Arxiv

O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etilmoqda. U qaysi tovarlarga tatbiq etiladi?
4 fevral 2025, 20:46

O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etilmoqda. U qaysi tovarlarga tatbiq etiladi?

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining 1 kilosi uchun BHMning 2 foizi miqdorida bojxona yig‘imi joriy etiladi. U barcha xorijiy marketpleyslardan tovarlarni yetkazib berishda va jismoniy shaxslar o‘rtasida jo‘natmalarni yuborishda amal qiladi. Bojxona qo‘mitasi “Gazeta.uz"ga yangi tartib to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda uchta firibgarlik koll-markazi fosh etildi
4 fevral 2025, 20:26

O‘zbekistonda uchta firibgarlik koll-markazi fosh etildi

O‘zbekistonda Rossiya fuqarolariga nisbatan firibgarlik ishi bo‘yicha 32 kishi ushlandi. Jinoiy guruh koll-markazlar ko‘rinishida rossiyaliklarga sifatsiz BADlar uchun kompensatsiya va’da qilgan. “To‘lovni olish” uchun jabrlanuvchilar firibgarlarning hisobraqamiga “soliq” ko‘rinishidagi mablag‘ni o‘tkazib bergan.

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga yetib bordi
4 fevral 2025, 20:09

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Kuala Lumpurga yetib bordi. 5-fevral kuni ikki mamlakat biznes forumi bo‘ladi, yetakchilar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha short-listga to‘rtta davlat kompaniyalari kiritildi
4 fevral 2025, 19:54

Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha short-listga to‘rtta davlat kompaniyalari kiritildi

Qozog‘istondagi birinchi AES uchun texnologiya yetkazib beruvchilar short-listiga to‘rt mamlakat, jumladan, Rossiyaning “Rosatom” va Xitoyning CNNC kompaniyalari kiritildi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev hukumatga AES qurilishini jadallashtirish va yadro klasterini yaratishni boshlashni buyurgandi.

O‘zbekiston 2025-yilda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda
4 fevral 2025, 19:32

O‘zbekiston 2025-yilda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishi 2025-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Prezidentga loyiha donorlari bilan olib borilayotgan ishlar, yo‘l uchastkasini kengaytirish rejalari haqida ma’lumot berildi.

“Uch marta yengdim, to‘rtinchisida ham taslim bo‘lmayman”. Saraton bilan kurashayotgan Dildora Mavlonova hikoyasi
4 fevral 2025, 19:21

“Uch marta yengdim, to‘rtinchisida ham taslim bo‘lmayman”. Saraton bilan kurashayotgan Dildora Mavlonova hikoyasi

Unga til saratoni, keyinroq o‘pka va ko‘krak bezi saratoni, ko‘p o‘tmay oqqon tashxisi qo‘yilgan. U kasalliklar bilan birga oilaviy va moddiy qiyinchiliklar bilan ham sinalgan. “Iroda” loyihasining bu galgi qahramoni — taqdir zarbalarini yengish uchun farzandlaridan kuch olgan Dildora Mavlonova.

Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi sotuvga qo‘yildi
4 fevral 2025, 18:51

Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi sotuvga qo‘yildi

Germaniyada Alisher Usmonov yashagan villa qarzdorligi uchun sotuvga qo‘yildi. 25 mln yevroga baholangan obyekt mamlakatdagi eng qimmat ko‘chmas mulk sifatida e’tirof etildi. Arbitraj boshqaruvchisi villaning ofshor kompaniyaga tegishli ekanini ta’kidladi.

Bosh prokuratura Toshkent hokimligining hokim yordamchisi to‘g‘risidagi raddiyasiga javob berib, jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi
4 fevral 2025, 17:45

Bosh prokuratura Toshkent hokimligining hokim yordamchisi to‘g‘risidagi raddiyasiga javob berib, jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi

Toshkentda hokim yordamchisi o‘zgalarning nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi. Hokimlik uni 2024-yil noyabrda ishdan bo‘shaganini ta’kidlab, OAVni ma’suliyatli bo‘lishga chaqirdi. Prokuratura esa u jinoyatni hokim yordamchisi bo‘lganida sodir etganini qayd etib, hokimlikni jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi.

AQSh yordam evaziga Ukrainadan noyob metallarni olmoqchi
4 fevral 2025, 17:18

AQSh yordam evaziga Ukrainadan noyob metallarni olmoqchi

Donald Trampning aytishicha, AQSh o‘z yordami evaziga Ukrainadan nodir yer metallarini olishni xohlaydi. Agar xavfsizlik kafolatlari taqdim etilsa, Kiyev Vashington bilan ishlashga tayyor, deb yozmoqda NYT.

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025-yilda boshlanadi — vazir
4 fevral 2025, 17:18

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025-yilda boshlanadi — vazir

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025-yilda boshlanadi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, 30 dan ortiq kompaniya birinchi loyihaga qiziqish bildirgan.

669 ming so‘m: O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
4 fevral 2025, 17:13

669 ming so‘m: O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

O‘zbekistonda 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi (+3 foiz). Oxirgi marta bu miqdor energiya tariflari oshishi fonida 4,3 foizga (648 ming so‘mgacha) oshirilgandi. Mamlakatda bu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda ishlatiladi.

Xitoy AQShga nisbatan javob bojlarini e’lon qildi
4 fevral 2025, 16:02

Xitoy AQShga nisbatan javob bojlarini e’lon qildi

Xitoy AQShning ko‘mir, neft, suyultirilgan gaz, qishloq xo‘jaligi texnikasi kabi mahsulotlariga nisbatan javob bojlarini (10−15 foiz) e’lon qildi. Shuningdek, JSTga AQSh ustidan shikoyat kiritdi. Mamlakatda Google`ga nisbatan monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish bo‘yicha tergov ham boshlandi.

Endi tomorqalarda ishlarni tashkil qilish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi
4 fevral 2025, 15:42

Endi tomorqalarda ishlarni tashkil qilish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi

O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining haqqoniyligini tekshirish tizimi kuchaytiriladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari. Har bitta mahalla bankiriga to‘rtta mahalla biriktiriladi. Hokim yordamchilari ishini “jonlantirish va yangi turtki berish” maqsadida tomorqalarda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatiladi.

Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi
4 fevral 2025, 15:16

Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.

Toshkent metrosiga yana yangi 3 ta poyezd olib kelindi
4 fevral 2025, 15:13

Toshkent metrosiga yana yangi 3 ta poyezd olib kelindi

Toshkent metropoliteni yana 3 ta poyezd sotib oldi. Poyezdlar 7−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlarga chiqariladi.

Avtobusda maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan erkak 8 sutkaga qamaldi. Bolaning otasi sud qaroridan norozi
4 fevral 2025, 14:33

Avtobusda maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan erkak 8 sutkaga qamaldi. Bolaning otasi sud qaroridan norozi

Toshkentda 37 yoshli erkak avtobusda o‘tirgan 12 yoshli o‘quvchiga diqqat bilan qarab, keyin uning qo‘lidan ushladi. Erkakning ta’kidlashicha, u buni tasodifan, bolani qarindoshi deb o‘ylab qilgan. Bolaning otasi sud erkakni shilqimlik uchun emas, mayda bezorilik uchun jazolaganidan norozi.

Sotuvchi iste’molchiga tovarni yetkazib berishda kechiktirilgan muddati uchun penya to‘lashi belgilanmoqda
4 fevral 2025, 12:46

Sotuvchi iste’molchiga tovarni yetkazib berishda kechiktirilgan muddati uchun penya to‘lashi belgilanmoqda

O‘zbekistonda sotuvchi iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda penya to‘lashi tartibi belgilanmoqda. Tegishli qonun deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Kanada ham AQSh bilan o‘zaro bojlar joriy etishni kechiktirdi
4 fevral 2025, 11:55

Kanada ham AQSh bilan o‘zaro bojlar joriy etishni kechiktirdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Tramp bilan bojlar joriy etilishini kechiktirishga kelishib oldi. Bunda Kanada chegarani mustahkamlashda 10 mingga yaqin odamni safarbar qiladi, fentanil moddasi oqimini to‘xtatish uchun resurslarni ko‘paytiradi. Bir kun avval Meksika ham bojlarni kechiktirishga kelishib olgandi.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
4 fevral 2025, 11:05

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Alisher Xidirov Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasida ishlagan.

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi
4 fevral 2025, 11:04

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting