Xitoy sentabrdan harbiy maqsadlarda qayta jihozlanishi mumkinligidan xavotirlanib, fuqarolik dronlari eksportiga cheklovlar kiritmoqda. Dronlarning ayrim butlovchi qismlarini ruxsatsiz eksport qilish ham taqiqlanadi.
2023/2024 o‘quv yilida 17 mingta magistratura kvotasi uchun 20 ming abituriyent ariza yubordi. Ularning 13,2 ming nafari — xotin-qizlar. Hujjat topshirganlarning 4 foizida davlat mukofoti bor yoki nomdor stipendiya sohibi. 3 foizi esa nogironlik imtiyoziga ega.
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Krivoy Rog shahriga raketa hujumi uyushtirdi, to‘qqiz qavatli turar joy binosi va universitet o‘qqa tutildi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi jarohat oldi.
O‘zini 15 yoshli qiz bola maktab o‘quvchisi deb tanishtirgan erkak 10 yoshli qizga pornografik xarakterdagi video va suratlarni yuborib, undan ham shunday suratlarini yuborishni talab qilgan. Toshkent viloyati sudi erkakni 4,5 yilga manzil-koloniyaga hukm qildi.
1-avgustdan 13-avgustga qadar OTMlarga kirish testlari o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtda ayrim avtobuslar soat 5:00 dan ish boshlaydi.
Bog‘chada IIO xodimlari o‘tkazgan “tarbiyaviy soat” ko‘plab savollar tug‘dirdi. Hatto prezident ham ushbu masalaga to‘xtaldi. “Gazeta.uz” psixolog Zulayho Shermatovadan vaziyatga izoh berishni so‘radi. U bolalarning yoshini hisobga olish va bolalar bilan muloqot qiladigan odamlarni tayyorlash muhimligini ta’kidladi.
2023-yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qashqadaryoda kuzatilgan, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. “Bularning aksariyati yozgi ta’til yoki o‘qishdan tashqari paytda sodir bo‘lgan”, — deydi Maktab vazirligi vakili.
O‘zbekistonda avgust oyining dastlabki besh kunida harorat +40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +33…+38 darajagacha pasayadi. Oyning ikkinchi yarmida harorat qisqa muddatga yanada pasayishi mumkin. Faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir kutilmoqda. Umuman olganda, oy davomida o‘rtacha issiq kuzatiladi.
Guliston tumanidan oqib o‘tgan zovurga Cobalt tushib ketdi. Avtomobil FVB qutqaruv otryadi yordamida olib chiqildi. Jarohat olganlar yo‘q.
O‘zbekiston Xitoyning Yutong Bus Co., Ltd kompaniyasi bilan haydovchisiz transport vositalari bo‘yicha, Magnetic North kompaniyasi bilan aqlli transport tizimini yo‘lga qo‘yish va Hikvision kompaniyasi bilan esa innovatsion videokuzatuv tizimlari hamda sun’iy intellekt texnologiyasi sohasida hamkorlik qiladi.
Farg‘ona viloyatida ayol kvartira sotib olish uchun 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgandi. Sud uning homilador ekani va oilada yagona boquvchi bo‘lganini hisobga olib, ayolga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
Aydar-Arnasoy ko‘llarida 175 bosh oqsila baliqlarini noqonuniy ovlangan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat bo‘yicha hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Urgut tumanidagi qator arxeologiya yodgorliklari buzilishi va kovlanishi oqibatida obyektlarga 9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.
Milliy valyutaning kuchsizlanishiga importning o‘sishi ham ta’sir qilmoqda, dedi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mavsumiy hodisa hisoblanadi va bugungi valyuta kursi tashqi savdo operatsiyalarining haqiqiy ko‘rinishini aks ettiradi.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Strategiyada 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
Shayxontohur tumanida bolalarni urib, islom dinidan noqonuniy dars bergan shaxs 15 sutkaga qamaldi. Uning kaltaklashi oqibatida 4 bola jarohat olgan. Bir nafar bola 5-qavatdan o‘zini tashlagan. Voyaga yetmaganlarning ota-onalari ham javobgarlikka tortildi.
Uchquduq va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning Yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan. Qushlar O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.
Tashqi ishlar vazirligi sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosiga ko‘chdi. TIV binosida esa yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi joylashadi.
Bu hafta O‘zbekistonda o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari harorat +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +42 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting