoh taqdiri ochiqlanmadi.

“Koronavirusdan qo‘rqishga hojat yo‘q”. “Zangiota-1” shifoxonasi rahbariyati — COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat haqida
1 sentabr 2023, 13:19

“Koronavirusdan qo‘rqishga hojat yo‘q”. “Zangiota-1” shifoxonasi rahbariyati — COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat haqida

Jahonda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshladi. “Gazeta.uz” “Zangiota-1” Respublika ixtisoslashtirilgan shifoxonasi direktori va uning o‘rinbosari bilan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, infeksiyaning tarqalishi va virusning yangi turlari haqida suhbatlashdi.

“Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashash”. Prezident tabrigida nimalarga to‘xtaldi?
1 sentabr 2023, 11:26

“Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashash”. Prezident tabrigida nimalarga to‘xtaldi?

Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklab, ekologiya, kuchli fuqarolik jamiyati va OAVning ahamiyati, ayollarga teng imkoniyatlar yaratish, bag‘rikenglik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish kabi masalalarga to‘xtaldi. “Davlatning vazifasi insonlarni baxtli qilishdir”, — deya eslab o‘tdi u.

Surxondaryoda maktab direktori kaltaklandi. Hokim holatni nazoratga oldi
1 sentabr 2023, 10:19

Surxondaryoda maktab direktori kaltaklandi. Hokim holatni nazoratga oldi

Surxondaryo hokimi bilan mojarodan so‘ng omma e’tiboriga tushgan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova o‘qituvchilardan birining turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Viloyat hokimi jabrlanuvchining oldiga borib, vaziyatni nazoratga olganini bildirdi.

Oson — MB jarimasi va transchegaraviy tranzit operatsiyalar taqiqlanishi haqida
31 avgust 2023, 22:34

Oson — MB jarimasi va transchegaraviy tranzit operatsiyalar taqiqlanishi haqida

“Gazeta.uz”ga Brio Group (Oson) MB qo‘llagan jarima yuzasidan izoh berdi. Shuningdek, to‘lov tashkilotlari 5-sentabrdan transchegaraviy tranzit operatsiyalar taqiqlanishi haqida ogohlantirilgani aytildi. Kompaniya MBdan millionlab mijozlarga ta’sir qiluvchi masala bo‘yicha shaffof muloqot tashkil etishni so‘rayapti.

3 yilga qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi ozodlikka chiqarildi
31 avgust 2023, 20:09

3 yilga qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi ozodlikka chiqarildi

Mansab soxtakorligi va yer berish tartibini buzishda aybli deb topilib, 3 yilga qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayev Oliy sudning kassatsiya instansiyasida ozodlikka chiqarildi. Bunday hukmga uning pushaymonligi va moddiy zararni to‘liq qoplagani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Mustaqillik bayrami arafasida 286 kishi afv etildi
31 avgust 2023, 19:32

Mustaqillik bayrami arafasida 286 kishi afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan 286 nafar mahkum afv etildi. Ularning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 30 nafarini chet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari tashkil etadi.

Chery Arrizo 6 Pro avtomobili egalari uchun bayram tashkil qilindi
31 avgust 2023, 19:00

Chery Arrizo 6 Pro avtomobili egalari uchun bayram tashkil qilindi

Roodell kompaniyasi — Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Arrizo 6 Pro avtomobili egalari uchun Sinbad basseyn kompleksida ajoyib bayram tashkil qildi.

Ben Uolles Britaniya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
31 avgust 2023, 18:28

Ben Uolles Britaniya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi

2019-yildan buyon Buyuk Britaniya mudofaa vaziri sifatida ishlab kelgan Ben Uolles iste’foga chiqdi. U Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirishda hal qiluvchi rolni o‘ynagan. Uollesning o‘rnini Energetika vazirligini boshqargan Grant Shapps egalladi.

“O‘zsuvta’minot” va “ToshuyjoyLITI” aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi
31 avgust 2023, 18:04

“O‘zsuvta’minot” va “ToshuyjoyLITI” aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi

Prezident farmoniga ko‘ra “O‘zsuvta’minot”, “O‘zog‘irsanoatloyiha” va “ToshuyjoyLITI” AJlari aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga o‘tkazildi.

Qonun talablarini buzgani uchun Oson`ga jarima sanksiyasi qo‘llandi
31 avgust 2023, 16:18

Qonun talablarini buzgani uchun Oson`ga jarima sanksiyasi qo‘llandi

Markaziy bank jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani uchun Brio Group (Oson) to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanganini ma’lum qildi.

Xorazm va Buxorodan Toshkentga qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
31 avgust 2023, 15:27

Xorazm va Buxorodan Toshkentga qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Urganch, Xiva va Buxorodan Toshkentga, shuningdek, Toshkentdan Buxoro viloyatining ayrim tumanlariga qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda qatag‘on qurbonlari xotirasi ular yashagan mahallalarda abadiylashtiriladi
31 avgust 2023, 15:07

O‘zbekistonda qatag‘on qurbonlari xotirasi ular yashagan mahallalarda abadiylashtiriladi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Toshkentdagi Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident qatag‘on qurbonlari yashagan mahallalarda ularning nomlari, faoliyatini muhrlab qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

“Kafolat xatlari olingan”. Navoiy viloyati hokimligi tanqidlarga uchrayotgan “Stixiya” festivali haqida
31 avgust 2023, 14:20

“Kafolat xatlari olingan”. Navoiy viloyati hokimligi tanqidlarga uchrayotgan “Stixiya” festivali haqida

Navoiy viloyatida o‘tkaziladigan “Stixiya” festivali tanqidlarga uchragani ortidan viloyat hokimligi munosabat bildirib, mentalitetga xos bo‘lmagan har qanday tadbirga qarshi ekanini ma’lum qildi. “Ma’naviyatimizga zid bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha kafolat xatlari olingan”, — deyiladi unda.

100 yoshga teng “Bo‘zsuv GES-1” yangi quvvatlarda ishga tushirildi
31 avgust 2023, 13:00

100 yoshga teng “Bo‘zsuv GES-1” yangi quvvatlarda ishga tushirildi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi arafasida yoshi 100 ga yetgan “Bo‘zsuv GES-1” stansiyasi modernizatsiyadan so‘ng yana ishga tushirildi. Endilikda GES yiliga o‘rtacha 44,4 mln kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga 12 tonna insonparvarlik yordamini yubordi
31 avgust 2023, 12:46

O‘zbekiston Rossiyaning Belgorod viloyatiga 12 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

Rossiyaning Belgorod viloyatiga O‘zbekistonning davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari tomonidan 12 tonna insonparvarlik yordami jo‘natildi. Yukda kiyim-kechak va poyabzallar, dori-darmon, shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari uchun maktab to‘plamlari mavjud.

Zira.uz jamoasidan bayram dasturxoni
31 avgust 2023, 12:23

Zira.uz jamoasidan bayram dasturxoni

Bayramona osh, qozon kabob, tovuqli hamda qiyma kabob, julen somsa, tandir somsa, chak-chak, “Midiya” paxlavasi, beze va yong‘oqli pechenelar — Zira.uz Mustaqillik bayramida tayyorlash uchun mazali va foydali, qolaversa, dasturxoningizga ko‘rk berib turuvchi taomlar va shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting