Prezident mutasaddilarga oktabrga qadar 30 ga yaqin davlat xizmatini xususiy sektorga berishni topshirdi. Davaktiv agentligining riyeltor va baholovchini imtihon qilish, Turizm qo‘mitasining gidlarga sertifikat berish vakolatlari xususiy sektorga o‘tishi mumkin.
O‘zbekistonda banklar developerlardan tijoriy ko‘chmas mulklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olib, ularni tadbirkorlarga ijara yoki lizingga berishi mumkin bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi mexanizmni ma’qulladi.
Toshkent shahridagi 26 ta ko‘cha tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantiriladi. Olmazor tumanidagi 7,3 km uzunlikdagi yo‘l gastronomik ko‘cha bo‘ladi.
Shanba kuni O‘zbekistonga nam havo kirib kela boshlaydi, qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni aksariyat joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha pasayadi.
2024-yilda O‘zbekistonga 224,8 million dollarlik 24 095 ta elektromobil olib kirildi. Ulardan 23 982 tasi Xitoydan import qilingan.
8−12-fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shayxontohur tumanida tunda Gentra haydovchisi janjal sabab bir guruh odamlarni bosib ketmoqchi bo‘ldi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda mashina oynasi tosh bilan teshilganini ko‘rish mumkin. Poytaxt YHXB holat bo‘yicha barcha fuqarolar IIBga topshirilganini bildirdi.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida fuqaro rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, 1,35 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Avvalroq birgina 2024-yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroji haqida xabar berilgandi.
Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan aktivlari, Somali bilan o‘rnatilgan diplomatik munosabatlar, Toshkentdagi ko‘chaga Otaturk nomini berish taklifi, Tojikistondagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortgan DIIHB va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Agar pensioner chet elga chiqsa va uch oy ichida O‘zbekistonga qaytmasa, pensiya to‘lovlari to‘xtatilishi xabar qilingandi. Qaytgandan so‘ng 24 oygacha bo‘lgan pensiya mablag‘ini olish mumkin. “Gazeta.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, xorijga sayohat haqidagi noto‘g‘ri ma’lumot tufayli pensionerning to‘lovlari to‘xtatib qo‘yilgan.
4−6-aprel kunlari ilk bor Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi. U har 18 oyda mahalliy va xalqaro faollar, rassom va olimlarni birlashtiradi.
Prezident yig‘ilishida qayd etilishicha, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emas. Shu sababli ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish, yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirish, korxonalarni raqamlashtirib, quvvatlardan oqilona foydalanish buyurildi.
2024-yilda Toshkentda ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi 1,8% — kv. m uchun 1190 dollargacha pasaydi (2023-yilda — 30% o‘sish), yer esa 2,9% arzonladi — sotixiga 352 mln so‘m. Avvalroq MB ehtimoliy narx korreksiyasidan ogohlantirgandi. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar soni 2,2% kamaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shnilar qarzi tufayli butun uy issiqlikdan uzilishi haqidagi e’lon surati tarqaldi. Veolia Energy Tashkent ma’lumotni rad etdi. Issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, issiqlik energiyasi ta’minoti faqat aniq bir qarzdorga nisbatan o‘chirilishi mumkin.
Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (DIIHB) Tojikiston rasmiylari tomonidan akkreditatsiya kafolatlari yo‘qligi sababli mamlakatdagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini bekor qildi.
AQSh Davlat departamenti endilikda Amerika kemalari Panama kanali orqali bepul o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Panama hukumati buni rad etdi. Tramp avvalroq kanaldan o‘tish tariflari yuqoriligini aytgan va kanalni AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qilgandi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonning pestitsidlarni tahlil qilish bo‘yicha laboratoriya salohiyatini mustahkamlash tashabbusini ilgari surmoqda. Shu maqsadda o‘tkazilgan seminarda sohada kadrlarni tayyorlash va infratuzilmani takomillashtirish muhokama qilindi.
O‘zbekiston Shveysariya bilan Gulnora Karimovaning aktivlarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi. Shveysariya yana 182 mln dollarni O‘zbekiston xalqiga BMTning Uzbekistan Vision 2030 ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali qaytarishi kutilmoqda.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Trampning AQSh bu hududni “o‘z nazoratiga olishi” haqidagi so‘zlaridan so‘ng G‘azo sektori aholisiga “ixtiyoriy ravishda anklavni tark etish” imkonini beradigan reja tayyorlashni buyurdi. Trampning bayonoti arab davlatlari tomonidan qoralandi.
O‘zbekiston Malayziyaning uchta yetakchi kompaniyasi bilan muhim minerallar sohasida qo‘shma loyihalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Bundan tashqari, Malayziya o‘zbekistonlik mutaxassislarni yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish sohasida o‘qitishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting